Ochiq arterial yo’l
Ochiq arterial yo’l (боталлов проток) aortaning dastlabki bo’limini o’pka
arteriyasi bilan biriktirib turadi. Embrional davrda ochiq arterial yo’l – normal
fiziologik holat hisoblanib, odatda chaqaloq tug’ilganidan so’ng, tez orada bu
yo’l obliteratsiyaga uchraydi. Bu jarayon buzilganda, u ochiqligicha qoladi va
arterial qonni aortadan o’pka arteriyasiga o’tishi va shu munosabat bilan qator
gemodinamik buzilishlar vujudga keladi. Katta qon aylanishi doirasidan kichik
doiraga doimiy qonning o’tib turishi natijasida a’zolar va to’qimalarning qon
bilan ta’minlanishi yomonlashadi, kichik qon aylanishi doirasida bosim ortadi,
o’pka gipertenziyasi oshib borganda shovqin sistolik shovqinga aylanib, o’pka
arteriyasi ustida juda yaxshi eshitiladi.
Rentgenologik tekshirishda o’pka tasvirining quyuqlashuvi, o’pka arteriyasi
va tarmoqlarining kengayishi qayd etiladi. Yurakni zondlashda o’pka
84
arteriyasida bosimning ortishi, unda qonning kislorodga to’yinish darajasining
yuqoriligi qayd qilinadi. Aortografiyada kontrast moddaning aortadan o’pka
arteriyasiga tushishi aniqlanadi (20-rasm).
20-rasm. Ochiq arterial yo’l.
Ko’krak aortografiyasi tasvirida aorta va o’pka arterialarini birgalikda kontrastlanishi
ko’rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: |