xarakteri va joylashuvi turlicha bo’lishiga qaramay, uning muayyan o’ziga hos
belgilari ham bor: u ovqat eyishga, tegishli hazm tsikli vaqtiga va o’ng
disfunktsiyasidir. U taxminan 60-80% hollarda kuzatiladi va uning motor, sekret
170
simptomlarning og’ir-engilligi ishemiya darajasiga bog’liq. Ilk bosqichlarida –
qorin dam bo’lishi, aerokaliya, qattiq qabziyat yoki ich ketib turishi bilan
namoyon bo’ladigan qorindagi yoqimsiz hodisalar kuzatiladi. Biroq, bu
simptomlar asta-sekin avj olib boradi. Qabziyat asta-sekin ich ketar bilan
almashinib, bu juda og’riqli bo’ladi. Yuqori ichak tutqich arteriyasidagi qon
aylanishi buzilishi uchun ichakning ham motor-sekretor, ham absorbtsion
funktsiyasining buzilishi xosdir. Pastki ichak tutqich arteriyasi zararlanganda
evakuator funktsiyaning buzilishi ko’zatiladi: uzoq vaqtgacha qabziyat bo’ladi,
«qo’y qumalog’i» ko’rinishidagi axlatga aksariyat qon aralashgan bo’ladi, tug’ri
ichak sfinkterlari funktsiyasi pasayadi.
Shunday qilib, ichak ishemiyasi (surunkali) ikkita asosiy formada yuzaga
chiqadi: yuqori ichak tutqich formasi – ichakning sekretor va absorbtsion
funktsiyasi ustunlik qiladi (proksimal enteropatiya) va pastki ichak tutqich
formasi – ichak terminal bo’limining evakuator funktsiyasi buziladi (terminal
kolopatiya).
Bemorlarda ovqatdan yuz o’girish, ichakning sekretor va absorbtsion
funktsiyalari pasayib ketadigan surunkali abdominal ishemiyaning uchinchi
simptomi tobora oriqlab ketish hisoblanadi. Bu simptom bemorlarning 35-45
foizida aniqlanadi.
Pastki ichak tutqich arteriyasi zararlanishlarida klinik belgilar ko’pincha
bo’lmaydi, bu magistral qon oqimi tanqisligining yuqori ichak tutqich arteriyasi
hisobiga yaxshi qoplanishidan dalolat beradi. Yo’g’on ichak chap qismidagi qon
aylanishining surunkali buzilishlari kechishida 3 bosqich farq qilinadi:
kompensatsiyalangan bosqich, funktsional buzilishlar bosqichi bo’lib, bunda
yo’g’on ichak kolopatiyasi sindromi rivojlanadi va ishemik kolitlar, segmentar
stenozlar, yo’g’on ichakda gangrena rivojlanishi bilan o’tadigan organik
buzilishlar bosqichi.
Dostları ilə paylaş: