ajratish yoki fraksiyalar holida cho’ktirib olish mumkin.
Ferment preparatlarini cho’ktirish uchun nafaqat erituvchining tabiati va miqdori, balki
elektrolitlarning ishtiroki, cho’ktirish harorati, muhit rN ko’rsatkichi,
quruq moddalarning tarkibi
va miqdori kabi bir qancha omillarga e’tibor berish kerak.
CHo’ktirish eritmasida ba’zi ionlarning uchrashi ferment mo’’tadilligiga ta’sir qilishi mumkin.
Masalan, Ca
2q
ionlari
α
-amilaza, proteinaza, glyukoamilaza fermentlari faolligiga ijobiy ta’sir qilsa,
magniy, marganes, kobalt kabi metal ionlari himoya vazifasini bajaradi.
SHular bilan birgalikda ba’zi metallarning (Fe
2q
, Pb
2q
, Cu
2q
, Ag
2q
, Ni
2q
, Al
3q
, Hg
q
va x.k.)
ionlari salbiy ta’sir ko’rsatadi va ularning eritmada bo’lishi maqsadga muvofiq emasdir. Eritmada
elektrolitlarning bo’lishi erituvchi sarfini kamaytirishga va cho’kma strukturasini yaxshilashga
xizmat qiladi.
Ferment eritmasi va erituvchining harorati ferment cho’ktirish jarayonida past bo’lishiga
harakat qilish kerak. Spirt va fermentning suvli eritmasi aralashtirilganda
issiqlik ajralib chiqadi va
aralashma harorati 5-10
0
S ga ko’tariladi. Agarda spirt oldindan sovutilgan bo’lmasa fermentlarning
inaktivasiyasini kuzatish mumkin. Bu hodisa nafaqat termoinaktivasiyaga, hattoki ferment
molekulasini denaturasiyagacha olib keladi.
Ferment preparatlarini cho’ktirishda rN ko’rsatkichi juda katta ahamiyatga ega. Bir xil ferment
eritmasidan har xil rN ko’rsatkichi ta’sirida bir-biridan cho’kmasi miqdori
va ferment faolligi bilan
farq qiluvchi preparatlar olish mumkin. Ma’lumki fermentlar o’zlarining izoelektrik nuqtalarida
oqsil agregatlari hosil qilib to’liq cho’kmaga tushadilar. Oqsillarni izoelektrik nuqtalarida
cho’ktiruvchi reagentlar ishlatmay cho’ktirish jarayoni izoelektirik cho’ktirish deyiladi.
Organik cho’ktiruvchilarni izoelektrik nuqta rN iga yaqin rN da qo’llash fermentlarni oson
cho’ktirish va erituvchini kam mikdorda sarflash uchun xizmat qiladi. rN ko’rsatkichi ieoelektrik
nuqtadan
chetga chiqsa, cho’kma unumi va ferment faolligi 30-50% gacha yo’qotiladi.
Faol fermentni preparat yoki mo’tadil strukturali cho’kma holida olish uchun eritmada 10-12%
atrofida quruq modda miqdori bo’lishi kerak. Ko’p tadqiqotlardan ma’lumki, fermentlarni
cho’ktirishda, ayniqsa proteolitik fermentlarni, quruq moddaning eng mo’tadil miqdori 10% bo’lishi
kerak.
YUqorida qayd qilingan omillar qatorida ferment eritmalarini erituvchi bilan aloqada bo’lish
muddati ham katta ahamiyatga ega. Ferment sanoatida to’xtovsiz ishlaydigan cho’ktiruvchilarda
ushbu vaqtni juda ham qisqartirishga erishilgandir, bu albatta ferment faolligini kamayishini oldini
oladi.
Organik erituvchilar bilan cho’ktirish samaradorligi shu jarayonga mo’ljallangan
uskunaga ham
uzviy bog’liqdir. Bunday uskunalar asosan ferment eritmalarini qabul qilgich, to’xtovsiz
aralashtirgich, ferment eritmasi va erituvchini to’xtovsiz ravishda uzatuvchi konturlar, separator va
avtomatizasiya tizimlaridan tuzilgan bo’ladi. Silindr shaklidagi aralashtirgichdan ferment eritmasi
va erituvchi murakkab harakat yo’nalishi bo’ylab qisqa vaqt ichida aralashib o’tadi va natijada hosil
bo’lgan aralashma separator qismiga uzatiladi.
Separatorda cho’kmaga tushgan oqsil moddalari ajratib olinadi.
Bunday qurilmada ferment
bilan erituvchining aloqa muddati o’n marotabagacha qisqartiriladi va fermentning cho’kmaga
tushish unumi 15-20% gacha ortadi. Separatorda ajratilgan cho’kma har xil usullar bilan mo’tadil
sharoitda quritib olinadi. CHo’kma tepasida qolgan suyuqlik tarkibida 50-75% gacha erituvchi
ulushi bo’ladi va rektifikasiya bo’limida regenerasiya qilishga yuboriladi.
Organik erituvchilar bilan cho’ktirish unumi produsent o’stirilgan oziqa muhiti tarkibiga va
ferment preparatini quyuqlashtirilganlik darajasiga ham bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: