Tekshirish usullari
Tomirlar patologiyasi bor bemorlarni tekshirish metodlarini 4 bosqichga
bo’lish mumkin:
I. Ambulatoriyada tekshirish bosqichi.
1.Kasallik shikoyatlari, anamnezini, kechish xarakterini batafsil yig’ish va
taxlil qilish. Odatda birinchi navbatda biror organda qon aylanishi
etishmovchiligi bilan bog’lik simptomlar aniqlanadi. Ularning zararlangan organ
funktsional aktivligi paytida paydo bo’lishi yoki kuchayishi o’ziga xosdir.
Oyoqlarda yurganda og’rik paydo bo’lishi va tinch turganda yo’qolishi oyoq
arteriyalari stenozi va okklyuziyasi simptomi yoki aorta bifurkatsiyasi simptomi
136
hisoblanadi va «o’zgarib turadigan oqsoqlik» deyiladi. Qo’ldagi shunday
og’riqlar qo’l arteriyalarining zararlanganidan dalolat beradi. Hazm cho’qqisida
qorindagi og’riq vistseral qon aylanishi surunkali buzilganligini ko’rsatadi.
Og’riqning xarakteri, kuchi, joylashuviga ko’ra muayyan tomir xavzasidagi qon
aylanishi buzilishi, ishemiya darajasi va uning rivojlanish sur’atlari to’g’risida
xulosa chiqarish mumkin.
Parasteziyalar (uvishib qolish, igna sanchilganday, chumoli o’rmalaganday
sezgi bo’lishi) ham qon aylanishi etishmovchiligi belgilaridir. Funktsional
faollik paytida ular kuchayadi.
Bosh aylanishi, sinkopal holatlar, vaqti-vaqtida ko’z ko’rmay qolishi
braxiotsefal tomirlar yoki umurtqa arteriyasining stenozga uchrash oqibati
hisoblanib, bosh miyada qon ta’minoti etarli emasligidan dalolat beradi. Ayrim
hollarda bu simptomlar muayyan xarakatlar vaqtida paydo bo’ladi, bu holda
tomirlar bosilishi va miya ishemiyasiga shubxa qilinishi mumkin. Ichning
buzilib, gox, ketib, gox, qotib turishi vistseral qon aylanishi buzilishi simptomi
bo’lishi mumkin, unga to’g’ri baho berish uchun ularning faoliyati, rivojlanish
dinamikasi, ishlatilgan vositalarning ta’sirchanligi to’g’risidagi ma’lumotlar
zarur.
2. Ko’zdan kechirish tomir kasalliklarining diagnostikasi uchun muxim
to’qima trofikasi buzilishlarini aniqlashga imkon beradi.
Mushak atrofiyasi odatda arteriyal qon aylanishi surunkali buzilganda
rivojlanadi.
Aorta
koarktatsiyasi
uchun
qo’l-oyoq muskulaturasining
nomutanosib rivojlanishi xos.
Teridagi distrofik o’zgarishlar (uning yupka tortishi, soch to’kilishi kabi)
ham ko’pincha shu soxadagi qon aylanishining surunkali etishmovchiligi
belgisidir. Tomir xastaliklarida teri rangining o’zgarishi (rangparlik, tsianoz)
diagnostika uchun qimmatlidir. Bu simptomlarning qaerda joylashganini
nazarda tutish muxim. Shu tufayli bemorni to’liq, ko’zdan kechirish, gavda va
qo’l oyoqlarining simmetrik qismlarini albatta taqqoslab qo’rish zarur.
3. Palpatsiya (paypaslab ko’rish) quyidagilarni aniqlash imkonini beradi:
137
- gavda teri qismlaridagi xarorat o’zgarishiga baho berish va simmetrik
segmentlar bo’yicha taqqoslash;
- palpatsiyada ba’zi kasallik simptomini aniqlashga muvaffaq bo’linadi
(masalan, arteriovenoz oqmada, sistolo-diastolik titrash, flebitlar borligi, aorta
koarktatsiyasida qovurg’alararo arteriyalar pulsatsiyasi va x. k.);
- tomirlar holatiga baho berish imkonini beradi;
- oyoq-qo’llarning simmetrik satxlaridagi areteriyalar pulsatsiyasi palpator
aniqlanadi va taqqoslanadi;
- muayyan holatda paypaslab ko’riladi. Qorin bo’shlig’ini paypaslab, qorin
arteriyasi anevrizmasini aniqlash mumkin.
4. Perkussiya tomir kasalliklari diagnostikasida kam ahamiyatga ega. Biroq
u ma’lum ma’lumot olish imkonini beradi: masalan, qorin aortasi anevrizmasi
yorilganda, qorin pardasi orqasi gematomasini aniqlashda, ko’ks oralitada tomir
dastasi chegaralarini aniqlashda yordam beradi.
5. Tekshiruvni auskultatsiyasiz o’tkazishni to’la qimmatli deb hisoblash
mumkin emas. Auskultatsiyani o’tkazsa bo’ladigan hamma nuqtalarda o’tkazish
zarur. Normada magistral arteriya tepasida puls zarbini eshitish mumkin.
Torayganda yoki patologik kengayganda sistolik shovqin, qon arterial o’zandan
venoz o’zanga tushganda sistolo-diastolik shovqin paydo bo’ladi. U yoki bu
arteriyani qaerida auskultatsiya qilishni bilish zarur. Chunonchi, uyqu arteriyasi
bifurkatsiya soxasida ichki uyqu arteriyasining boshlang’ich bo’limi bilan birga
pastki jag’ burchagi orasida eshitiladi. Imo-ishora muskuli orqasida umrov
arteriyasidan shovqinlar eshitiladi, shu nuqtaning o’zida o’ng tomonda
braxiotsefal stvoldagi shovqinlarni, o’mrov o’rtasidan 2 sm berida umurtqa
arteriyasidan keladigan shovqinlarni aniqlash mumkin. Ikkinchi qovurg’alar
orasida to’shdan o’ng tomonda yuqoriga ko’tariladigan aorta va aortal
klapandan shovqinlar eshitiladi, to’shdan chap tomondan, uchinchi qovurg’alar
orasida, yuqoriga ko’tariladigan aorta anevrizmali bemorlarda aorta klapani
etishmovchiligida diastolik shovqin yaxshi eshitiladi. Pastga tushadigan ko’krak
arteriyasidan va qorin aortasining proksimal bo’limidan stenotik shovqin
138
qorinning o’rta chizig’i bo’ylab xanjarsimon o’siq ostida aniqlanadi. Qorin
stvoli shovqini u bosilganda yoki stenozida xuddi shu nuqtada eshitiladi.
Xanjarsimon o’siq bilan kindikning o’ng va chap tomoni o’rtasida pararektal
chizik bo’ylab buyrak arteriyalari shovqinini eshitish mumkin. O’rta chiziq
bo’ylab yuqoridan va kindik sathida qorin aortasi shovqinlari bo’ladi. Chov
burmasi nuqtasida son arteriyasi shovqini eshitiladi. Taqim chuqurchasi
o’rtasida shu nomdagi arteriya shovqini eshitiladi.
Bemor shikoyatlari bo’lmaganda ham albatta tomirlarni eshitib qo’rish
kerakligini ta’kidlab o’tamiz. Masalan, uyku arteriyasi ustida xarakterli shovqin
eshitilishi, xatto klinik belgilari bo’lmaganda ham, uning stenozidan dalolat
beradi. Gipertenziyali bemorlarda aorta yoki buyrak arteriyalari ustidagi shovqin
uning vazorenal genezi xaqida taxmin qilish imkonini beradi. Shunga ko’ra
tomirlarni auskultatsiya qilish tomir kasalliklarini erta yaxshiroq diagnostika
qilishga yordam beradi.
6. Arterial bosim hamma qo’l-oyoqlarda, zarurat bo’lganda va tik turgan
holatda Valsalva sinamasi bilan aniqlanadi.
II. Tekshirishning umumiy statsionar bosqichi quyidagilarni o’z ichiga
oladi:
- laboratoriya ma’lumotlari analizi – qon, siydikning umumiy analizi, qon
bioximiyasi va elektrolitlari, koagulogramma, Zimnitskiy sinamasi, summar
buyrak funktsiyasi;
-
funktsional
tekshirish
ma’lumotlari
(EKG,
FKG,
ostsillosfigmoreografiya), rentgenologik ma’lumotlar, nevrologik, oftalmologik
status ma’lumotlari, qorin aortasi va uning tarmoqlarini fonoangiografik
tekshirish.
III. Tekshirishning ixtisoslashgan statsionar tipi.
Qorin aortasi va tarmoqlari zararlanishini aniqlash maqsadida laboratoriya
tekshiruv metodlari qo’llaniladi. Ichak va hazm organlari absorbtsion va sekretor
funktsiyasi to’g’risidagi axborotni bemor koprogrammasini tekshirib olish
mumkin. Badbuy xidli, shilimshiq, neytral yog’, mushak tolalari, biriktiruvchi
139
to’qima miqdori ko’p, shakllanmagan axlat hazm organlarining sekretor va
absorbtsion funktsiyasi buzilganidan darak beradi. Vitamin B
12
bilan sinama
(Shellenger testi) ingichka ichak distal bo’limining absorbtsiya holati to’g’risida
ma’lumot beradi. Metod Co
58
bilan nishonlangan vitamin B
12
ning radioaktiv
dozasi peroral qabul qilingandan keyin 24 soat ichida siydik bilan ajralishni
aniqlashga asoslangan.
Me’da ichi pH-metriyasi usuli bilan me’da sekretsiyasini tekshirish.
Me’da-ichak yo’lining rentgenoskopiyasi. Bu tekshiruvda ichakning motor
funktsiyasini hamda qator destruktiv o’zgarishlarni aniqlash mumkin.
Endoskopik diagnostika usullari (gastroduodenoskopiya, kolonoskopiya).
Bu usullar abdominal patologiyaning kelib chiqishinigina emas, balki me’da-
ichak yo’lidagi o’sma va boshqa organik kasalliklarni istisno qilishni o’ziga
maqsad qilib qo’yadi.
Arterial ostsillografiya periferik arterial sistemani tekshirishning tarqalgan
metodlaridan biri hisoblanadi. Metodning moxiyati manjetkadagi turli bosimda
puls to’lqinlari kattaligini qayd qilishdan iborat, olingan egri chizik arteriyalar
devorining cho’zilish amplitudasini aks ettiradi.
Sfigmografiya – arterial pulsni grafik qayd qilish metodikasidir. Bevosita
yoki oddiy sfigmografiya arterial tomirning mazkur chegaralangan qismida
yurak tsiklidagi o’zgarib turadigan bosim ta’siri ostida paydo bo’ladigan tomir
deformatsiyasi darajasini xarakterlaydi. Oyoq-qo’llarning okklyuziyalovchi va
stenozlovchi zararlanishlarida tomir devorining summar tebranishlarini qayd
qiladigan hajmli sfigmografiyadan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu oyoq-
qo’lning tekshirilayotgan sathidagi kollateral va magistral qon ta’minoti haqida
umumiy tasavvur beradi.
Pletizmografiya – organ yoki gavda qismi hajmining ular tomirlarining qon
bilan to’liqligi o’zgarishi bilan bog’lik tebranishlarini qayd qilish usulidir. U
periferik gemodinamikaning muxim ko’rsatkichi – maksimal arterial bosimni
qayd qilishning volyumetrik usuli negizini tashkil qiladi.
140
Reovazografiya – periferik qon aylanishi holatiga baho beradigan usul
sifatida keng tarqalgan. Metod tekshiriladigan soha orqali yuqori chastotali tok
o’tkazish va kompleks elektr qarshiligini grafik qayd qilishga asoslangan, bu
qarshilik to’qimaning qon bilan to’liqligiga bog’liq holda o’zgarib turadi.
Tekshiriladigan qismning qon bilan to’liqligi oshishi elektr toki pasayishiga, qon
bilan to’liqlikning kamayishi esa qarshilikning oshishiga olib keladi.
Reovazografiya periferik va tserebral hamda umumiy gemodinamikani
o’rganishda ishlatiladi.
Angiotenziometriya – qon aylanishini o’rganishning 1952 yilda N. I.
Arinkin taklif etgan kompleks usulidir. Pletizmo va sfigmografiya bu usulning
asosini tashkil etadi. Bu usul bilan maksimal arterial bosim, venoz bosim,
tomirlar tonusi, oyoq-qo’lning hajm-pulsga ta’luqli qon ta’minoti, qon
oqimining hajm tezligi, yurakning sistolik hajmini tadqid qilish mumkin. Biroq
metodikasi ko’p mehnat talab qiladi, apparatlari murakkab, shu tufayli metod
klinikada keng qo’llanilmayapti.
Fonoangiografiya – qon oqimi buzilishlarida tomirlardagi shovqinlarni
grafik qayd qilishdir. Shovqinlarni qayd qilish uchun maksimal shovqin
proektsiyaga o’rnatiladigan oddiy fonokardiografik datchik ishlatiladi.
Kapillyaroskopiya – periferik tomirlarni vizual kuzatish usuli. Kapillyar
qon aylanishi aksariyat kapillyarlar yaxshi ko’rinadigan tirnoq o’rnida (soxasi)
tekshiriladi.
Teri elektr termometriyasi – teri xarorati arterial va kapillyar qon aylanishi
holatini aks ettiradi, shuningdek chuqur joylashgan to’qimalardagi metabolik
jarayonlar aktivligi to’g’risida ma’lumot beradi. Haroratni universal tibbiy elektr
termometr EGU-m bilan o’lchanadi. Haroratni o’lchash diapazoni 16° dan 42°S
gacha.
Ultratovushli dopplerografiya . Metod asosini Doppler effekti tashkil qiladi.
Yakinlashayotgan narsaning tovush chastotasi oshib, uzoqlashayotgan narsa
tovushning chastotasi kamayishidan iborat. Uni periferik arterial sistemasining
o’tkir va surunkali okklyuziyalarini diagnostika qilish, arterial o’zaklar
141
okklyuziyasida
arterial
bosimni
aniqlash,
tomirlardagi
rekonstruktiv
operatsiyalar vaqtida qon oqimini aniqlashda foydalaniladi. Doppler tekshiruvi
atravmatik; tomirlar patologiyasida muxim o’rin tutadi. Uyqu va umurtqa
arteriyalarini tekshirishdan tashqari, oyoq-qo’llardagi tsirkulyator buzilishlarni
diagnostika qilishda katta imkoniyatlarga ega. U arteriografiyani to’ldirishi
mumkin.
Pnevmoretroperitoneografiya – aorta va uning tarmoqlari va qorin pardasi
orti bo’shlig’ining differentsial diagnostikasida qo’llaniladi.
Funktsional vena ichi urografiyasi – bunda kontrast modda yuborilgandan
keyin 1, 3, 5, 10, 20, 30, 45, 60 minutdan keyin suratlar olinadi. Vaqt
berayotganda kosacha-jomcha apparatining shakliga, deformatsiyasiga, ularning
kontrastlanish tezligiga va kontrast moddaning chiqarilishiga ahamiyat beriladi.
Buyrak arteriyasi bir tomonlama zararlanganda ekskretor urogrammada
quyidagi belgilar bo’lishi mumkin:
- bitta buyrakda ikkinchisiga qaraganda kontrast paydo bo’lishining
kechikishi;
- buyraklar o’lchamlari o’rtasidagi tafovut 1 sm dan ko’p;
- urografiya o’tkazilishining oxirida zararlangan buyrak kontrastlanishining
paradoksal oshishi;
-
arteriyalarida
okklyuziyasi
bor
bemorlarda
normal
retrograd
pielogrammada buyrakning butunlay kontrastlanmasligi.
Yod-gippuran-131 bilan radioizotop renografiya buyrakning 3 ta asosiy
ko’rsatkichi: buyrakda qon oqimi, kanalcha epiteliysi sekretsiyasi va siydik
chikaruvchi yo’llar holati to’rrisida ma’lumot beradi.
Buyraklarni skanerlash – buyraklar asta-sekin singdirib chiqaradigan
neogidrin
20
ishlatiladi. Skanogrammalar qator buyrak anomaliyalari: distoniya,
gipoplaziya, polikistoz, nefroptoz, pielonefrit, buyrak arteriyalari stenozi, buyrak
segmenti infarktida ayniqsa kerak. Buyrak arteriyasining magistral stenozida,
odatda, chegaralari tekis buyrakda neogidrin aktivligi kontsentratsiyasining
142
kamayishi aniqlanadi. Buyrakning parenximatoz zararlanishlarida neogidrin
aktivligi turli bo’limlarda xar hil darajada pasaygan.
Seriostsintigrafiya. Oddiy statik skanerlashdan farqli ravishda bu usul yoki
dinamik skanerlash yod-gippuran-131 izotopi bilan «Daynami», «Gamma-
kamera» kabi yangi apparatlarda o’tkaziladi. Metod buyrakning holati,
o’lchamlari, shaklini aniqlash bilan bir qatorda uning izotop singdirish darajasini
ko’rsatib beradi.
Kontrast tekshirish metodlari. Tomirlardagi morfologik o’zgarishlarni inson
hayot vaqtida tekshirishning asosiy usuli angiografiya turli kasalliklarda
qo’llaniladi. Tomirlarni kontrast tekshirish xirurgik davo qilinadigan bemorlarda
va boshqa usullar kasallikka diagnoz qo’yishga imkon bermagan hollarda
qo’llanilishi kerak. Xozirgi vaqtda monelik qiladigan hollar doirasi birmuncha
toraygan, angiografiya, masalan, miokard infarktida, ishemik insultda va xatto
buyrak etishmovchiligida ham o’tkaziladi.
Bemorlarning kontrast moddalarni ko’tara olmasligi angiografiya
o’tkazishga monelik qiladigan hol hisoblanadi.
Klinik amaliyotga angiografik tekshiruv metodlarining joriy qilinishi
angiologiya rivojida katta turtki bo’ldi. Bu tekshiruvdan keyin deyarli hamma
savollarga javoblar olinadi, bemorni operatsiya qilish-qilmaslik masalasi hal
qilinadi. Angiografiya o’tkazishda ehtimol, tutilgan asoratlarni yodda saqlash
kerak. Hozir ixtisoslashgan bo’limlarda og’ir asoratlar 0,5-1,0% gacha uchraydi.
Angiografiyaning quyidagi turlari bor.
Arteriografiya.
Kontrast
modda
bevosita
yaqin
arteriyada
yoki
aortografiyada birmuncha olis qismlarda in’ektsiya qilinishi mumkin. Teri orqali
punktsion arteriografiya qilish. Bu usul oyoq-qo’l tomirlarining diagnostikasida
qo’llaniladi. Punktsion arteriografiyadan son arteriyasi distal bo’limi
zararlanganiga, taqim osti arteriyasi va boldir arteriyalari kasalliklariga shubxa
bo’lganda foydalaniladi.
Aorta ravog’i tarmoqlari zararlanganligini diagnostika qilish uchun ham
punktsion arteriografiyadan foydalanish mumkin.
143
Umurtqa arteriyasini tekshirish uchun kontrast moddani qo’ltiq arteriyasini
teri orqali punktsiya qilish yo’li bilan qon oqimiga qarshi yuboriladi.
Aortografiya. Xozir uning quyidagi metodlari qo’llaniladi. Aortani turli
satxlarda punktsiya usuli bilan aortografiya qilish:
- parasternal punktsiya aortaning boshlangich bo’limlari va toj arteriyalarni
kontrast tekshirish uchun qo’llaniladi;
- retroplevral punktsiya. Aorta pastki ko’krak bo’limini kontrast tekshirish
uchun qo’llaniladi;
- translyumbal punktsiya. qorin aortasi va oyoq arteriyalari ateroskleroz,
aorto-arteriit yoki boshqa jarayon bilan zararlanganda ularni kontrastlash uchun
1929 yilda Dos Santos taklif etgan aortaning bevosita translyumbal punktsiyasi
qo’l keladi. Agar qorin aortasi vistseral tarmoqdarini kontrastlash zarur bo’lsa,
XII ko’krak umurtqasi satxida yuqori translyumbal aortografiya bilan aorta
punktsiyasi bajariladi. Agar qorin aortasi bifurkatsiyasi va oyoq arteriyalarini
kontrastlash vazifasi qo’yilgan bo’lsa, II bel umurtqasi pastki cheti sathida
aortani pastki translyumbal punktsiya qilishdan foydalaniladi.
Kateterni periferik arteriya orqali o’tkazish metodi ham bor. Aortaga son,
elka, bilak, umumiy uyqu va kindik arteriyasi orqali o’tkazish va zarur satxda
o’rnatilishi mumkin. Aortani Seldinger usulida teri orqali, son orqali kateterlash
keng qo’llanilyapti. Son arteriyasini igna bilan punktsiya qilinadi va u orqali tor
ko’rinishidagi metall o’tkazgich kiritiladi. Igna chikariladi, o’tkazgich esa
arteriya bo’shlig’ida qoldirilib, u orqali kateter kiritiladi. O’tkazgich
chiqarilgandan keyin kateter aortaga yoki uning tarmoqlariga kiritiladi va
aortografiya bajariladi. Son arteriyasi orqali zond kiritilganda yuqoriga
ko’tiriladigan va ko’krak aortasi, aorta ravog’i tarmoqlari, qorin aortasi
kontrastlanishi va vistseral arteriyalar selektiv arteriografiya qilinishi mumkin.
Selektiv angiografiya. Bunda kateter uchi (uchki bo’limi muayyan
konfiguratsiyali maxsus kateter qo’llaniladi) qilinishi lozim bo’lgan tomirga
kiritiladi, keyin kontrast modda in’ektsiya qilinadi.
Koronarografiya – toj arteriyalarni kontrast tekshitish.
144
Koronarografiyaga ko’rsatmalar:
1) tipik stenokardiya va boshdan kechirilgan miokard infarktining klinik
manzarasi;
2) boshqa kasalliklar bilan izoxlash mumkin bo’lmagan atipik og’riq;
3) yurak klapan apparati patologiyasi bilan bog’liq, bo’lmagan yurak ritmi
buzilishi;
4) miokardni bevosita revaskulyarizatsiya qilish operatsiyasidan keyin
aylanma shuntlar o’tkazuvchanligini aniqlash;
5) infarkt oldi holati va o’tkir miokard infarkti rivojlanishining dastlabki
soatlarida.
Koronarografiyaga monelik qiladigan hollar:
1) isitma holatlari;
2) parenximatoz organlarning og’ir holati;
3) yurak ritmining og’ir buzilishlari;
4) miya qon ta’minotining o’tkir buzilishlari;
5) yod preparatlariga ortiqcha sezuvchanlik.
Souns bo’yicha selektiv koronarografiya: elka arteriyasi orqali Seldinger
bo’yicha ingichka o’tkazgich yordamida rentgenkontrast kateter kiritiladi va
chap, so’ngra o’ng toj arteriyalar kateterlanadi va kontrast modda in’ektsiya
qilingandan keyin turli proektsiyalarda suratlar seriyasi olinadi.
Jatkins bo’yicha selektiv koronarografiya – Bauras kateteri yordamida toj
tomirlarni son arteriyasi orqali kateterlanadi.
Paulin bo’yicha yarim selektiv koronarografiya aortal sinuslar soxasiga
(Valsalva sinusi) kontrast modda yuborishga asoslanadi.
IV. Tekshiruvning intraoperatsion bosqichi.
Aorta va uning tarmoqlarini bevosita operatsiya vaqtida reviziya qilish.
Arteriya ustida palpatsiyada aniqlanadigan titroq qon aylanishi buzilganidan
dalolat beradigan belgidir. Uning intensivligi har xil – arang bilinadigandan, to
kuchligacha bo’lib, u stenoz darajasiga bog’liq.
145
Stenozlangan kesimdan birmuncha distal tomonda zararlangan arteriyadagi
arterial bosimni aniqlash va uni aortadagi bosim bilan taqqoslash tsirkulyator
buzilishlarning og’ir-engilligi to’g’risida tushuncha beradi.
Intraoperatsion elektromanometriya. Okklyuziya yoki stenozdan birmuncha
distal joyda aorta va magistral arteriya o’rtasidagi bosim darajasini o’lchash –
elektromanometriya usuli arteriyalar bo’ylab qon oqishining buzilishi darajasi
to’g’risida
ma’lum
tasavvur
etadi.
Elektromanometriya
stenoz
yoki
okklyuziyadan pastroqda aorta yoki arteriyani punktsiya qilish yo’li bilan
o’tkaziladi. Bu «Mingograf-42» apparati yordamida qayd qilinadi.
Elektromagnit floumetriya – qon oqimini tekshirishning birmuncha ishonchli
usuli hisoblanadi. Usul elektromagnit induktsiyasi qonuniga asoslangan. Uning
printsipi shundan iboratki, qon oqayotgan tomir bilan elektromagnit datchik
o’rtasida elektromagnit maydon hosil qiladigan potentsiallar ayirmasi paydo
bo’ladi, hajmiy qon oqimi, ya’ni tomirning shu segmenti orqali bir minutda
oqadigan qon miqdori (ml) egri chiziqlarda qayd qilinadi.
Buyrak biopsiyasi. Vazorenal gipertenziyada biopsiyadan maqsad –
ishemiyaga uchragan va kontralateral buyraklarda morfologik o’zgarishlar
darajasini aniqlash, operatsiya qilish-qilmaslik, uning xarakteri, prognoz
masalalarini bilib olishdan iborat. Buyrak arteriyasi stenozida bioptatik
o’rganish quyidagi ko’rsatkichlarni: yukstaglomerulyar apparat xujayralarining
gipertrofiya va gipergranulyatsiyalari darajasi, kanalchalarning ishemik
atrofiyasi borligi va darajasi, interstinal fibroz kabilarni aniqlashga imkon
beradi.
Dostları ilə paylaş: |