Biotexnologiya asoslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   139
Biotexnologiya asoslari

Uchinchi yo’nalish
 – ajratib olingan to’qimalarni ko’paytirish va ekuv materiallarini viruslar 
va boshqa patogenlardan sog’lomlashtirish maqsadida ishlatish. Bu usul, o’simliklarni 
klonal mikroko’paytirish deyiladi va bitta medistemadan yiliga yuz minglab o’simlik 
olish imkonini beradi

Hujayra va to’qimalar kulturalarini ishlatishdagi natijalar birinchi navbatda hujayralarni 
bo’linishi, ularni tabaqalanishi va ulardan o’simlik o’sib chiqishini belgilovchi, fiziologik 
jarayonlarni optimizasiyasiga bog’liq. Eng murakkab tomon bu alohida hujayradan o’simlik 
regenerasiya qilish. Birinchi navbatda bu boshoqli o’simliklarga tegishli. SHuning uchun ham in 
vitro sharoitda morfogenez regenerasiya va ularni asosida yotgan jarayonlarni mexanizmlarini 
aniqlash, eng muhim ahamiyatga egadir. 
O’simliklardan ajratib olingan to’qimlarni o’stirishga xarakat ancha uzoqlardan ma’lum. Bu 
metodni rivojlanish tarixini bir necha bosqichlarga bo’lib o’rganish mumkin: 


¾
I-bosqich (1892 – 1902 yillar) – 
Xaberlandt, Fexting, Rextiger kabi nemis olimlarini 
nomlari bilan bog’liq. Ular saxaroza eritmasida xar xil o’simliklar to’qimalarini o’stirishga 
urinib ko’rishgan, ammo o’simliklarni o’sishi kuzatilmagan. Faqatgina qoqi o’tini va tol 
daraxtini poyalarini sigmentlari uchun birlamchi kallus olingan va kallusgenezga aylanishi 
mumkin bo’lgan segmentin eng kichik razmeri aniqlangan. Eksperimental 
muvaffaqiyatlarga etaolmasdan bu olimlar qator g’oya va gipotezalar yaratganlar. Bu 
g’oya va gipotezalar ancha kechiroq o’z tasdiqini topgan. Masalan, Xarerlandt xar qanday 
tirik o’simlik hujayrasini totipotentligi ya’ni hujayralarni ma’lum sharoitda o’stirilganda 
o’zini rivojlanish potensialini namoyon qilishi va butun o’simlik hosil bo’lishiga boshlashi 
haqida gipoteza e’lon qilgan edi. 
¾

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin