Esda tuting
Buxgalteriya hisobi schyotlarini chuqurroq o’rganish va ulardan amaliyotda to’liqroq
foydalanishga erishish uchun, ularning quyidagi ikki xususiyatiga ko’ra turkumlarga ajratish
mumkin.
1.
Schyotlarning tayinlanishi va tuzilishiga qarab.
2.
Schyotlarning iqtisodiy mazmuniga qarab.
65
bo’linishi va bu schyotlarda nimalar hisobga olinishi yotadi. Agar
buxgalteriya hisobida qo’llanilayotgan schyotlar iqtisodiy mazmuniga qarab
guruhlashtirilsa, ular ikki guruhga, yaoni xo’jalik mablag’’lari va xo’jalik
jarayonlarini hisobga oluvchi schyotlar hamda xo’jalik mablag’’larini tashkil
topish manbaalarini hisobga oluvchi schyotlarga bo’linadi. Birinchi
guruhdagi buxgalteriya schyotlari o’z navbatida ikki guruhga bo’linadi.
1. Xo’jalik mablag’’larini hisobga oluvchi schyotlar.
2. Xo’jalik jarayonini hisobga oluvchi schyotlar.
Xo’jalik mablag’’larini hisobga oluvchi schyotlardan xo’jalik
mablag’’larining xolati va xarakatini aks ettirish va ular ustidan nazorat olib
borish uchun foydalaniladi. Bu schyotlarda korxonalarning ishlab chiqarish
faoliyati, ishlab chiqarishda bo’ladigan isteomol, xo’jalik faoliyati natijasida
olingan foyda summasining taqsimoti xo’jalik faoliyatidagi muomala
munosabatlari va ishlab chiqarishga tegishli bo’lmagan isteomollar hisobga
olinadi. Firmalar va boshqa xo’jalik suboektlarining xo’jalik faoliyatidagi
buxgalteriya hisobining oboektlari bo’lib, asosiy vositalar, ishlab chiqarish
zaxiralari va ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. Mazkur oboektlarning
holati xarakati bilan bog’liq o’zgarishlar to’g’risida maolumotlarni etarlicha
olish imkoniyati tug’iladi.
SHunday muhim maolumotlar cchyotlar ro’yxatining “Asosiy vositalar
va boshqa Uzoq muddatli qo’yilmalar”, “Ishlab chiqarish zaxiralari va ishlab
chiqarishga qilingan xarajatlar” deb nomlangan bo’limlarga kirgan uch guruh
schyotlari yordamida olinadi.
Xo’jalik faoliyati natijasida olingan foyda summasining taqsimoti
tegishli umumlashtiruvchi ko’rsatkich bilan ta’minotlash uchun “Moliyaviy
natijalar va foydaning ishlatilishi” deb nomlangan alohida bir guruh
schyotlari ajratilgan. Bu schyotlar yordamida hisobot yili davomida
korxonaning olgan foydasi hisobidan to’lovlar, dargumon qarzlar bo’yicha
zaxiralar, kelgusi davr daromadlari va boshqa to’lovlar to’g’risidagi
umumlashtiruvchi maolumotlar olinadi.
Korxonaning tayyor mahsuloti sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar
va boshqalar “Tayyor mahsulotlar va sotish” deb atalgan maxsus schyotlar
guruhi yordamida hisobga olinadi.
Korxonaning mavjud pul mablag’’lari va ularning xarakati, qisqa
muddatli moliyaviy qo’yilmalar, yo’ldagi pullar va boshqalar haqida
umumlashtiruvchi maolumotlar “Pul mablag’’lari” degan schyotlar guruhi
yordamida hisobga olinadi.
Xo’jalik mablag’’larini tashkil topish manbaalarini hisobga oluvchi
schyotlarda xo’jalik suboektlari mablag’’larining manbaalari, ularning
oborotiga jalb qilingan mablag’’larning manbaalari va xo’jalik
suboektlarining faoliyatidagi moliyaviy natijalar aks ettiriladi.
Xo’jalik suboektlari o’z mablag’’larining manbaalari bo’lib, xar xil
kapital va zaxiralar hisoblanadi. Bu schyotlar guruhi yordamida mavjud
kapital va zahiralar hamda ularning o’zgarishi, shuningdek ulardan
foydalanishga doir ko’pgina umumlashtiruvchi maolumotlar olinadi.
66
Firmalar va boshqa suboektlar oborotiga jalb qilingan mablag’’larning
manbaalarini aks ettirish uchun mo’ljallagan schyotlar buxgalteriya schyotlar
ro’yxatida alohida guruhlarga ajratilgan, bu schyotlar yordamida banklarning
qisqa muddatli kreditlari va uzoq muddatli kreditlari, mol etkazib beruvchi va
pudratchilar hamda xar xil kreditorlar bilan hisob - kitoblar, qisqa muddatga
olingan qarzlar va boshqalar to’g’risidagi maolumotlar umumlashtiriladi. Bu
schyotlar “hisob -kitoblar” va “kreditlar” va mablag’’ bilan ta’minotlash”
degan bo’limlarda guruhlashtirilgan.
Bundan ko’rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi schyotlarining iqtisodiy
mazmuniga qarab turkumlarga ajratganda schyotlarda hisobga olinadigan
ob’ektlar iqtisodiy mazmunining birligi asos qilinadi deb aytish mumkin.
Shuning uchun ham iqtisodiy mazmuniga qarab bir guruhda keltirilgan
schyotlarning tayinlanishi va tuzilishi xar xil bo’lishi mumkin.
Buxgalteriya hisobi schyotlari o’zlarining tayinlanishi va tuzilishiga
ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
1. Asosiy schyotlar.
2. Tartibga soluvchi schyotlar.
3. Taqsimlovchi schyotlar.
4. Kal’qo’lyatsiya schyotlari.
5. Taqqoslovchi schyotlar.
6. Balansdan tashqari schyotlar.
Asosiy schyotlar. Xo’jalik sub’ektlari xo’jalik faoliyatini olib borish
uchun maolum miqdorda xo’jalik mablag’’lariga ega bo’lishi kerak.
SHuning uchun buxgalteriya hisobi xo’jalik faoliyati ustidan nazorat qilish
maqsadida xujjatlar yordamida korxona qanday mablag’’larga ega va ular
qanday manbaalardan tashkil topganligi hamda hisob - kitob munosabatlari
haqidagi maolumotlar bilan ta’minotlanishi kerak. Bunday maolumotlarni
asosiy schyotlar yordamida olish mumkin. Asosiy schyotlar o’z navbatida
korxonaning mehnat vositalari, aylanma mablag’’lar va muomala
munosabatlarini hisobga olish schyotariga bo’linadi. Bu schyotlarning
debetida xo’jalik mablag’’larining kelishi aks ettirilsa, kreditida esa xo’jalik
mablag’’larining ketishi, agar muomala munosabatlari xususida bo’lsa,
schyotlarning kreditida korxona haqining kamayishi, debetida esa korxona
haqining ko’payishi aks ettiriladi. Mehnat vositalarining hisobi “asosiy
vositalar” deb nomlangan sintetik schyotda olib boriladi. Aylanma
mablag’’larni hisobga olish uchun “ Materiallar”, “Kam baholi va tez ishdan
chiqadigan buyumlar”, “Tayyor mahsulotlar”, “Kassa”, “Hisob-kitob
schyoti” va boshqa sintetik schyotlar xizmat qiladi.
Bu guruhga xo’jalik suboektlar mablag’’larining tashkil topish
manbaalari, xolati va xarakatini hisobga oladigan schyotlar ham kiradi. Bu
schyotlar asosiy passiv schyotlar bo’lib, ular o’z navbatida suboektlar o’z
mablag’’larining manbaalari va jalb qilingan yoki qarzga olingan
mablag’’larning manbaalarini hisobga olish uchun xizmat qiladigan
schyotlar guruhiga bo’linadi. Xo’jalik suboektlari o’z mablag’’larining
manbaalarini hisobga oladigan schyotlar guruhiga “Ustav kapitali”, “Zaxira
67
kapitali”, “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)”, “Kelgusida
qilinadigan xarajat va tulovlar zaxirasi”, “Dargumon qarzlar bo’yicha
zaxiralar” kabi sintetik schyotlar kiradi.
Xo’jalik faoliyatiga jalb etilgan yoki qarzga olingan mablag’’lar
manbaalarini hisobga oladigan schyotlar guruhiga “Mol etkazib beruvchi va
pudratchilar bilan hisob - kitoblar”, “ Banklarning qisqa muddatli kreditlari”,
“Banklarning o’zoq muddatli kreditlari”, “Qisqa muddatli qarzlar”, “Uzoq
muddatli qarzlar” va boshqa sintetik schyotlar kiradi.
Bu schyotlar guruhining tayinlanishi va tuzilishi tushunarli bo’lishi
uchun misol tariqasida “Ustav kapitali” schyotining nimaga xizmat qilishi va
tuzilish bilan batafsil tanishib chiqamiz. Ustav kapitali qonun va taosis
xujjatlari asosida tashkil qilinadi. Ustav kapitalining hajmi korxonaning
taosis etish xujjatlarida ko’rsatilgan bo’ladi.
Muomala munosabatlarining hisobi “Bo’naklar bo’yicha hisob -
kitoblar”, “Xaridor va byurtmachilar bilan hisob - kitoblar”, “Hisobdor
shaxslar bilan hisob - kitoblar” va boshqa sintetik schyotlarda olib boriladi.
Xo’jalik suboektlaridan barcha muhim maolumotlarni buxgalteriya
schetlaridan olinadi.Balans hamda hisobotlar ham shu schetlarning
maolumotlari asosida tuziladi.SHuning uchun ham bunday maolumotlarni
olish maqsadida bir qator schetlarni tanlab olish zarurki, natijada xo’jalik
faoliyati to’g’risidagi maolumotlarni olish imkoniyati bo’lsin.
SHu maqsadda va buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil etish uchun
schetlar rejasi tuziladi.
Buxgalteriya hisobining schetlar rejasi deb, xo’jalik suboektlari
buxgalteriya hisobi tizimini tashkil etish uchun bir tizimga solingan schyotlar
ketma-ketligiga aytiladi.
Xozirgi kunda Respublikamiz xo’jalik suboektlarini yangi
schyotlar rejasiga o’tkazish uchun tayyorgarlik ishlari va chora tadbirlar olib
borilmoqda. O’zbekiston Respublikasida ishlatishga tavsiya etilayotgan
korxona moliyaviy xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi
korxona faoliyatining hisobini amalga oshiradigan, standardlashtirilgan
schyotlar rejasidir. Bu schyotlar rejasi mamlakatning oldingi schyotlar
rejasidan shakli, tarkibi, shuningdek schyotlarning sanalanishi va joylashish
tartibi bo’yicha farq qiladi.
Tavsiya etilayotgan schyotlar rejasi besh qism va uning tarkibida
bo’lgan to’qqiz bo’limdan iborat bo’lib, ularning 1-8 bo’limlari-balans
sxemasiga, 9 bo’limi-moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot sxemasiga mos
ravishda joylashtirilgan. Schyotlar va subschyotlar korxonaning extiyojlariga
mos
ravishda
yangi
schyotlar
bilan
to’ldirishda
egiluvchanlikni
taminlaydigan,
to’rt
xonali
sanalanishga
ega
(schyotlar
rejasi
klassifikatsiyasiga qarang).
YAngi schetlar rejasini kuyidagi kurinishda yakkol tasavvur kilish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |