Aorta ravog’i arteriyalari kasalliklari
Takayasu sindromi degan nom ostida braxiotsefal arteriyalarni
toraytiradigan yoki tutilib qolishini keltirib chiqaradigan va bosh miya hamda
qo’llar ishemiyasiga olib keladigan har xil etiologiyali kasalliklar guruxi
birlashtiriladi.
Yapon oftalmologi Takayasu 1908 yilda yosh ayollarda ko’z to’rsimon
pardasi arteriyasining zararlanishi va qo’lda puls yo’qligi bilan ta’riflanadigan
tomirlar kasalligini tasvirladi. Adabiyotda bu sindrom kashfiyotchi sharafiga
Takayasu deb ataldi. Bu patologiya adabiyotda boshqa nomlar bilan ham
yuritiladi, ulardan eng keng tarqalgani «aorta ravog’i sindromi», «puls yo’qligi
kasalligi», «Martorelle sindromi», «yosh ayollar arteriiti», «Gigant xo’jayrali
arteriit», «Takayasu sindromi» va boshqalardir.
Bu kasallikning anchagina tarqalganligi va prognozining yomonligi, miya
insultiga va davolash usullariga oid qarashlarning qayta ko’rib chiqilishi
munosabati bilan uning klinik ahamiyati etarlicha muximdir. Ishemik insult
paydo bo’ladigan bemorlarning taxminan yarmida bosh miyani ta’minlaydigan
kalla suyagidan tashqaridagi arteriyalarda zararlanishlar bo’ladi. Aterosklerozda
bosh miyaning ishemik zararlanishlari faqat arterial okklyuziyasi yoki stenozi
sababli emas, balki tserebral arteriyalarning aterosklerotik pilakchadan
mikroemboliyasi natijasida ham rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: |