Feoxromotsitoma – katexolaminlar (adrenalin, noradrenalin) ishlab
beradigan xromofin to’qimadan neyroektodermal kelib chiqqan o’sma bo’lib,
ko’proq buyrak usti bezi miya qatlamidan rivojlanadi (90% hollarda).
Feoxromotsitomani (paraganglioma) 10% hollarda buyrak usti bezidan
tashqarida (aksariyat simpatik paraaoratal gangliyalarda, qovuqda, orqa ko’ks
oralig’ida) joylashgani aniqlanadi. Yolg’iz va ko’p sonli, xavfsiz va xavfli
bo’lishi mumkin. Kasallik ko’pincha katta yoshdagi erkaklarda uchraydi.
Feoxromotsitomaning oilaviy tabiati to’g’risida ham ma’lumotlar bor.
Feoxromotsitomali bemorlarda kelib chiqadigan buzilishlar patogenezida
katexolaminlar gipersekretsiyasi va ularning umumiy qon oqimiga vaqti-vaqti
bilan ko’p mikdorda tushishi asosiy ahamiyatga ega. Kriz vaqtida
katexolaminlar, xususan noradrenalin darajasi normadan bir necha o’n barobar
oshadi, ularning ortiqcha miqdori alfa va betta adrenoretseptorlarining
qo’zg’alishini chaqiradi, bu esa arteriolalar darajasida yaqqol spazmga, umumiy
periferik qarshilikning keskin ortishiga olib keladi, buning natijasida sistolik
bosim ham, diastolik AQB ham oshadi.
Dostları ilə paylaş: |