Tug’ma yurak nuqsonlari
Tug’ma yurak nuqsonlari, yurak embriogenezi jarayonlarining buzilishi
yoki postnatal davrda normal shakllanish kechikishi oqibatida paydo bo’ladi.
Ko’pchilik yurak nuqsonlarining asosiy belgisi – kichik va katta qon aylanish
sistemasiga qonning aniq taqsimlanmasligidir. Bunga, odatda yurak to’siqlarida
nuqson borligi sabab bo’ladi.
Tug’ma yurak nuqsonlari shartli ravishda uchta guruhga bo’linadi:
Birinchi guruh – venoz qonni arterial oqimga tushishi bilan bog’liq yurak
ichida patologik tutashmalari bo’lgan nuqsonlar (o’ngdan chapga, birlamchi –
ko’k): Fallo triadasi, tetradasi yoki pentadasi, uch tavaqali klapan atreziyasi,
Eyzemenger sindromi, tomirlar transpozitsiyasi va b.
Ikkinchi guruh – arterial qonni venoz oqimga tushishi bilan bog’liq yurak
ichida patologik tutashmalari bo’lgan nuqsonlar (chapdan o’ngga, birlamchi –
oq): bo’lmachalararo to’siq nuqsoni, qorinchalararo to’siq nuqsoni, ochiq
arterial yo’l va b.
Uchinchi guruh – qon aylanishining buzilishi. Ko’ks oralig’idagi magistral
tomirlarning torayishi sababli kelib chiqqan nuqsonlar: o’pka arteriyasi stenozi,
aortaning boshlanish qismi stenozi, aorta koarktatsiyasi.
81
Hozirgi paytda yurak tug’ma nuqsonlarining yuzdan ortiq turlari ma’lum
bo’lib, ulardan asosiylari ustida to’xtalib o’tamiz.
Dostları ilə paylaş: |