Ularning o’lchamlari kattalashgan sari, bemorlarda shikoyatlar birin-ketin paydo
bo’ladi. Ular quruq yo’tal, nafas qisishi, stridoroz nafas olish holida yuzaga
aniqlanadi. Davolash – kistani xirurgik yo’l bilan olib tashlashdan iborat.
Operatsiyaga ko’rsatma bo’luvchi asoratlari: yiringlash, perforatsiya (teshilish)
Birlamchi ichak naychasidan rivojlanadi. Kistalarning ichki pardasi xlorid
kislota ishlab beradigan me’da epiteliysi bilan qoplanganligi tufayli devorida
yaralar paydo bo’lishi, qon oqishi, perforatsiyasi yuz berishi mumkin. Ular ichi
kovak a’zolarga, perikard, plevra bo’shlig’iga teshib kirib, yiringlashni hosil
ma’lumot beradi. Davolash – kistalarni operatsiya yo’li bilan olib tashlashdan
76
Lipomalar – ko’pincha o’ng kardiodiafragmal burchakda joylashadi.
Simptomsiz kechadi. Katta o’lchamlargacha etishi mumkin, shundagina ko’ks
oralig’i a’zolarining bosilish simptomlari yuzaga keladi. Rentgenologik
tekshirishda aniqlanadi. Davolash – operatsiya qilinib, o’sma olib tashlanadi.
Limfomalar. Mediastinal limfatik tugunlardan rivojlanadi. Odatda oldingi
ko’ks oralig’ida joylashadi. Tabiatiga ko’ra xavfli hisoblanadi.
Simptomlari intoksikatsiya bilan bog’liq – lohaslik, darmon qurishi, tana
haroratining ko’tarilishi (isitma), oriqlab ketish, terida qichima paydo bo’lishi
kabilardir. Katta o’lchamlarga etganda: yo’tal, ko’krakda og’riq, ko’ks oralig’i
a’zolarining ezilishi belgilari bo’ladi. Diagnostika uchun rentgenologik
tekshiruv, mediastenoskopiya, mediastenotomiya o’tkaziladi.
Davolash – xirurgik yo’l bilan davolash erta bosqichlaridagina amalga
oshiriladi, keyinchalik nur va kimyoviy preparatlar bilan davolanadi.
Dostları ilə paylaş: