Patogenezi. OSKI o’rta va kichik diametrli, magistral va kollateral
arteriyalarda qon aylanishining etishmovchiligi sababli kelib chiqadi. Proksimal
zararlanishda kollateral qon aylanishining rivojlanishi darajasi ichki yonbosh va
chuqur son arteriyalari zararlanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Tomirlarning
distal zararlanishida kollateral qon aylanishi rivojlanishi juda sust bo’ladi. Bu
holatda boldirning pastki uchligida va oyoq panjalarida mushaklar gipotrofiyasi
va trofik o’zgarishlar rivojlanadi.
Oyoq arteriyalarning surnkali obliteratsiyalovchi kasalliklari (OASOK)
patogenezi nafaqat magistral qon tomirlar yopilishi bilan tushuniladi, bu holat
shu
kasalliklarda
qon
aylanishini
to’liq
o’rganishni talab kiladi.
Obliteratsiyalovchi
kasalliklar
bilan
og’rigan
bemorlarni
morfologik
tekshiruvida mikrotsirkulyatsiyaning barcha sathida o’zgarishlar aniqlangan.
Arteriolalar
konturlarining
notekisligi,
g’adir-budirligi, torayishi va
devorlarining qalinlashishi kuzatiladi. Kapillyarlar ham keskin deformatsiyaga
192
uchragan va to’g’nog’ichsimon kengayib ketgan bo’ladi. Kasallik og’irlashishi
bilan ishlab turgan kapillyarlar soni kamayadi, ularda qon aylanishi keskin
sekinlashadi. Tomir bazal qavati kengayadi, perikapilyar skleroz kuchayadi,
kapillyarlarning bir qismi parchalanadi va nekrozga uchraydi. Magistral
arteriyalarning yopilgan qismidan pastda tomir ichi bosimning kamayishi,
arteriola va kapilyarlarning yopilishi kuzatiladi. Kapillyar qon aylanishining
etishmovchiligi bemorlarda trofik yaralarni kelib chiqishining asosiy
sabablaridan biri hisoblanadi.
V.S. Savelev (1997) bo’yicha, oyoqlarning og’ir darajali ishemiyasi arterial
qon aylanishi etishmovchiligining asta-sekin zo’rayishi sababli kuzatiladi va
oyoqlar
arteriyalarining
periferik
qismida
qon
aylanishining
dekompensatsiyasiga olib keladi. Kritik ishemiyaga xos bo’lgan patofiziologik
fenomenlar kuzatiladi: perfuzion bosimning keskin kamayishi, qonni
arteriovenoz shuntlanishi, boldirni ishemik shishishi, regulyator sistemalarni
disbalansi, trombotsit va neytrofilli leykotsitlar biologik aktiv substantsiyalarini
giperproduktsiyasi. A’zoga kislorodni etkazib kelishini keskin kamayishi va
hujayra metabolizmining buzilishi boshlang’ich sabablardan biridir. Bunda
mushak qon aylanishining buzilishi kelib chiqishi va oyoqlar ishemiyasi
darajasiga bog’liq bo’lgan metabolik o’zgarishlar to’qimalarda regionar
endotoksikozni kuchaytiradi. Bu o’z navbatida eritrotsitlar va boshqa xujayralar
membranasiga ta’sir qilib, umumiy intoksikatsiyaga olib keladi. Tomir tonusini
oshishi, arterial qon aylanishining kamayishi va venoz gipertenziyasi,
ishemiyani zo’raytiradigan arteriolo-venulyar shuntlashga olib keladi.
Keyinchalik kasallikni zurayishi a’zolardagi qon etishmovchiligini yanada
ko’paytiradi. Bu esa, o’z navbatida a’zodagi distal qismlarda arteriovenoz
shuntlashga va og’ir ishemiya (“tinchlikdagi og’riqlar”) klinikasini yuzaga
keltiradi. Bu erda gemodinamik buzilishlar «xalqali zo’rayish» hosil bo’ladi,
natijada arterial oqimining keskin susayishiga, arteriovenoz vazoplegiyaga,
venoz dimlanish va arteriovenoz shuntlashning proksimal tarqalishiga olib
193
keladi. Boldirning ishemik shishi, keyinchalik esa yumshoq to’qimalarda
destruktiv jarayonlar, ya’ni kritik ishemiya rivojlanadi.
Boldir ishemik shishiga olib keluvchi sabablar: venoz dimlanish,
limfovenoz etishmovchilik, kallikrein-kinin tizimining faollashuvi, zararlangan
a’zo to’qimalaridagi gipoksiya, giperkapniya va atsidoz, antioksidant faolligini
kamayishi bilan kechuvchi lipidlarning perikisli oksidlanishi faollashuvi,
trobotsit va leykotsitlarning faolashuvi, ularning qon tomir devoriga
adgeziyasining ortishi (biologik aktiv substantsiyalarning ko’p chiqarilishi bilan)
natijasidagi endoteliyning funktsiyasini buzilishi, oksidlovchi fermentlarning
faolligini kamaytiruvchi autolitik fermentativ jarayonlar. Bu buzilishlarning
hammasi, a’zo mushaklarning ishemiyasini qaytmas ekanligini ko’rsatadi.
Qandli diabet asoratlaridan oyoklarning diabetik gangrenasi jarrohlar
diqqatini o’ziga tortadi. O’zbekistonda 1994 yilda 1500 dan ortiq qandli diabet
kasallarida oyoqlarning yiringli-nekrotik asoratlari qayd etilgan. Bu
asoratlarning kelib chiqishiga oyoqlar makro- va mikroangiopatiyasi,
neyropatiya sabab bo’lgan.
Yaqin kunlargacha bizning adabiyotlarimizda “diabetik panja” atamasi
ishlatilmagan, shuning uchun, shifokorlar bu jarayonni mustaqil kasallik deb
hisoblashmagan, lekin bu muammo juda dolzarb hisoblanadi.
"Diabetik panja" atamasi – yig’ma tushuncha bo’lib, katta tibbiyot
entsiklopediyasida bu atama panjadagi anatomo-funktsional o’zgarishlar
simptomokopleksi
deb
hisoblanadi.
Yiringli-nekrotik
jarayonlarning
rivojlanishiga
diabetik
neyropatiya,
mikro-
yoki
makroangiopatiya,
osteoartropatiya sabab bo’ladi.
"Diabetik panja" sindromi kandli diabet kasalligida 30-80% holatlarda
uchraydi. Bu guruhda oyoqlar amputatsiyasi 15 barobarga ko’p bajariladi.
“Diabetik panja” rivojlanishida uchta asosiy omillar, ya’ni neyropatiya,
makro- yoki mikroangiopatiya va infektsiya muhim o’rin tutadi.
Oyoqlarning periferik qon tomirlari zararlanishi, asosan panja tomirlari
neyropatiyasi bilan uzviy bog’liq bo’lib, klinik manzarali yoki yashirin kechishi
194
mumkin. Neyropatiya “diabetik panja” rivojlanishida asosiy boshlang’ich omil
bo’lib hisoblanadi. Qon tomir o’zgarishlari diabetning yashirin davrida paydo
bo’lib, diabetni kelib chiqishini oldindan xabar beruvchi belgisi bo’lishi
mumkin. Kandli diabetda qon tomir devoridagi mikroskopik o’zgarishlardan
gialinoz, bazal membrana qavatini qalinlashishi, qon tomir devorida oqsil-lipid
PA-pozitiv moddalarini yig’ilishi va keyinchalik ularni kamayishi kuzatiladi va
bu o’zgarishlar tomir ichi obliteratsiyasiga olib keladi. Bu holatni boldir
mushaklari perinevral arteriolalarida, kapillyarlarida, teri va panja mushaklari
arteriolalarida uchratish mumkin.
Arteriola, prekapillyarlar, kapillyarlar, postkapillyar va venulalardagi
o’zgarishlar diabet uchun xos bo’lib, boshqa to’qima va a’zolarda ham
aniqlanadi. Qator chet el va o’z olimlarimizning fikriga ko’ra, mikroangiopatiya
asorat emas, balki qandli diabet klinik sindromining neyropatiya singari, asosiy
qismi bo’lib hisoblanadi.
Elektron mikroskopiya va maxsus miqdoriy tahlil usuliga yordamida diabet
kasalligida arteriyalar advetitsiyasi aksonlari sonining kamayishi aniqlanadi.
Nerv oxiri va mushak xujayrasi oralig’i biriktiruvchi to’qima bilan to’ladi, bu
esa mushak to’qimasi yuzasidagi mediator kontsentratsiyasi va effektor
xujayralar yuzasiga etib boradigan mediator tezligiga ta’sir qiladi. Xarakat
nervlaridagi degenerativ o’zgarishlar panja mushagining atrofiyasi, uning
deturtsiyasi, panjadagi “yuqori bosim nuqtalarining” o’zgarishiga olib keladi, bu
esa o’z navbatida yumshoq to’qimalarda o’zgarishlar va zararlanishlarni kelib
chiqishiga sabab bo’ladi. Vegetativ nerv sistemasining zararlanishida panja
terlashining kamayishi, infektsiya darvozasi bo’luvchi panja terisini qurishi, darz
ketishi va qadoqlar paydo bo’lishi kuzatiladi.
Yuqorida aytilganlarning barchasi “diabetik panjani” keltirib chiqaruvchi
angiopatiya va neyropatiya bir-biriga bog’liq bo’lgan patologik jarayonlar
ekanligini, hamda panja mikrotsirkulyatsiyasini keskin kamayishiga sabab
bo’lishini ko’rsatadi.
195
Diabetik mikroangiopatiyani zo’rayib borishi natijasida infektsiya
qo’shilishi kuzatilishi mumkin, bunda yiringli-nekrotik jarayonlar, ya’ni
oyoqlarning diabetik gangrenasi kuzatiladi. Bunga teriga o’sib kirgan tirnoq,
ishqalanish, tirnalishlar va boshqalar sabab bo’ladi.
Diabetik gangrena o’ziga xos xususiyatlariga ega: ko’pincha nam bo’ladi,
tez rivojlanuvchi nekroz bilan birga kuzatiladi, jarayonni cheklanishi
kuzatilmaydi. F.S. Tkach (1987) fikricha, ikkita patogenetik shaklni farqlash
kerak: 1) tomir zararlanishi ustunligi bilan; 2) og’ir mikroangiopatiya fonidagi
infektsion jarayon – gangrena ustunligi bilan kuzatiladigan. Diabetik
mikroangiopatiyada – nam gangrena, obliteratsiyalovchi endarteriitda esa quruq
gangrena kuzatiladi (42-rasm).
42-rasm. Chap oyoq kritik ishemiyasi – 3 barmoq quruq gangrenasi.
Dostları ilə paylaş: |