253
Korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larining
mavjudligi va xarakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish 5110 “Hisob-
kitob schyoti”da amalga oshiriladi.
5110 “Hisob-kitob schyoti”ning debeti bo’yicha
korxonaning hisob-kitob
schyotiga pul mablag’larining kelib tushishi aks ettiriladi. 5110 “Hisob-kitob
schyoti”ning kreditida korxonaning hisob-kitob schyotidan pul mablag’larining
hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank ko’chirmasini tekshirish natijasida
korxonaning hisob-kitob schyoti debeti yoki kreditiga
xatolik bilan olib borilgan
summalar 4860 “Dahvolar bo’yicha olinadigan schetlar” yoki 6960 “Da’volar
bo’yicha to’lanadigan schetlar” bilan bog’langan xolda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida hisob-kitob schyoti bo’yicha operatsiyalar bank
ko’chirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob xujjatlari asosida aks
ettiriladi.
Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar (5100)
bo’yicha analitik hisob milliy valyutadagi pul mablag’larini
saqlash uchun
banklarda ochilgan xar bir schyot bo’yicha yuritiladi.
Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar
(5100)ning boјlanishi
Dostları ilə paylaş: