Ko’ks oralig’i o’smalari va kistalari
Ko’ks oralig’i o’smalarining talaygina gistologik turlari mavjud. Kelib
chiqishiga ko’ra ular:
- nevrogen (ganglionevromalar, neyroblastomalar, simpatikoblastomalar,
oreoxomotsitomalar, nevrinomalar va nevrogen sarkomalar);
- mezenximadan kelib chiqqan (fibromalar, fibrosarkomalar, lipomalar,
liposarkomalar, limfangiomalar, gemangiomalar, angiosarkomalar va
b.);
- limfatik tugunlar retikulyar to’qimasidan paydo bo’lgan (limfosarkomalar,
retikulosarkomalar, limfogranulematoz);
- embriogenez buzilishi oqibatida paydo bo’ladigan ayrisimon yoki
qalqonsimon bezlardan kelib chiqadigan (dermoid kistalar va
teratomalar, seminomalar, xarinoepitelioma, ko’krak qafasi ichidagi
buqoq) o’smalari bo’ladi.
Ko’ks
oralig’i
kistalari
haqiqiy
tselamik
kistalar
va
perikard
divertikullariga, bronxogen va enterogen parazitar kistalarga bo’linadi. Bular
embriogenez jarayonining buzilishlari oqibatida kelib chiqadi.
Ko’ks oralig’i o’smalari va kistalarini soxta o’smalar, anevrizmalardan
(aorta, o’pka arteriyasi, toq vena anevrizmasi), diafragma churrasi, qizilo’ngach
o’smalaridan tafovut qilish kerak bo’ladi.
Klinik manzarasi. Ko’ks oralig’ining o’smalari va kistalari ilk bosqichlarda
belgisiz kechadi va ko’pincha profilaktika maqsadida o’tkazilgan rentgenologik
tekshiruvlarda aniqlanadi. Keyinchalik o’sib ketganda va atrofdagi a’zolarni
ezib qo’yganida, ko’krak qafasida og’riq, nafas olishning qiyinlashuvi kabi
belgilar paydo bo’ladi. Ko’ks oralig’ining o’smalari rivojlanishi jarayonida
kasallikka simpatik nerv aloqador bo’lganida Gorner simptomi aniqlanadi,
qaytuvchi nerv qo’shilganda esa tovushning bo’g’ilishi kabi belgilar kuzatiladi.
Yurakning ezilishi oqibatida, ko’krak qafasining o’ng yarmida og’riq paydo
bo’ladi, yurak ritmining buzilishlari kuzatiladi. Nevrogen o’smalar orqa
73
miyaning ezilishi belgilari – sezuvchanlik buzilishining turli xil turlari, parez,
falajlar, kichik chanoqda joylashgan a’zolar faoliyatining buzilishlari bilan
namoyon bo’lishi mumkin.
Yuqori kovak venasining qattiq ezilishi – “yuqori kovak vena”
simptomokompleksining (belgilar majmuasi) rivojlanishiga olib keladi. Bunda
yuz, bo’yin, qo’llar, gavdaning yuqori yarmida shish va tsianoz paydo bo’ladi.
Shu bilan birga o’smaga aloqador simptomlar paydo bo’lishi ham ehtimol.
Ko’ks oralig’i o’smalarining ko’pchiligi xavfsiz o’smalardan hisoblanib, odatda
o’smalar o’lchamining kattalashishi oqibatida a’zolarning ezilishi yuzaga
kelganda, xirurgik yo’l bilan olib tashlanadi. Ko’ks oralig’i o’smalarining
ko’pchiligi, vaqt o’tishi bilan xavfli o’smalar turiga aylanishi mumkin. Demak,
ko’ks oralig’i o’smalari diagnostika qilinganda, bemorning ahvoli imkon bersa,
profilaktik nuqtai nazardan uni jarrohlik amaliyoti usullarini qo’llab olib
tashlash, ayni maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ko’ks oralig’i o’smalari va kistalarining ayrim turlari diagnostikasi,
kasallikning klinik manzarasi va davolash. Nevrogen o’smalar – ko’ks
oralig’ining ko’proq uchraydigan xavfsiz o’smalaridan hisoblanadi. Ular odatda,
orqa ko’ks oralig’i sohasida joylashadi (15-rasm).
15-rasm. Ko’ks oralig’i o’smalari (KTdan kesma).
74
Nevrogen o’smalar simpatik nerv gangliylari va o’zaklari, adashgan va
qovurg’alararo nervlar, orqa miya pardalaridan kelib chiqadi. Gistologik
tuzilishi
jihatidan
bular
neyrofibroma,
neyromioma,
ganglionevroma,
paraganglioma, feoxromotsitomalardir. Orqa miya ildizlaridan chiqadigan
o’smalar qisman orqa miya kanali ichiga, qisman esa ko’ks oralig’iga “qum
soat” kabi shaklda bo’lib o’sadi. Shu munosabat bilan bemorlar orqadagi
og’riqqa shikoyat qiladilar, ularda orqa miyaning bosilish belgilari, parezlar va
falajliklar rivojlanadi.
Rentgenologik alomatlar: tuxumsimon yoki yumaloq shakldagi intensiv
gomogen soyaning aniq chegaralari bor, ko’ks oralig’ining orqa yuqori
bo’limlarida joylashadi, sun’iy pnevmotoraks qo’yilgandan keyin yaxshiroq
aniqlanadi. Davolash – xirurgik yo’l bilan o’sma olib tashlanadi.
Dostları ilə paylaş: |