OYOQLARNING SURUNKALI KRITIK ISHEMIYASI
Etiologiyasi. Ateroskleroz, obliteratsiyalovchi endarteriit (trombangait),
diabetik angiopatiya oyoklar surunkali kritik ishemiyasini (OSKI) kelib
chiqishiga sabab bo’lishlari mumkin. V.S. Savelev (1997) bo’yicha yoq
arterialarini surunkali obliteratsiyalovchi kasalliklari (OASOK) nozologik turlari
bo’yicha quydagilarga ajratiladi: ateroskleroz – 81,8%, obliteratsiyalovchi
trombangiit – 14%, diabetik angiopatiya – 6% va nospetsifik aorto-arteriit
(periferik shakli) – 9% holatlarda uchraydi. A.V. Gavrilenko (2000) esa
aterosklerozni 82,2%, endarteriitni 17,6%, aorto-arteriitni 0,3% kasallarda
aniqlagan. Aorta va oyoqlar arterialari obliteratsiyalovchi aterosklerozi yurak va
miya qon tomirlari jarohatlaridan keyin uchinchi o’rinda turadi.
Birlamchi OSKI aterosklerozda 61,1% hollarda ko’p qavatli zararlanishi
bilan kuzatiladi. Aorta-son segmentining zararlanishi 50,6% holatlarda, boshqa
arterial segmentlar bilan birgalikda zararlanishi esa 49,4% holatlarda uchraydi.
Dostları ilə paylaş: |