Venalarning klapan etishmovchiligini aniqlash
Oyoq yuzaki venalari ostial klapani etishmovchiligini aniqlash uchun
Troyanov-Trendelenburg va Gakkenbrux sinamalarini o’tkazish lozim bo’ladi.
Troyanov-Trendelenburg sinamasi. Bemor gorizontal vaziyatda yotib
oyog’ini yuqoriga ko’taradi. Yuzaki venalar bo’shaganidan so’ng, katta teri osti
venasining son venasiga quyiladigan joyi topilib, barmoq bilan bosiladi va
barmoqni olmasdan turib bemorning o’rnidan turishi so’raladi. Bu sinamani
bajarishda, barmoq bilan bosmasdan jgut qo’ysa ham bo’ladi. Odatda katta teri
osti venasi bo’shaydi, 20-30 sekund o’tgach venalar pastdan yuqoriga qarab qon
bilan to’la boshlaydi. Agar ostial klapani etishmovchiligi bo’lsa, barmoq
olingandan (yoki jgut echilgandan) keyin, venalar tezda yuqoridan pastga qarab
qon bilan to’ladi. Troyanov-Trendelenburg sinamasi musbat bo’lgani, katta teri
osti venasining klapanlari etishmovchiligidan darak beradi.
Gakkenbrux sinamasi (yo’tal turtkisi). Bu sinamada, bemor yo’talganda
katta teri osti venasi son venasiga quyiladigan joyga qo’yilgan barmoqlar
turtkini sezadi. Gakkenbrux sinamasining musbatligi – katta teri osti venasi
ostial klapanidagi etishmovchilikni ko’rsatadi.
Chuqur venalarning o’tkazuvchanligi Delbe-Pertes “marsh” sinamasi va
Pratt-1 sinamasi orqali tekshiriladi.
Delbe-Pertesning “marsh” sinamasini o’tkazish uchun bemor tik holatda
turganida songa, faqat yuzaki venalarni bosib turuvchi bog’lam qo’yiladi.
Bemordan 5 daqiqa yurish yoki bir joyda turib odimlash (“marsh” qilish) talab
etiladi. Bunda teri osti venalarining puchayishi kuzatiladi va bu chuqur
venalarning o’tkazuvchanligidan dalolat beradi. Yurishdan keyin venalarning
bo’rtishi va boldir sohasida og’riq paydo bo’lishi, chuqur venalarda to’siq
borligidan yoki jgutdan pastdagi komunikant venalarning ishlamasligidan
dalolat beradi.
Pratt-1 sinamasi. Boldir aylanasiga o’lchangandan keyin bemor chalqancha
yotqiziladi va venalar bo’shalgandan so’ng, oyoqqa teri osti venalarini bosib
turadigan elastik bint bog’lanib, 10 minut yurish taklif etiladi. Og’riqning paydo
214
bo’lishi chuqur venalar zararlanganini ko’rsatadi. Takror tekshiruvda boldir
aylanasi o’lchamining ortishi – chuqur venalarning o’tkazuvchan emasligini
ko’rsatadi.
Komunikant venalar klapanlarining holati haqida tushunchani Pratt-2
sinamasi, uch jgutli Sheynis sinamasi va Talman sinamasi beradi.
Pratt-2 sinamasi. Yotgan holatda teri osti venalari bo’shatilgandan so’ng
oyoq panjasidan boshlab elastik bint bog’lanadi. Songa pupart boylami ustiga
jgut bog’lanadi. O’rindan turish taklif qilinadi. Jgut ostiga ikkinchi elastik bint
bog’lanadi. So’ngra pastdagi bint o’ram-o’ram qilib echiladi, yuqoridagi bintni
esa oyoqqa bintlar orasida 5-6 sm ochiq joy qoladigan qilib pastga o’raladi.
Bintlardan ozod bo’lgan uchastkada venalarning tez to’lishi bu erda
ishlamaydigan klapanlari bo’lgan komunikant venalar borligini ko’rsatadi.
Ularga ko’k dori surtib belgilab qo’yiladi.
Sheynisning uchta jgutli sinamasi. Teri osti venalari bo’shatilgandan keyin
bemorga yotgan holatida: sonning yuqori uchdan bir qismiga, son o’rtasiga va
tizzadan pastga uchta jgut qo’yiladi. O’rindan tik turish taklif qilinadi. Oyoqning
jgutlar bilan chegaralangan biror qismida venalarning tez bo’rtib chiqishi shu
sohada klapanlari ishlamaydigan komunikant venalar borligidan dalolat beradi.
Talman sinamasi. Uchta jgut o’rniga yumshoq rezina naychadan yasalgan
bitta uzun (2-3 m) jgut ishlatiladi. Uni oyoqqa pastdan yuqoriga spiral qilib
bog’lanadi. Jgut o’ramlari orasida 5-6 sm masofa qolishi kerak. Oyoqning
jgutlar bilan chegaralangan biror kesigida venalarning tez bo’rtib chiqishi shu
uchastkada klapanlari ishlamaydigan komunikant venalar borligidan dalolat
beradi.
Dostları ilə paylaş: |