qismi 3-bandida belgilangan hollarda soliq bazasi tovarlarning (xizmatlarning) ushbu moddaning
birinchi qismiga muvofiq aniqlanadigan qiymatidan kelib chiqqan va soliqni hisobga olgan holda
aniqlanadi.
(9-q.)
Erkin bojxona hududining bojxona rejimiga soliq toʻlamasdan joylashtirilgan tovar
yoʻqotilganda soliq bazasi ushbu Kodeksning 254-moddasi birinchi qismiga muvofiq aniqlanadi.
(10-q.)
Tovarlarni (xizmatlarni) olishga boʻlgan huquqni beruvchi
vaucherni realizatsiya
qilish chogʻida vaucherning soliq hisobga olingan holdagi qiymati soliq bazasi boʻladi.
(11-q.)
Olib sotish uchun jismoniy shaxslardan olingan avtomobillar va uy-joy koʻchmas
mulk obyektlari realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq summasini oʻz ichiga oladigan,
realizatsiya qilish narxi va sotib olish qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
(12-q.)
Foyda soligʻini hisoblab chiqarishda ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq
xarajatlari chegirilmaydigan soliq toʻlovchining oʻz ehtiyojlari uchun oʻzi ishlab chiqargan
tovarlardan foydalanilganda (oʻz kuchi bilan xizmatlar koʻrsatilganda),
soliq bazasi ushbu
tovarlarning (xizmatlarning) bunday soliq toʻlovchi tomonidan oʻtgan 90 kun davomida
realizatsiya qilingan aynan shunday (ular mavjud boʻlmaganda shunga oʻxshash) tovarlarning
(xizmatlarning) oʻrtacha oʻlchangan narxidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan qiymati
sifatida, koʻrsatilgan davrda bunday realizatsiya mavjud boʻlmaganda esa aksizlar hisobga olingan
(aksizosti tovarlar uchun) va soliq qoʻshilmagan bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(13-q.)
Ushbu boʻlimga muvofiq realizatsiya qilishga doir aylanmalari soliq solinmaydigan
aylanmalar boʻlgan
chiptalar, abonementlar, yoʻllanmalar (joysiz davolanish uchun berilgan
hujjatlar) va xizmatlarni olish huquqini beruvchi boshqa hujjatlar realizatsiya qilingan taqdirda,
soliq bazasi soliq summasini oʻz ichiga oladigan, realizatsiya qilish narxi va ularni sotib olish narxi
oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
(14-q.)
Soliq bazasini aniqlashning boshqa shartlar va holatlarni hisobga oladigan oʻziga xos
xususiyatlari ushbu Kodeksning 249-256-moddalarida belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: