(3-q.)
Agar korxonani realizatsiya qilish narxi uning tarkibiga kiradigan jami mol-mulkning
balans qiymatidan yuqori boʻlsa, korxonani realizatsiya qilishning debitorlik qarzi summasiga va
qimmatli qogʻozlar qiymatiga kamaytirilgan narxining realizatsiya qilingan korxona tarkibiga
kiradigan mol-mulkning debitorlik qarzi summasiga va qimmatli qogʻozlarning
qiymatiga
kamaytirilgan balans qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadigan tuzatish koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
Ushbu qismga muvofiq tuzatish koeffitsiyentini hisob-kitob qilishda qimmatli qogʻozlarning
qiymati, agar u faqat bozor qiymati boʻyicha qayta baholangan boʻlsa, chiqarib tashlanadi.
(4-q.)
Mol-mulkning har bir turini realizatsiya qilish narxi uning balans qiymatining ushbu
moddaning ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadigan tuzatish
koeffitsiyentiga koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi.
(5-q.)
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan holatda,
debitorlik qarzining
summasiga doir tuzatish koeffitsiyenti qoʻllanilmaydi. Agar bunday holda qimmatli qogʻozlarning
qiymati qayta baholangan boʻlsa, mazkur koeffitsiyent ularning qiymatiga nisbatan ham
qoʻllanilmaydi.
(6-q.)
Korxona sotuvchisi tomonidan korxona sotilgan narxni koʻrsatgan holda jamlama
hisobvaraq-faktura tuziladi.
(7-q.)
Jamlama hisobvaraq-fakturada asosiy mablagʻlar, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarish
uchun moʻljallangan va ishlab chiqarish uchun moʻljallanmagan
mol-mulkning boshqa turlari,
debitorlik qarzining summalari, qimmatli qogʻozlarning qiymati hamda balans aktivlarining
boshqa pozitsiyalari mustaqil pozitsiyalarga ajratiladi. Jamlama
hisobvaraq-fakturaga
inventarizatsiya dalolatnomasi ilova qilinadi.
(8-q.)
Jamlama hisobvaraq-fakturada har bir mol-mulk turining narxi ushbu moddaning
beshinchi qismida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda balans
qiymatining tuzatish koeffitsiyentiga koʻpaytmasiga teng deb qabul qilinadi.
(9-q.)
Realizatsiya qilinishiga soliq solinadigan mol-mulkning har bir turi boʻyicha tegishli
ravishda soliq stavkasi va tegishli soliq summasi koʻrsatiladi.
Dostları ilə paylaş: