Xirurgik kasalliklar


Klinikasi  va  diagnostikasi



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   363
Klinikasi  va  diagnostikasi.  Yangi  tug’ilgan  chaqaloqlarda  va  bolalar 

hayotining  dastlabki  yillaridagi  dekompensatsiya  holatlari  bilan  og’ir  kechadi. 

Kattaroq  yoshdagi  bolalarda  simptomlar  kamroq  ifodalangan  bo’lib,  bemorda 

asosan  nafas  qisishi,  tez  charchash,  yurak  sohasidagi  og’riq,  yurak  urishi  kabi 

shikoyatlar bilan o’tadi. 

Ob’ektiv  tekshiruvda  teri  qoplamlarining  rangparligi,  bolaning  o’sish  va 

rivojlanishda  tengdoshlaridan  orqada  qolishi  qayd  qilinadi.  Yurak  chegaralari 

o’ngga  kattalashgan  bo’lib,  auskultatsiyada  to’sh  suyagining  chap  chekkasi 

bo’ylab kuchli sistolik shovqin, III-IV qovurg’alar orasida esa uning jarangliroq 

eshitilishi aniqlanadi. 

EKGda qorinchalar gipertrofiyasi qayd etiladi. 

Rentgenologik  tekshiruvda  o’ng  qorinchaning  kattalashganligi,  o’pka 

arteriyasi  va  uning  tarmoqlarining  kengayganligi,  chap  bo’lmacha  va 

qorinchaning  birmuncha  kattalashganligi  aniqlanadi.  Yurak  bo’shliqlari 




 

86 


zondlanganda o’ng qorinchada qonning kislorodga to’yinish darajasining ortishi 

qayd  qilinadi,  kateter  o’ng  qorinchadan  chap  qorinchaga  bemalol  o’tishi 

mumkin.  Kateter chap qorinchaga kiritilganda kontrast  modda  o’ng qorinchaga 

va o’pka arteriyasiga tushadi. 



Davolash  –  faqat  jarrohlik  usuli.  Qorinchalararo  to’siqlardagi  kichik 

nuqsonlarga  П-simon  choklar  qo’yib  uni  bartaraf  etishdan  iborat.  Katta 

nuqsonlarda u teshikni sintetik mahsulotdan tayyorlangan yamoq bilan bekitish 

yo’li bilan bartaraf etiladi. 

Rentgenendovakulyar jarrohlikni rivojlanishi bilan, davo usullarining yangi 

turlari ishlab chiqildi. Bunda, nuqsonni kateter va maxsus moslama (okklyuder) 

yordamida yopish usuli taklif kilindi (22-rasm).  

    


 

 

22-rasm. Devor nuqsonlarini yopish uchun kateterli sistema – okklyuder 



(Amplatzer) (a), angiogrammasi (b). 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin