"Tashuvchi" satxida adsorbsiya bo’lgan ferment molekulalari har xil kuchlar hisobiga,
xususan nospesifik Van-der-Vaals, elektrostatik, o’zaro ta’sirlar, vodorod bog’lari va gidrofob
bog’lar hisobiga amalga oshiriladi. Sanab o’tilgan bog’larni nisbiy ishtiroki ferment molekulasidagi
faollik guruhlari yoki "tashuvchi"ning kimyoviy tabiatiga bog’liq bo’ladi. Ko’pchilik hollarda
asosiy vazifani elektrostatik o’zaro ta’sirlar va vodorod bog’lari tashkil etadi.
Ba’zi vaqtlarda o’zaro ta’sir kuchi oqibatida "tashuvchi"ning tuzilishi buzilishigacha borish
mumkin. Masalan, ba’zi o’simlik hujayralarini sitodeks granulalariga adsorbsiya qilinganda hujayra
devori deformasiyaga uchragani kuzatilgan.
Fermentlar adsorbsiyasiga ta’sir etuvchi omillar
Adsorbsiya o’tish jarayoni va ferment bilan "tashuvchi" orasidagi bog’ni mustaxkamligi,
ko’pchilik hollarda immobilizasiya qilish sharoitiga bog’liq bo’ladi.
Ferment adsorbsiyasiga ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi: tashuvchini g’ovakligi va
sirtini faolligidir.
Tashuvchini sorbsiya qilish hajmi uning sirtini faolligiga to’g’ri proporsional oqsil yoki
fermentga kelganda bu qonuniyat faqatgina tashuvchini g’ovakligi oqsil molekulasidan anchagina
katta bo’lgandagina o’z kuchini saklaydi. Tashuvchini g’ovakligi juda kichik bo’lganda, fermentlar
g’ovaklarga sig’masalar, fermentlar uchun tashuvchilar satxining ma’lum bir qismigina foydali
bo’ladi xolos.
Bunday paytlarda tashuvchining sorbsiya qilish imkoniyatlari juda kam bo’ladi, boshqacha
qilib aytganda, g’ovaklar qancha kichik bo’lsa, tashuvchining adsorbsiya qilish imkoniyatlari
shuncha kam bo’ladi. G’ovaklarni mo’tadil hajmini hisoblashni birinchilardan bo’lib buni 1976
yilda R.Messing taklif etgan.
U shisha va sopol materiallardan tashuvchi sifatida foydalana turib, ularni g’ovaklarini
kattaligini (hajmini) o’lchab chiqdi va g’ovaklarni kattaligi ferment bo’yidan taxminan 2 marotaba
katta bo’lgan hollarda tashuvchini adsorbsion imkoniyatlari maksimum bo’lishini tajribalardan
isbotlab berdi.
Bunday holda substratni molekulyar o’lchami fermentdan ancha kichik bo’lmog’i va sorbsiya
qilingan ferment g’ovaklariga bemalol kirib turishlari lozim, albatta.
Substrat molekulasining hajmi fermentnikidan katta bo’lgan hollarda tashuvchining g’ovakligi
substrat molekulasi bilan belgilanadi. Ba’zi bir hollarda substratni o’zi tashuvchi vazifasini bajarishi
ham mumkin. Masalan, sellyulaza fermentini immobilizasiya qilish uchun uning substrati bo’lgan
sellyulozadan keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: