108
Buxgalteriya hisobi registrlariga xo’jalik operatsiyalarini yozish, korxonalar
xo’jalik-moliyaviy faoliyatining u yoki bu tomonini aks ettiruvchi boshlang’ich
xujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Buxgalteriyada qo’llaniladigan hisob registrlarining tuzilishi, ularning o’zaro
bog’liqligi xo’jalik operatsiyalarni ularda ketma-ket yozish usullari hamda hisobda
qo’llaniladigan texnik vositalar buxgalteriya hisobining shaklini belgilaydi. Bunda
korxona,
tashkilot, muassasa buxgalteriya hisobida sodir bo’lgan har xil
operatsiyalarni o’z vaqtida, to’g’ri, izchillik bilan hisob registrlarining aniq bir
tizimida jamlanishini ta’minotlaydi.
Buxgalteriya hisob shakllari buxgalteriya hisobini yuritish texnikasi va uni
tashkil qilish borgan sari rivojlanib, o’zgarib kelmoqda. Buxgalteriya hisobining
qator shakllari mavjud. Ular quyidagi asosiy printsiplarga ko’ra bir biridan farq
qiladi.
1. Registrlarning soni, vazifalari va tashqi ko’rinishiga ko’ra.
2. Registrlarda xronologik va sistematik yozuvlar, sintetik va
anali
tik hisobni qo’shib olib borish tartibiga ko’ra.
3. Registrlarga yozuvlarni yozish tartibi va texnikasiga ko’ra.
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli uzoq vaqt hisobda asosiy
o’rinni egallab kelgan. Hisobning bu shakli xar tomonlama tekshirilgan dastlabki
xujjat asosida yoziladi.
Keyinchalik memorial-orderlarning raqamlari va summalari operatsiyalarni
ro’yxat qilish jurnaliga (xronologik registr tartibi bilan) yozib boriladi.
Ro’yxatga olish jurnali memorial-orderlarning saqlanishi ustida va tartib
bilan hamda raqamlanishini nazorat qilib turish uchun shuningdek, oy davomida
bajarilgan barcha xo’jalik opratsiyalarining umumiy summasini aniqlash uchun
xizmat qiladi.
Undan tashqari, har oyning oxirida jurnaldagi xo’jalik
operatsiyalarining jami summasi sintetik schyotlar bo’yicha oy oxiriga tuzilgan
oborot vedomostlarining umumiy summasi bilan solishtiriladi. Bu usulda sintetik
schyot bo’yicha muntazam registrlarda aks ettirilgan xo’jalik operatsiyalarining
to’plamini tekshirish xamda ikki yoqlama yozish qoidasiga qatoiyan rioya
qilinganligini tekshirish mumkin.
Ro’yxatga olingan memorial-orderdan sintetik schyotlar bo’yicha muntazam
registr bosh daftarga operatsiyalarni yozish uchun foydalaniladi.
Unda har bir sintetik schyot uchun alohida varaq ajratiladi.
Memorial-order shakli qo’llaniladigan korxona, tashkilot va muassasalarda
analitik hisob registrlari sifatida kartochkalar yuritiladi. Memorial-orderga ilova
qilinadigan kartochkalardagi yozuvlar boshlang’ich va yig’ma
xujjatlarga
asoslangan bo’ladi. Hisobot oyining oxirida analitik schyot registrlari bo’yicha
jami summa yigiladi va shunga muvofiq oborot yoki qoldiq vedomosti tuziladi.
Ulardagi maolumotlar sintetik schyotlar jami summasi bilan solishtiriladi va
shunday qilib yo’l qo’yilgan xatoliklarni aniqlash yoki uning oldini olish
imkoniyati yaratiladi.
Buxgalteriya hisobining jurnal order shakli yuqorida ko’rib o’tilgan hisob
shakllarida mavjud kamchiliklarni yo’qotish va hisob shakllarini takomillashtirish
109
natijasida vujudga kelgan. Uning xususiyatlaridan biri shundaki, bunday yozuvlar
hisobot olish davomida jamlash va guruhlash vedomostlarida, shu jurnalda
guruhlanib beriladi. Jurnal orderidan tashqari erdamchi vedomostlar ham yuritiladi.
SHaklning xususiyatlaridan yana biri hisob registrlarining
buxgalteriya
hisoboti tuzishga moslanganligidadir, yaoni unda ”memorial- order”, ”bosh jurnal”
shakllariga qaraganda xujjatlarning aylanishi tezlashadi, sintetik va analitik
hisoblar qo’shilib ketadi, hisobotning qo’shimcha ishlarini bajarmasdan,
to’g’ridan-to’g’ri hisob registrlaridan tuzish mumkin bo’ladi va xakozo.
SHaklning
kamchiligi
hisoblash
mashinalaridan
foydalanish
chegaralanganligidadir.
Korxonalarda hisob ishlarini yuritish va xo’jalik operatsiyalarini hisobga
olishni tashkil qilishning turli shakllaridan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobining shakli deb hisob yozuvlarining maolum texnika
vositasidan foydalanib tashkil qilishga aytiladi. Bunda korxona buxgalteriya
hisobida sodir bo’lgan har xil xo’jalik operatsiyalari o’z vaqtida to’g’ri,
izchillik
bilan hisob registrlarining aniq bir tizimda jamlanishi ta’minotlanadi.
Buxgalteriya hisobining shakllari quyidagi asosiy printsiplariga ko’ra bir-
biridan farq qiladi.
a) sintetik hisob registrlarining tuzilmasi;
b) sintetik va analitik hisob registrlari, xronologik va muntazam registrlarning
o’zaro aloqasi;
v) buxgalteriya hisobi registrlarining tashqi ko’rinishi;
g) buxgalteriya hisobi registrlariga yozuvlarni izchillik bilan yozish tartibi va
texnikasi.
Tajribada buxgalteriya hisobining juda ko’p xil shakllarini sanab chiqish
mumkin.Bularni ko’pchiligi bir-biriga mos keladi, chunki ko’plari avval qo’llanib
kelaetgan shakllarning airim elementlarini takomillashtirish hisobiga vujudga
kelgan.
Buxgalteriya hisobi tarixan shuni ko’rsatib turibdiki,
keyingi yillarda
buxgalteriya hisobi shakllarining ko’p turliligi tipozitsiyalash tirish va
unifikatsiyalashtirish kabi ilg’or yo’nalishlarga amal qilgan holda birmuncha
qisqartirilgan.
Buxgalteriya hisobining ilg’or shaklini qo’llash masalasi juda muhim va
qiyin masaladir.Bu masalaning dolzarbligi xozirgi vaqtda hisob-kitob ishlarida
personal hisoblash texnikasini intensiv qo’llash natijasida ortib bormoqda.
Xozirgi kunda buxgalteriya hisobining ilg’or shakllaridan hisobni tashkil
qilishda keng qo’llanilayotgan ayrim turlarini ko’rib chiqishdan oldin buxgalteriya
Dostları ilə paylaş: