va ikkilamchi deb tafovut qilinadi. Agar birlamchi varikoz kasallik klapan
etishmovchiligi, venalar tonusi pasayishidan rivojlansa va kasallikning ko’proq
uchraydigan turi xisoblansa, venalarning ikkilamchi varikoz kengayishi chuqur
218
Venalarning varikoz kasalligi rivojlanishiga doir bir necha nazariyalar
mavjud bo’lib ular quyida keltirilgan.
Mexanik nazariya – kasallik rivojlanishini uzoq vaqt oyoqda turib
qolinganda yoki venalarning proksimal bo’limlari ezilganda (masalan,
xomiladorlikning ikkinchi yarmida) oyoqdan qon oqib ketishi qiyinlashuvi
sababli venalardagi bosimning oshishi bilan izohlaydi.
Eng uzun vena – katta teri osti venasi gravitatsion effekt natijasida yuqori
qon bosimi ta’siriga uchraydi. Shunga ko’ra bu kasallikni yana oyoqda turib
bajariladigan kasbli mutaxasislarning kasalligi ham deb ataydilar.
Klapan etishmovchiligi yoki irsiy moyillik nazariyasining tarafdorlari
kasallik avj olishini venoz klapanlarining tug’ma bo’lmasligi yoki ularning o’sib
etilmaganligi sababli funktsional etishmovchiligi bilan izohlaydilar.
Neyroendokrin nazariya tarafdorlari organizmdagi gormonal qayta qurish
(xomiladorlik, menopauza, voyaga etish davri, tug’ruq va b.) tufayli vena
devorining sustlashib qolishiga asosiy ahamiyat beradilar. Bunda chanoq
a’zolariga qon oqib kelishi ko’payadi, arteriola-venulyar anastomozlar ochiladi
va venalar tonusi pasayib ketganligidan qon oqib ketishga qiyinchilik tug’diradi.
Kator tadqiqotchilar venalarning varikoz kengayishi rivojlanishida
arteriola-venulyar anastomozlar etakchi ahamiyatga ega deb hisoblaydilar (G.P.
Alekseev, 1971, V.P. Vasyutkov, 1972). Arteriola-venulyar anastomozlar
noqulay omillar ta’siri ostida ochilib ketadi, natijada oyoqqa ko’p miqdorda qon
yuqori bosim ostida tusha boshlaydi, venalar bo’shlig’i kengayadi va
venalarning ikkilamchi klapan etishmovchiligi rivojlanadi, varikoz tugunlar
paydo bo’ladi. Varikoz kasalligining bu arterial turiga Parks-Veber-Rubashev
kasalligi kiradi.
Yuqorida aytilganlardan venalarning varikoz kengayishi quyidagi qator
omillarning bir vaqtda ta’sir qilishi natijasida kelib chiqishi ayon bo’ldi:
a) moyil qiladigan omillar: venalarning tug’ma yoki orttirilgan
o’zgarishlari: faoliyat ko’rsatmaydigan arteriola-venulyar anastomozlar borligi,
neyroendokrin buzilishlar, vena devori tonusining pasayishi;
219
b) keltirib chiqaradigan omillar: oyoq venalarida bosimni oshiradi va
venoz qon oqib ketishini qiyinlashtiradi.
Venalarda qon bosimi oshishi va venoz dimlanish yuzaki venalar, keyinroq
komunikant venalarning klapan etishmovchiligiga, bu esa o’z navbatida
mushaklar qisqarganda qonning chuqur venalardan yuzaki venalarga oqib
kelishiga olib keladi. Arteriola-venulyar anastomozlar ochiladi, kapillyarlardagi
qon oqimi pasayadi, staz rivojlanadi. Perikapillyar bo’shliqda ko’p miqdorda
suyuqlik, elektrolitlar, qonning shaklli elementlari, plazma oqsili to’planadi.
Terida va teri osti kletchatkasida biriktiruvchi to’qima rivojlanadi, mayda
tomirlar va kapillyarlar devorida gialinoz va skleroz rivojlanadi, to’qimalarda
almashinuv jarayonlari buziladi. Klinik jihatdan bu shishlar va trofik buzilishlar
(terida pigmentatsiya, dermatit, ekzema, yaralar) bilan namoyon bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: