Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Moliyaviy ijara (lizing) shartnomalari boʻyicha



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

249-modda. Moliyaviy ijara (lizing) shartnomalari boʻyicha 
operatsiyalar amalga oshirilganda soliq bazasini 
aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Mol-mulk moliyaviy ijaraga (lizingga) berilgan taqdirda, ijaraga beruvchining 
(lizingga beruvchining) soliq bazasi barcha davriy ijara (lizing) toʻlovlari summasi (shu jumladan, 
qaytarib sotib olish summasi, agar shartnomada shunday summa nazarda tutilgan boʻlsa) sifatida, 
ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) foiz hisobidagi daromadi chegirib tashlangan va soliq 
hisobga olinmagan holda aniqlanadi. 
(2-q.)
Ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining 
shartlari bajarilmaganligi sababli moliyaviy ijara (lizing) obyekti qaytarilgan taqdirda, soliq bazasi 
ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan obyekt qaytarilgan sanada bunday obyekt uchun oʻzi 
toʻlamagan ijara (lizing) toʻlovlarining summasi miqdorida foiz hisobidagi xarajat chegirib 
tashlangan va soliq hisobga olinmagan holda aniqlanadi. 
(3-q.)
Ushbu Kodeksning 246-moddasiga muvofiq soliq solishdan ozod etilgan, olib kirilgan 
texnologik asbob-uskunalar moliyaviy ijaraga (lizingga) berilganda soliq bazasi mazkur asbob-


uskunalarni sotib olish narxi va realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqib 
aniqlanadi. 
250-modda. Vositachilik (topshiriq), transport 
ekspeditsiyasi shartnomalari boʻyicha operatsiyalar 
amalga oshirilganda soliq bazasini aniqlashning 
oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Komitentning (ishonch bildiruvchining) topshirigʻiga koʻra komitentga (ishonch 
bildiruvchiga) tegishli boʻlgan tovarlar realizatsiya qilingan taqdirda, vositachilik (topshiriq) 
shartnomasining shartlariga muvofiq boʻlgan shartlar asosida vositachi (ishonchli vakil) 
tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim boʻyicha komitent (ishonch bildiruvchi) bunday 
uchinchi shaxsga xizmatlar koʻrsatganda soliq bazasi quyidagicha aniqlanadi: 
1) vositachining (ishonchli vakilning) soliq bazasi - uning soliqni oʻz ichiga oladigan 
vositachilik haqi miqdorida; 
2) komitentning (ishonch bildiruvchining) soliq bazasi - komitentning (ishonch 
bildiruvchining) topshirigʻiga koʻra vositachi (ishonchli vakil) tomonidan realizatsiya qilingan 
tovarlarning qiymati, shuningdek soliqni kiritmagan holda vositachi (ishonchli vakil) tomonidan 
uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim boʻyicha komitent (ishonch bildiruvchi) bunday uchinchi 
shaxsga koʻrsatgan xizmatlarning qiymati miqdorida. 
(2-q.)
Soliq solishdan ozod etish soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) 
realizatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlgan vositachilik (topshiriq), transport ekspeditsiyasi 
shartnomalari asosida xizmatlar koʻrsatishga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
(3-q.)
Vositachilik (topshiriq) shartnomasi shartlariga muvofiq boʻlgan shartlar asosida 
komitent (ishonch bildiruvchi) uchun uning topshirigʻiga koʻra olingan tovarlar vositachi 
(ishonchli vakil) tomonidan komitentga (ishonch bildiruvchiga) berilgan taqdirda, uchinchi shaxs 
tomonidan vositachi (ishonchli vakil) bilan tuzilgan bitim boʻyicha bunday uchinchi shaxs 
komitent (ishonch bildiruvchi) uchun xizmatlar koʻrsatganda vositachining (ishonchli vakilning) 
soliq bazasi uning soliqni oʻz ichiga oladigan vositachilik haqi miqdorida aniqlanadi. 
(4-q.)
Transport ekspeditsiyasi shartnomasida belgilangan, transport ekspeditsiyasi 
shartnomasi boʻyicha mijoz boʻlgan taraf uchun tashuvchi va (yoki) boshqa yetkazib beruvchilar 
tomonidan xizmatlar koʻrsatilgan taqdirda, ekspeditorning soliq bazasi transport ekspeditsiyasi 
shartnomasida nazarda tutilgan, uning soliqni oʻz ichiga oladigan haqi miqdorida aniqlanadi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin