239-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya
qilish boʻyicha aylanma
240-modda. Tovarlarni realizatsiya qilish joyi
241-modda. Xizmatlarni realizatsiya qilish joyi
242-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya
qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sana
239-modda. Tovarlarni (xizmatlarni)
realizatsiya qilish boʻyicha aylanma
(1-q.)
Tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma quyidagilardan iborat:
1) tovarga boʻlgan mulk huquqini pullik asosda, shu jumladan tovarning qarz shartnomasi
boʻyicha oʻtkazish;
2) tovarni bepul berish, bundan shunday berish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hollar
mustasno;
3) mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berish;
4) tovarni boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari asosida berish.
(2-q.)
Tovarni realizatsiya qilishdan farq
qiluvchi har qanday faoliyat, shu jumladan
quyidagilar xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma deb eʼtirof etiladi:
1) pullik asosda xizmatlar koʻrsatish;
2) bepul xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan mol-mulkni soliq toʻlovchining bepul
foydalanishi uchun berish, bundan shunday xizmatlarni koʻrsatish iqtisodiy jihatdan oʻzini
oqlaydigan hollar mustasno.
(3-q.)
Tovarlarni bepul berish yoki bepul xizmatlar koʻrsatish
quyidagi shartlardan hech
boʻlmaganda biriga rioya etilganda iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydi deb eʼtirof etiladi:
1) daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarilgan
boʻlsa;
2) shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlash yoki rivojlantirish uchun zarur boʻlsa va
xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliqligi asoslantirilgan boʻlsa;
3) qonunchilikning qoidalaridan kelib chiqsa.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni
tahriridagi band)
(4-q.)
Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida quyidagilar ham tovarlarni (xizmatlarni)
realizatsiya qilish boʻyicha aylanmadir:
1) yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida tovarlarni berish
(xizmatlar koʻrsatish);
2) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) ishtirokchilari
oʻrtasida shunday shartnoma doirasida tovarlarni berish (xizmatlar koʻrsatish);
3) quyidagilarga tovarlarni berish (xizmatlar koʻrsatish):
a) yuridik shaxs ishtirokchilari tarkibidan ishtirokchi chiqqanda (chiqarilganda) yoki uning
yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoxud ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda
ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) yuridik shaxs tomonidan
qaytarib sotib olinganda,
ishtirokchiga;
b) emitent boʻlgan yuridik shaxs tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan
aksiyalarni qaytarib sotib olishda, aksiyadorga;
v)
yuridik shaxs tugatilganda, aksiyadorga yoki ishtirokchiga;
4) xarajatlari ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq (bundan 20-bandda nazarda
tutilgan xarajatlar mustasno) foyda soligʻini hisoblab chiqarishda chegirilmaydigan,
soliq
toʻlovchining oʻz ehtiyojlari uchun soliq toʻlovchi tomonidan ishlab chiqargan tovarlarni berish,
oʻz kuchi bilan xizmatlar koʻrsatish;
5) jismoniy shaxslarga mehnatga haq toʻlash yoki dividendlar toʻlash hisobiga tovarlarni
berish (xizmatlar koʻrsatish);
6) soliq toʻlovchi tomonidan oʻziga tegishli mol-mulkni (xizmatlarni), agar bunday mol-
mulk (xizmatlar) boʻyicha soliq summasi toʻliq yoki qisman hisobga oʻtkazilgan boʻlsa, boshqaruv
organi aʼzolariga, xodimlarga, ularning oila aʼzolariga yoxud
boshqa shaxslarga soliq
toʻlovchining tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy maqsadlarda foydalanish
uchun berish (xizmatlar koʻrsatish);
7) tovarlarni va boshqa mol-mulkni qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish, agar
tovarlar va (yoki) mol-mulk qayta ishlash mahsuli shaklida shartnomada belgilangan muddatda
qaytarilmagan boʻlsa;
8) erkin bojxona hududining bojxona tartib-taomiliga soliq toʻlamasdan joylashtirilgan
tovarni yoʻqotish, boshqa holatlarda soliqni toʻlash zarur boʻlgan
taqdirda;
9) qaytarilishi lozim boʻlgan, koʻp marta muomalada boʻladigan idishlarning sotuvchi
tomonidan berilishi, agar idish bunday idishdagi mahsulotni yetkazib berishga doir shartnomada
belgilangan muddatda qaytarilmasa.
(5-q.)
Tovarlarni (xizmatlarni) olish huquqini beruvchi vaucherlarni realizatsiya qilish yoki
bepul berish mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma deb eʼtirof
etiladi.
Dostları ilə paylaş: