113
MAVZU-28 BUXGALTERIYA HISOBI SHAKLLARI.
(Ma’ruza 2 soat).
REJA:
1.
Hisob shakllari xaqida tushuncha.
2.
Buxgalteriya hisobi shakllarining turlari.
3.
Hisob shakllarining rivojlanish bosqichlari.
Tayanch
iboralar
:
Shakl,
memorial-order
shakli,
jurnal-order
shakli,
avtomatlashtirilgan shakl, registrlar,
Tarixiy rivojlanish jarayonida buxgalteriya hisobi asta - sekin o’zgarib va
rivojlanib borgan. Jamiyat rivojlanishining xar
bir yangi bosqichida hisob
registrlarining yangi turlari yuzaga kelgan va ularga qilinadigan yozuvlarning
turlicha navbatlanishi hamda usullaridan foydalanilgan. Texnika vositalaridan u yoki
bu usullardan foydalanish mazkur sharoitda yuzaga kelgan hisobdagi ro’yxatga olish
tartibining xususiyatlarini aks ettiruvchi buxgalteriya hisobining turli shakllarining
paydo bo’lishiga olib keddi.
Shundan
kelib chiqib, buxgalteriya hisobining shakli deganda hisob regi-
strlarining har xil shakllari, hisob ma’lumotlarini
ishlash texnikasi va hisob
yozuvlarini amalga oshirish usullarini birgalikda olib borish tartibini tushunish
lozim, Registrlarning tashqi ko’rinishi, ularning tarkibiy tuzilishi, sintetik va taxliliy
registrlarning o’zaro bog’lanishi, dastlabki hisob axborotini olishda va ishlashda,
uning hisob registrlariga szishda qo’llaniladigan texnika
- mana shularning barchasi
buxgalteriya hisobining ayrim shakllarining xususiyatlarini beltilab beradi.
Buxgalteriya hisobining paydo bo’lishidan boshlab o’tgan davr ichida uning
shakllarida juda muhim o’zgarishlar sodir bo’lgan. Dastlabki rivojlanish bosqichida
hisob korxonaning o’z egasi tomonidan mulklarning but saqlanishini ta’minlash,
olingan daromadning miqdorini kuzatish va nazorat qilish maqsadida yuritilgan.
Faqat ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan «hisob - kitob kiritish» - «beistisno
topshiriladigan alohida agentlarning mustaqil funktsiyasiga» ajratiladi. SHu davrda
buxgalteriya hisobining XV asrdagi adabiyotida birinchi marta yozilgan boshlang’ich
shakllari yuzaga keladi.
O’sha vaqtda registrlar
daftarlardan iborat edi, muomilalar mulkdorning
tilidan yoki uning esdalik daftari bilan xronologik registr Jurnal-ga yozshvdb, so’ngra
sintetik registr bosh daftarga tarqatilar edi. Unda schyotlar uzoq muddatlar alohtsda
yakka tartibda yuritilar, ya’ni ular hisobning har bir obhekti uchun alohida schyotlar
(masalan,
Un schyoti, savdogar Aliev-ning schyoti va shu kabilar) ochilar edi.
Muayyan bir bosqichda umumlashtirilgan ko’rsatkichlarga ehtiyoj tug’ildi. O’shanda
Bosh daftar sintetik hisob registriga aylandi va u bilan bir qatorda aloxida erdamchi
daftarlarda tahliliy hisob yuritila boshladi. Faoliyat zhajmining o’sishi va jurnaldagi
yozuvlarning ko’payib borish munosabati bilan, uni bir necha xronologik registrga -
kassa jurnali, memorial va boshqalarga bo’lingan holda ishlatadi-gan bo’ldilar. Bosh
daftar kundalik yozuvdan unga bir oylik yakuniy ezuvlar qilishga o’ta boshladilar.
Bir oylik yozuvlarni tayyorlash uchun yig’ma jurnal kiritilgan bo’lib, unga yozuvlar
114
kundalik jurnallardan tanlab olish yo’li bilan amalga oshirilar edi. Asta-sekin hujjatlar
yozuvlarni asoslovchi sifatida qo’llanila boshlandi.
Daftarlardan foydalanishga asoslangan buxgalteriya hisobining shakllari
shunday yo’l bilan rivojlangan edi. Ulardan birinchisi
dastlab Italiya olimi Luka
Pacholi tomonidan 1494 yilda Venetsiyada chop etilgan «Schyotlar va yozuvlar
to’g’risidagi traktat» kitobida yoritilgan edi.
XX asrning boshida, yig’ik ishlab chiharishning
rmvojlanishi sharoitida
hisobga bo’lgan talab ancha oshdi. Daftarlar o’rniga registrlarning yangi shakllari -
kartochkalar, bo’sh varaqlardan foydalanish o’rtaga tashlanib, ular hisob mehnatini
engillashtirib, ilgari mehnatni juda ko’p talab qiladigan ishlarni soddalashtirish qayta -
qayta ko’chirish ishlarini bartaraf qilish imkoniyatlarini va pirovardida hisobda
mashinali texnikadan foydalanish sharoitlarini yaratib berdi.
Tijorat hisob - kitobining rivojlanishi va chuqurlashishi
sharoitida hisobning
mazmuni, maqsadlari va vazifalari tubdan o’zgardi. 20 - yillardayoq hisob
texnikasining qoloqligi ayon bo’lgan edi. Hisob xodimlari hisobning yangi, rivojlangan
tuzilishiniig pullarini izlasha boxoladilar.
Markazlashtirilgan boshqaruv sharoitida yaratilgan hisobning shakllaridan eng
birinchisi 1925 -1927 yillarda keng tarqalgan
Dostları ilə paylaş: