Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

238-modda. Soliq solish obyekti 
(1-q.)
Quyidagilar soliq solish obyektidir: 
1) realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan tovarlarni (xizmatlarni) 
realizatsiya qilish boʻyicha aylanma; 
2) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish. 
(2-q.)
Faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi 
chet el yuridik shaxslari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani bunday 
doimiy muassasaning faoliyatidan kelib chiqqan holda belgilaydi. 
(3-q.)
Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi: 
1) yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan oʻz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan 
bogʻliq boʻlmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkni realizatsiya qilish; 
2) yuridik shaxs qayta tashkil etilayotganda uning mol-mulkini huquqiy vorisga (huquqiy 
vorislarga) oʻtkazish; 
3) ishonchli boshqaruvning muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli boshqaruvchiga 
berish va ishonchli boshqaruv shartnomasining amal qilish muddati tugagan taqdirda, ishonchli 
boshqaruvchining oʻzi ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulkni qaytarishi
4) milliy valyuta yoki chet el valyutasi muomalasi bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga 
oshirish (bundan numizmatika maqsadlari mustasno). 
32-BOB. TOVARLARNI (XIZMATLARNI) 
REALIZATSIYA QILISH BOʻYICHA AYLANMA. 
TOVARLARNI (XIZMATLARNI) REALIZATSIYA 
QILISH JOYI 


239-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya 
qilish boʻyicha aylanma 
240-modda. Tovarlarni realizatsiya qilish joyi 
241-modda. Xizmatlarni realizatsiya qilish joyi 
242-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya 
qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sana 
239-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) 
realizatsiya qilish boʻyicha aylanma 
(1-q.)
Tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma quyidagilardan iborat: 
1) tovarga boʻlgan mulk huquqini pullik asosda, shu jumladan tovarning qarz shartnomasi 
boʻyicha oʻtkazish; 
2) tovarni bepul berish, bundan shunday berish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hollar 
mustasno; 
3) mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berish; 
4) tovarni boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari asosida berish. 
(2-q.)
Tovarni realizatsiya qilishdan farq qiluvchi har qanday faoliyat, shu jumladan 
quyidagilar xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma deb eʼtirof etiladi: 
1) pullik asosda xizmatlar koʻrsatish; 
2) bepul xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan mol-mulkni soliq toʻlovchining bepul 
foydalanishi uchun berish, bundan shunday xizmatlarni koʻrsatish iqtisodiy jihatdan oʻzini 
oqlaydigan hollar mustasno. 
(3-q.)
Tovarlarni bepul berish yoki bepul xizmatlar koʻrsatish quyidagi shartlardan hech 
boʻlmaganda biriga rioya etilganda iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydi deb eʼtirof etiladi: 
1) daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarilgan 
boʻlsa; 
2) shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlash yoki rivojlantirish uchun zarur boʻlsa va 
xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliqligi asoslantirilgan boʻlsa; 
3) qonunchilikning qoidalaridan kelib chiqsa. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni 
tahriridagi band) 
(4-q.)
Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida quyidagilar ham tovarlarni (xizmatlarni) 
realizatsiya qilish boʻyicha aylanmadir:
1) yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida tovarlarni berish 
(xizmatlar koʻrsatish); 
2) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) ishtirokchilari 
oʻrtasida shunday shartnoma doirasida tovarlarni berish (xizmatlar koʻrsatish); 
3) quyidagilarga tovarlarni berish (xizmatlar koʻrsatish): 
a) yuridik shaxs ishtirokchilari tarkibidan ishtirokchi chiqqanda (chiqarilganda) yoki uning 
yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoxud ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda 
ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) yuridik shaxs tomonidan qaytarib sotib olinganda
ishtirokchiga; 
b) emitent boʻlgan yuridik shaxs tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan 
aksiyalarni qaytarib sotib olishda, aksiyadorga; 
v) yuridik shaxs tugatilganda, aksiyadorga yoki ishtirokchiga; 
4) xarajatlari ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq (bundan 20-bandda nazarda 
tutilgan xarajatlar mustasno) foyda soligʻini hisoblab chiqarishda chegirilmaydigan, soliq 


toʻlovchining oʻz ehtiyojlari uchun soliq toʻlovchi tomonidan ishlab chiqargan tovarlarni berish, 
oʻz kuchi bilan xizmatlar koʻrsatish; 
5) jismoniy shaxslarga mehnatga haq toʻlash yoki dividendlar toʻlash hisobiga tovarlarni 
berish (xizmatlar koʻrsatish); 
6) soliq toʻlovchi tomonidan oʻziga tegishli mol-mulkni (xizmatlarni), agar bunday mol-
mulk (xizmatlar) boʻyicha soliq summasi toʻliq yoki qisman hisobga oʻtkazilgan boʻlsa, boshqaruv 
organi aʼzolariga, xodimlarga, ularning oila aʼzolariga yoxud boshqa shaxslarga soliq 
toʻlovchining tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy maqsadlarda foydalanish 
uchun berish (xizmatlar koʻrsatish); 
7) tovarlarni va boshqa mol-mulkni qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish, agar 
tovarlar va (yoki) mol-mulk qayta ishlash mahsuli shaklida shartnomada belgilangan muddatda 
qaytarilmagan boʻlsa; 
8) erkin bojxona hududining bojxona tartib-taomiliga soliq toʻlamasdan joylashtirilgan 
tovarni yoʻqotish, boshqa holatlarda soliqni toʻlash zarur boʻlgan taqdirda
9) qaytarilishi lozim boʻlgan, koʻp marta muomalada boʻladigan idishlarning sotuvchi 
tomonidan berilishi, agar idish bunday idishdagi mahsulotni yetkazib berishga doir shartnomada 
belgilangan muddatda qaytarilmasa. 
(5-q.)
Tovarlarni (xizmatlarni) olish huquqini beruvchi vaucherlarni realizatsiya qilish yoki 
bepul berish mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma deb eʼtirof 
etiladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin