qatorda siydikda katexolaminlar kontsentratsiyasi tekshirishga asosiy o’rin
beriladi (sutkali yoki krizdan keyin qilingan). Siydikda ikkala gormonlar
kontsentratsiyasining bir vaqtning o’zida oshishi o’smaning buyrak usti bezi
ustida joylashuviga bir muncha hosdir. Noradrenalinning kontsentratsiyasi
adrenalinga nisbatan yuqoriroq bo’lsa, o’sma buyrak usti bezidan tashqarida
joylashuvi uchun hosdir. Amaliyotda siydikda adrenalin va noradrenalindan
tashqari, vanilil-mindal kislota miqdori aniqlanadi. Bu kislota ikkala gormon
metaboliti hisoblanadi va uning siydikdagi kontsentratsiyasi adrenalin va
o’lchamlari katta bo’lganligidan ularni UTT va KT da osonlikcha topish
130
Feoxromotsitoma faqat xirurgik usul bilan davolanadi. Bemorlarga
adrenalektomiya operatsiyasi bajariladi – o’sma (feoxromotsitoma) buyrak usti
bezi bilan birga olib tashlanadi.
Buyrak usti bezlarining boshqa kasalliklari orasida endogen giperkortitsizm
simptomokompleksini ko’rsatib o’tish lozim. Uning patogenezi bo’yicha har xil,
biroq kasallikning klinik belgilari bo’yicha o’xshash bo’ladi. O’xshash klinik
manzarasi glyukokortikoid gormonlar, avvalo kortizolning ortiqcha miqdorda
ishlanishiga bog’liq. Itsenko-Kushing sindromi va Itsenko-Kushing kasalligi
(o’smasiz turi) farq qilinadi. Itsengo-Kushing sindromi buyrak usti bezi qobig’i
tutamli (dasta) sohasidan rivojlanadigan o’smadan vujudga keladi (xavfsiz
o’sma – kortikosteroma, xavfli o’sma – kortikoblastoma). O’sma to’qimasi
kortizol gormonini ortiqcha ishlab chiqaradi. Aksariyat hollarda 20-40 yoshdagi
ayollar (deyarli 80%) kasallanadilar. Itsenko-Kushing sindromi va kasalligining
klinik manzarasi etarli darajada tipik bo’ladi. Semizlik va arterial gipertenziya
kasallikning doimiy simptomlaridan hisoblanadi. Tez charchab qolish va
mushak bo’shashishi, mehnat qobiliyatining pasayishi, jinsiy faoliyatning
pasayishi erta paydo bo’ladi. Kechroq bu belgilar qatoriga osteoporoz
qo’shiladi. Semizlik somatotropinning yog’ safarbarlik ta’sirini tormozlovchi
kortizol va AKTGning ortiqcha ishlab chiqarilishi bilan bog’liq. Itsenko-
Kushing sindromida arterial gipertenziya krizsiz, barqaror kechadi, sistolik va
diastolik bosimning mutanosib oshishi qayd etiladi, gipotenziv vositalarga
ta’sirsiz bo’ladi. Bemorlarning tashqi ko’rinishi o’ziga xos – yuzi oysimon, yuz
va ko’krak qafasining yuqori qismi rangi qip-qizil ko’kimtir, qorin, bel, ko’krak
bezlari, sonlar terisida qip-qizil ko’kimtir yo’l-yo’l chiziqlar «qizil striyalar»
bo’ladi. Terisi quruq bo’lib qoladi, oyoq-qo’llari terisi ko’kimtir-marmarsimon
tus oladi.
Diagnostika.
Qonda
va
siydikda
17-kortikosteroidlar
(17-KS)
kontsentratsiyasi darajasini o’rganish, plazmada kortizol miqdorini aniqlash
ahamiyatga ega. Kortikosteromada bu ko’rsatgich, ayniqsa o’sma xavfli tabiatga
131
ega bo’lganda, bir muncha oshadi. Tekshiruv usullar orasida UTT va KT keng
ishlatiladi.
Davolash: Itsenko-Kushing sindromi faqat xirurgik usul bilan davolanadi.
Bemorlarga adrenalektomiya operatsiyasi bajariladi – o’sma buyrak usti bezi
bilan qo’shib olib tashlanandi.
Dostları ilə paylaş: