Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   363
Davolash.  Qorin  aortasining  surunkali  okklyuzion  zararlanishlari  xirurgik 

patologiyadir. 

Patologik 

jarayonning 

ishemiyaga 

uchragan 

zonalarni 

kompensatsiya qiladigan kollateral yo’llar o’zilishi bilan avj olishi, tomirlarning 

okklyuziyadan  distalroq  zararlanishi  oyoq  gangrenasiga  o’tadigan  og’ir 

ishemiyaga sabab bo’ladi. 

Proksimal  tromb  sathining  orta  borishi  qon  oqimidan  buyrak  va  vistseral 

arteriyalarning uzilib qolish xavfini tug’diradi, bu buyraklar va qorin bo’shlig’i 

organlari  funktsiyasining  buzilishiga olib  kelishi  mumkin.  Normal  qon  oqimini 

tiklashga  va  shu  tariqa  xayotiy  muhim  organlar  funktsiyasini  saqlab  qolishga 

faqat xirurgik yo’l bilan erishiladi. Xirurgik operatsiya nechog’lik erta bajarilsa, 

natija shunchalik yaxshi bo’ladi. 

Operatsiyani xarakteri bo’yicha 3 guruhga bo’lish mumkin: 

1. Rekonstruktiv yoki radikal. 

2. Bilvosita rekonstruktiv (umrov osti va qo’ltiq-son). 

3. 


Palliativ 

(vaqtincha 

engillashtiradigan). 

Palliativ 

operatsiyalar 

rekonstruktiv  operatsiya  qilish  mumkin  bo’lmagan  hollardagina  qo’llanilishi 

mumkin.  Periarterial  simpatektomiya,  epinefrektomiya  shular  qatoriga  kiradi. 

Bu operatsiyalarni bajarishdan maqsad periferik tomir o’zanini desimpatizatsiya 




 

165 


qilish  va  kollateral  qon  aylanishini  yaxshilashdan  iborat.  Bemor  xayotini 

qutqarib qolishga qaratilgan majburiy tadbir bo’lgan oyoqni amputatsiya qilishni 

(kesish) ham shartli ravishda shular qatoriga kiritish mumkin (38-rasm). 

 

 



 

38-rasm.  (a)  qorin  aortasini  rezektsiyasi  va  ikkitomonlama  aorta-son 

protezlash va (b) aorta-son shuntlash. 

 

Bilvosita  o’tkaziladigan  rekonstruktiv  operatsiyalar  (distantsion  o’mrov 



osti-son va qo’ltik-son  arteriyalarini shuntlash) quyidagi  sharoitlarda bajarilishi 

kerak: 


1.  Yurak-tomirlar  sistemasi  va  boshqa  xayotiy  muxim  organlarning  og’ir 

buzilishi  sababli  letal  natijaga  olib  borish  ehtimoli  bo’lgan  bemorning  og’ir 

umumiy holati. Asosiy rekonstruktiv operatsiyadan oldin tez avj olib boradigan 

intoksikatsiya  hodisalari  va  gemostazning  og’ir  buzilishlarini  bartaraf  etish 

uchun dastlabki bosqich sifatida o’tkaziladi. 

2.  Oyoqning  tez  avj  olib  boradigan  ishemiyasida  va  qorin  aortasi 

okklyuziyalarida radikal operatsiya o’tkazish imkoni bo’lmaganda.   

Magistral  qon  oqimini  tiklashning  asosiy  turi  uni  rezektsiya  qilib 

alloprotezlashdir. 

Bugo’ngi 

kunda 

bu 


operatsiya 

plastik 


xirurgiyani 

rivojlantirishdagi muhim bosqich hisoblanadi. 




 

166 


Rekonstruktiv  operatsiyalar  bajarishga  quyidagilar  mutlaqo  monelik 

qiladigan hollar hisoblanadi: 

-  tez-tez  xurujlar  bo’lib  turadigan,  nafas  qisadigan,  yaqinda  (6  oygacha) 

boshdan  kechirilgan  miokard  infarkti  bo’lgan  toj  tomirlar  etishmovchiligining 

og’ir formalari; 

-  miya  qon  aylanishining  yangi  (6  oygacha)  buzilishlari  gemiplegiya 

xodisalari bilan; 

-  buyrakning  organik  zararlanishlari  subkompensatsiyalangan  buyrak 

etishmovchiligi hodisalari bilan. 

Operatsiya  vaqtidagi  asoratlar.  Eng  jiddiy  asoratlardan  biri  operatsiya 

vaqtida  qon  ketishidir.  Qon  ketishining  sabablari:  tomirlarning  shikastlanib 

qolish,  anastomozning  etarlicha  germetik  emasligi,  aorta  distal  bo’limining 

bog’lanmaganligi va gipokoagulyatsiyalar. Operatsiya vaqtidagi protez trombozi 

ko’p  uchraydigan  asorat  hisoblanadi.  Tromboz  sabablari:  tomirlardagi  qonning 

distal  stazi,  tromb  uzilishi,  arterial  bosim  tushib  ketishi  bilan  yuz  beradigan 

gipovolemiya. 

Operatsiyadan  keyingi  davr  asoratlari:  yurak-tomirlar,  nafas  va  o’tkir 

buyrak  etishmovchiligi,  ichak  infarkti,  peritonit,  oyoq-qo’llar  gangrenasi,  qon 

ketishlar, eventeratsiya, operatsion jaroxatning yiringlab ketishi. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin