Biotexnologiya asoslari


Ferment va "tashuvchi" orasidagi adsorbsion o’zaro ta’sirning tabiati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   139
Biotexnologiya asoslari

Ferment va "tashuvchi" orasidagi adsorbsion o’zaro ta’sirning tabiati 


"Tashuvchi" satxida adsorbsiya bo’lgan ferment molekulalari har xil kuchlar hisobiga, 
xususan nospesifik Van-der-Vaals, elektrostatik, o’zaro ta’sirlar, vodorod bog’lari va gidrofob 
bog’lar hisobiga amalga oshiriladi. Sanab o’tilgan bog’larni nisbiy ishtiroki ferment molekulasidagi 
faollik guruhlari yoki "tashuvchi"ning kimyoviy tabiatiga bog’liq bo’ladi. Ko’pchilik hollarda 
asosiy vazifani elektrostatik o’zaro ta’sirlar va vodorod bog’lari tashkil etadi. 
Ba’zi vaqtlarda o’zaro ta’sir kuchi oqibatida "tashuvchi"ning tuzilishi buzilishigacha borish 
mumkin. Masalan, ba’zi o’simlik hujayralarini sitodeks granulalariga adsorbsiya qilinganda hujayra 
devori deformasiyaga uchragani kuzatilgan. 
Fermentlar adsorbsiyasiga ta’sir etuvchi omillar 
Adsorbsiya o’tish jarayoni va ferment bilan "tashuvchi" orasidagi bog’ni mustaxkamligi, 
ko’pchilik hollarda immobilizasiya qilish sharoitiga bog’liq bo’ladi.
Ferment adsorbsiyasiga ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi: tashuvchini g’ovakligi va 
sirtini faolligidir.
Tashuvchini sorbsiya qilish hajmi uning sirtini faolligiga to’g’ri proporsional oqsil yoki 
fermentga kelganda bu qonuniyat faqatgina tashuvchini g’ovakligi oqsil molekulasidan anchagina 
katta bo’lgandagina o’z kuchini saklaydi. Tashuvchini g’ovakligi juda kichik bo’lganda, fermentlar 
g’ovaklarga sig’masalar, fermentlar uchun tashuvchilar satxining ma’lum bir qismigina foydali 
bo’ladi xolos.
Bunday paytlarda tashuvchining sorbsiya qilish imkoniyatlari juda kam bo’ladi, boshqacha 
qilib aytganda, g’ovaklar qancha kichik bo’lsa, tashuvchining adsorbsiya qilish imkoniyatlari 
shuncha kam bo’ladi. G’ovaklarni mo’tadil hajmini hisoblashni birinchilardan bo’lib buni 1976 
yilda R.Messing taklif etgan.
U shisha va sopol materiallardan tashuvchi sifatida foydalana turib, ularni g’ovaklarini 
kattaligini (hajmini) o’lchab chiqdi va g’ovaklarni kattaligi ferment bo’yidan taxminan 2 marotaba 
katta bo’lgan hollarda tashuvchini adsorbsion imkoniyatlari maksimum bo’lishini tajribalardan 
isbotlab berdi.
Bunday holda substratni molekulyar o’lchami fermentdan ancha kichik bo’lmog’i va sorbsiya 
qilingan ferment g’ovaklariga bemalol kirib turishlari lozim, albatta.
Substrat molekulasining hajmi fermentnikidan katta bo’lgan hollarda tashuvchining g’ovakligi 
substrat molekulasi bilan belgilanadi. Ba’zi bir hollarda substratni o’zi tashuvchi vazifasini bajarishi 
ham mumkin. Masalan, sellyulaza fermentini immobilizasiya qilish uchun uning substrati bo’lgan 
sellyulozadan keng foydalaniladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin