Klinikasi. Bu kasallikning klinik belgilari muayyan arteriyadagi
okklyuziyaning joylashuviga va xarakteriga, izdan chiqqan magistral qon
oqimining kompensatsiyasi bosqichiga bog’liq. Kasallikning patologik
jarayonning topikasini va xarakterini aks ettiradigan klinik formalari
(simptomlari) davolash usulini tanlashga imkon beradigan diagnozning
zamonaviy turi xisoblanadi.
1. O’mrov osti sindromi – asosiy tarmoqlari chiqqandan keyin o’mrov osti
arteriyasining eng distal qismidagi okklyuziya. Takayasu sindromida o’mrov
osti arteriyasi bo’ylab qon oqimi deyarli 6% hollarda zarar ko’radi (B.V.
Petrovskiy muallifdoshlari bilan). Ko’pchilik bemorlarda o’mrov osti
sindromining etiologik omili arteriit, qolgan hollarda ekstravazal omillar,
qo’shimcha bo’yin qovurg’alari va oldingi zina poyasimon mushak sindromi
hisoblanadi. Bu sindromning mohiyati qo’l ishemiyasidir. Ishemiya darajasi
kollateral qon aylanishi imkoniyatlari bilan belgilanadi. Dekompensatsiyalangan
bosqich qo’l panjasi va bilakda ikkinchi – distal blok bo’lganda uchaydi, xolos.
2. Umurtqa sindromi – umurtqa arteriyasining ekstravazal bo’limida qon
oqimining buzilishi va shu sababli miya tomirlarida etishmovchilik paydo
bo’lishidir. Umurtqa sindromi alohida ko’rinishda qariyb 17% hollarda
uchraydi. Umurtqa arteriyasining ekstrakranial bo’limida qon oqimi buzilishi
uchta sathda – og’iz sohasida, suyak kanalida, kalla suyagiga kirishdagi
gorizontal qismda ro’y berishi mumkin.
181
Qon oqimi buzilishiga ateroskleroz (70%), ekstravazal omillar va
rivojlanish nuqsonlari sabab bo’lishi mumkin.
Sindromning klinik belgilari bosh miya yarimsharlarining stvoli, ensa
bo’laklari va ichki miya ishemiyasiga bog’liq bo’ladi.
3. O’mrov osti-umurtqa sindromi. O’mrov osti arteriyasi bloki shunday
joylashadiki, qon oqimidan o’mrov osti arteriyasi ham, umurtqa arteriyasi ham
ajralib qoladi. Ana shunga o’mrov osti-umurtqa sindromi deyiladi.
Umurtqa arteriyasida qon oqimining aynishi sodir bo’ladi – qon oqimi
miyadan qo’lga teskari yo’nalishda oqadi, chunki o’mrov osti arteriyasi
sistemasidagi bosim Villiziy doirasidagiga qaraganda past bo’ladi. Bu fenomen
adabiyotda «subclavian steal syndrome» – o’mrov ostida qon o’g’irlanish
sindromi degan nom olgan bo’lib, uni 1960 yilda Contorni birinchi marta
tasvirlagan. Elka kamari va ko’l ishemiyasining klinik ko’rinishi bu soxalarda
kollateral qon aylanishi rivojlanganligidan va still-sindrom hisobiga odatda og’ir
bo’lmaydi. Bemorlar ish vaqtida qo’llarining tez toliqib qolishidan, ularning
uvishishi va sovqotishidan, barmoqlar va panjaning muzday bo’lishidan
noliydilar, qo’l muskullari atrofiyaga uchraydi, qo’lda og’riq bo’ladi. Still-
sindrom rivojlanishi vertebrobazillyar sistemada qon aylanishi etishmovchiligiga
olib keladi, bu umrov osti-umurtqa sindromida ustunlik qiladigan belgi
hisoblanadi.
4. Uyqu arteriyalari sindromi – shu tomirlar proksimal bo’limlarida qon
oqimining buzilishidir. Umumiy uyqu arteriyasi bifurkatsiya sohasida undan
pastki qismga nisbatan ko’proq zararlanadi. Ichki uyqu arteriyasini stenozga
yoki okklyuziyaga olib keladigan asosiy etiologik omil ateroskleroz sanaladi.
Uyqu arteriyasi sindromining klinikasi bosh miya katta yarimsharlari va ko’z
soqqalari ishemiyasi bilan belgilanadi. Bemorlar bosh og’rishi, bosh aylanishi,
xotira pasayishi, zararlangan tomonda ko’z ko’rmay qolishi, ba’zan xushdan
ketishdan shikoyat qiladilar.
5. Nomsiz arteriya sindromi – nomsiz arteriyada qon aylanishining
buzilishi. Bu o’zining turli-tuman klinik manzarasiga ko’ra braxiotsefal
182
arteriyalar patologiyasidir. U go’yo bundan oldingi hamma sindromlarni o’ziga
jamlab oladi va ayni vaqtda bu simptomlar ulardan mutlaqo farq qiladi. Nomsiz
arteriya sindromining ko’rinishi bosh miyaning karotid tipi bo’yicha hamda
vertebrobazillyar
tip
bo’yicha
ishemiyasidan,
o’ng qo’ldagi arterial
etishmovchilik va o’ng ko’z ko’ruv qobiliyati buzilishidan tashkil topadi.
Kollateral qon aylanishining katta imkoniyatlariga qaramay, nomsiz stvol
okklyuziyasi g’oyat xavfli ofat – patologiya sanaladi va tserebral buzilishlar
bunday bemorlarning amalda hammasida ertami-kechmi yuz beradi.
6. Qo’shma formalari – aorta ravog’i tarmoqlarining ko’p sonli
zararlanishlari bir-biri bilan turlicha qo’shilib kelib, 17-18% xollarda uchraydi
(I.A. Belichenko, 1970). Bu, aftidan, braxiotsefal tomirlarning dastlabki aloxida
ko’pgina zararlanishlarining nihoyasi hisoblanadi. Bu guruxda kasallikning eng
uzoq davomliligi 4-5 yil bo’lishi bejiz emas.
Klinik ko’rinishlari har bir ayrim holda g’oyat o’ziga xos va zararlangan
arteriyalar soniga hamda okklyuziya darajasiga bog’liq. Umurtqa va karotid
sindromlarning karotid va umrov osti-umurtqa sindromlarining birga kelishi
kuzatiladi. Nihoyat, hamma ma’lum sindromlar birga uchrashi mumkin. A.V.
Pokrovskiy miyada qon aylanishi buzilishining quyidagi guruxlarini tafovut
qiladi:
1. Simptomsiz okklyuziyalar – 23,6%.
2. Miya qon aylanishining tranzitor ishemiya xurujlari bilan o’tadigan
ko’chma buzilishlari – 40,5%.
3. Distsirkulyator entsefalopatiya – 11%.
4. Ishemik insultlar va ularning qoldik hodisalari – 25%.
Dostları ilə paylaş: |