SIMPTOMATIK ARTERIAL GIPERTENZIYALAR
Bugungi kunda yurak-qon tomirlar tizimining kasalliklari aholining
umumiy kasallanish strukturasida birinchi o’rinni egallab, mehnat qobiliyatini
yo’qotish, erta nogironlik va o’limning asosiy sabablaridan biri bo’lib
hisoblanadi. Yurak va qon tomirlar kasalliklari orasida arterial gipertenziya keng
tarqalgandir. Yagona belgi, ya’ni yuqori arterial qon bosimi – barcha
simptomatik arterial gipertenziyalarni bitta guruhga birlashtirib turadi. Bu
guruhga kiradigan kasalliklarning klinik manzarasi, etiologiyasi bir-biriga
o’xshamagan, patogenezi har xil bo’lgan turli nozologik birliklardan iborat
kasalliklar bo’lib, ular terapiya, jarrohlik, urologiya va endokrinologiya kabi
tibbiyot ixtisosliklarining muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi. Simptomatik
arterial gipertenziyalarning quyidagi turlari farqlanadi:
buyrak parenximasining shikastlanishi bilan bog’liq bo’lgan kasalliklar
(pielonefrit, glomerulonefrit, siydik-tosh kasalligi, buyraklar polikistozi,
diabetik nefropatiya va b.);
buyrak usti bezi kasalliklari (feoxromotsitoma, Konn sindromi, Itsenko-
Kushing sindromi va b.);
bosh miya kasalliklari bilan bog’liq bo’lgan arterial gipertenziyalar
(entsefalit, o’smalar, bosh miya jarohatlari va b.);
yirik qon tomirlari rivojlanishining nuqsonlari (aorta koarktatsiyasi,
qorin aortasining tug’ma gipoplaziyalari va b.);
vazorenal gipertenziya.
Dostları ilə paylaş: |