Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Yuqori turuvchi organ tomonidan



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

235-modda. Yuqori turuvchi organ tomonidan 
shikoyatni koʻrib chiqish 
(1-q.)
Shikoyatni koʻrib chiqish davomida uni bergan shaxs oʻz dalillarini tasdiqlovchi 
qoʻshimcha hujjatlarni shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar taqdim etishga haqli. 
(2-q.)
Yuqori turuvchi soliq organi shikoyatni, uni bergan shaxsning dalillarini tasdiqlovchi 
hujjatlarni, shikoyat koʻrib chiqilishi davomida taqdim etilgan qoʻshimcha hujjatlarni, shuningdek 
quyi turuvchi soliq organi tomonidan taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqadi. 
(3-q.)
Shikoyatni koʻrib chiquvchi soliq organi oʻz tashabbusiga koʻra yoki murojaat 
qiluvchining iltimosiga koʻra shikoyatni eshitishni tashkil etishi mumkin. 
(4-q.)
Yuqori turuvchi soliq organi shikoyatni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha quyidagi 
qarorlardan birini qabul qiladi: 
shikoyatni qanoatlantirmasdan qoldiradi
soliq organining normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjatini bekor qiladi; 
soliq organining qarorini toʻliq yoki qisman bekor qiladi; 
soliq organining qarorini toʻliq bekor qiladi va ish yuzasidan yangi qaror qabul qiladi
soliq organlari mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) noqonuniy deb 
eʼtirof etadi va ishning mohiyati boʻyicha qaror chiqaradi. 
(5-q.)
Agar shikoyat bergan shaxs shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinishiga qadar ushbu 
shikoyatni koʻrib chiqish davomida taqdim etilgan qoʻshimcha hujjatlarni qarori ustidan shikoyat 
berilgan soliq organiga oʻz vaqtida taqdim etish mumkin boʻlmagan sabablar boʻyicha 
tushuntirishlarni taqdim etgan boʻlsa, bu qoʻshimcha hujjatlar yuqori turuvchi soliq organi 
tomonidan koʻrib chiqiladi. Mazkur qoida ushbu Kodeksning 159 yoki 166-moddalarida nazarda 
tutilgan tartibda qabul qilingan qarorlar ustidan shikoyat berilganda qoʻllaniladi. 
(6-q.)
Yuqori turuvchi soliq organi, agar shikoyatni koʻrib chiqish natijasida soliq tekshiruvi 
materiallarini koʻrib chiqish tartib-taomilining muhim shartlari buzilganligi aniqlangan boʻlsa, 
ushbu Kodeksning 159 yoki 166-moddalarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qarorni 
bekor qilishga haqlidir. 
(7-q.)
Yuqori turuvchi soliq organi qarorni bekor qilib, koʻrsatilgan materiallarni, shikoyat 
bergan shaxsning vajlarini tasdiqlovchi hujjatlarni, shikoyatni koʻrib chiqish davomida taqdim 
etilgan qoʻshimcha hujjatlarni va ushbu Kodeksning tegishincha 159 yoki 166-moddalarida 
nazarda tutilgan tartibda quyi turuvchi soliq organi tomonidan taqdim etilgan materiallarni koʻrib 
chiqadi hamda ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan qarorni qabul qiladi. 
(8-q.)
Ushbu Kodeksning 159-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qaror 
ustidan berilgan shikoyat boʻyicha qaror, soliq auditi natijalari boʻyicha soliqqa oid 
huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish va (yoki) qoʻshimcha hisoblangan 
soliqlarni toʻlash toʻgʻrisidagi qaror shikoyat olingan sanadan eʼtiboran bir oy ichida yuqori 
turuvchi soliq organi tomonidan qabul qilinadi. Bu muddat soliq organining rahbari (rahbar 
oʻrinbosari) tomonidan quyi turuvchi soliq organlaridan shikoyatni koʻrib chiqish uchun zarur 
boʻlgan hujjatlarni (axborotni) olish uchun yoki shikoyat bergan shaxs qoʻshimcha hujjatlarni 
taqdim etganda uzaytirilishi, biroq oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi 
mumkin. 
(9-q.)
Ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilmagan shikoyat boʻyicha qaror soliq 
organi tomonidan shikoyat olingan sanadan eʼtiboran oʻn besh kun ichida qabul qilinadi. Bu 


muddat soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan quyi turuvchi soliq organlaridan 
shikoyatni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni (axborotni) olish uchun yoki shikoyat 
bergan shaxs qoʻshimcha hujjatlar taqdim etganda uzaytirilishi, biroq oʻn besh kundan ortiq 
boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. 
(10-q.)
Soliq organi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) shikoyatni koʻrib chiqish 
muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarori shikoyat bergan shaxsga qaror qabul qilingan sanadan 
eʼtiboran uch kun ichida topshiriladi yoki yuboriladi. 
(11-q.)
Soliq organining shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarori shikoyat bergan 
shaxsga qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch kun ichida topshiriladi yoki yuboriladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin