1. Funktsional-dinamik flebomanometriya. Boldirga elastik bint solinadi,
215
o’tirilgandan) keyin bosimi o’lchanadi. Chuqur venalar o’tkazuvchanligida
Valsalva sinamasida bosim 10-15 mm suv ustiniga ko’tariladi, sistolik
(mushaklar qisqarganda) va diastolik (mushaklar bo’shashtirilganda) bosim 45-
50 mm suv ustiniga oshadi, sistola-diastola gradienti birmuncha kamayadi.
Mushak ishidan keyin bosim asta-sekin dastlabki darajasiga qaytadi.
2. Teri elektrotermometriyasi – qo’shimcha usul. Varikoz venalar va
tugunlar ustidagi teri haroratining 0,3-0,5°ga yuqoriligi oyoqni osiltirib
o’tirishda haroratning farqi katta bo’lishi qayd qilingan.
3. Termografiya birmuncha kulrang fonda oqish uchastkalar ko’rinishidagi
kengaygan venalarni aniqlab beradi.
4. Ultratovush dopplerografiyasi. Bu tekshiruv orqali oyoq venalari qon
o’tkazuvchanligi, qon oqimi tezligi, klapanlar etishmovchiligi va regionar qon
bosimi aniqlanadi.
5. Ultratovush angioskanerlash (ultratovush dupleks tekshiruvi). Bu
tekshiruv orqali oyoq venalarini holati, o’lchami, o’tkazuvchanligi, klapanlar
holati va etishmovchiligi, qon oqimi tezligi va hajmi, varikoz kengaygan venalar
holati, ichida tromb bor yoki yo’qligi, trombning dinamikada o’sish darajasi
kabi ma’lumotlarni aniqlash mumkin. Bu tekshiruv usuli noinvazivligi va
tekshiruvni ko’p marta takrorlash mumkinligi tufayli hozirgi kunga kelib
angiologiyada eng yaxshi ma’lumot beruvchi tekshiruv usuliga aylandi.
a
216
b
49-rasm. Ultratovush angioskanerlash.
a) taqim osti venasi, b) komunikant vena holati.
5. Flebografiya funktsional sinamalar chuqur venalarning o’tkazuvchanligi
va komunikant venalarning holati to’g’risida aniq tasavvur bermagan hollarda
qo’llaniladi. Kontrast modda vena ichiga yuboriladi. Distal va proksimal
flebografiya qo’llaniladi.
Distal flebografiyada kontrast modda (ultravist, omnipak, verografin, va b.)
oyoq panjasi lateral tomonidagi venalarning biriga yoki medial chekka venaga
yuboriladi. Tekshirish bemorning vertikal vaziyatida funktsional sinamalardan
foydalanib (funktsional-dinamik flebografiya) o’tkaziladi. Seriyali angiografiya
qo’llaniladi: birinchi suratni in’ektsiya qilingan zahoti (tinchlik fazasi),
ikkinchisini bemor oyoq uchida ko’tarilgan vaqtda (mushak tarangligi fazasi),
uchinchisi – oyoq uchini bosib 10-12 marta turib o’tirilgandan keyin
(relaksatsiya
fazasi)
olinadi.
Flebogrammalarda
chuqur
venalarning
o’tkazuvchanligi aniqlanadi, kontrastniig tutilib qolishidan esa ishlamay qolgan
komunikant venalarning u erda joylashganini aniq bilib olishga muvaffaq
bo’linadi.
Proksimal flebografiyada kontrast modda son venasiga katta teri osti
venasini Seldinger bo’yicha punktsiya qilish va kateterlash yo’li bilan
yuboriladi. Son venasi klapan apparatining holati va yonbosh venalarning
o’tkazuvchanligi aniqlanadi.
217
50-rasm. Distal flebografiya.
Dostları ilə paylaş: