Birinchi yo’nalish ajratib olingan o’simlik hujayrasini tibbyot, veterinariya, kosmetika va boshqa sohalar uchun zarur bo’lgan ikkilamchi metabolitlar : alkoloidlar, steroidlar, glyukozidlar, gormonlar, efir moylari va boshqa biologik faol moddalar sintez qilish imkoniyati bilan bog’liq. Ma’lumki, ikkilamchi metabolitlar qattiq (agarli) yoki suyuq ozuqa muhitida o’stirilgan kallus to’qimalardan olinadi. Hujayra texnologiyasi asosida diosgenin – dioskore hujayrasidan; aymolin – ilon rasvolfi hujayrasidan; umumiy kuch beruvchi moddalar – jenshen hujayrasidan; va x.k. ajratib olinadi va tibbiyot hamda parfyumeriyada ishlatiladi. SHuni e’tiborga olish kerakki, o’stiriladigan hujayralarni hosildorligi, butun o’simlikni hosildorligidan ancha baland. Bunday usul bilan ikkilamchi metabolitlar ajratib olishni yana bir ustunlik tomoni shundaki, muayyan sharoitda o’simlikni o’zini o’stirish imkoniyati bo’lmagan sharoitda (sovuq yoki issiq iqlimli mintaqalarda), ularni hujayralarini butun yil maboyinida o’strish mumkin. Ikkinchi yo’nalish – ajaratib olingan hujayralarni, o’simliklar seleksiyasida ishlatish va shu orqali tez rivojlanuvchi, har xil tashqi muhit ta’siriga chidamli (issiqqa, sovuqqa, sho’rlanishga, og’ir metallarga, qurg’oqchilikka, kasallikka va x.k.) o’simliklar yaratish. SHuning bilan birga bu yo’nalish, ajratilgan protoplastlarni qo’shilishi orqali yangi o’simliklar yaratish hamda nojinsiy (somotik) gibridlar olishni ham o’z ichiga oladi. Ajratib olingan protoplastlarga gen muxandisligi metodlari yordamida begona genlarni kiritlishi, keyinchalik yangi, meros qoladigan xossalarga ega bo’lgan o’simlik yaratishga ham olib keladi. Ajratib olingan changdon va urug’ kurtakni sun’iy ozuqa muhitida o’stirish, gaploidlar, olish imkonini bersa, murtaklarni o’stirish – o’saolmaydigan (endospermasi yomon rivojlangan) o’simliklardan gibrid urug’laretishtirish imkonini beradi.