Biotexnologiya asoslari


Oldindan modifikasiya qilingan fermentlarni immobilizasiya qilish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   139
Biotexnologiya asoslari

Oldindan modifikasiya qilingan fermentlarni immobilizasiya qilish


Ionalmashuvchi tashuvchilarga adsorbsiya yo’li bilan immobilizasiya qilishda izoelektrik
nuqtasi va rN –mo’tadilligi bir-biriga yaqin bo’lgan fermentlar bilan ishlanganda qator muammolar 
paydo bo’ladi. Ferment bilan tashuvchi orasidagi mustaxkam bog’lanish faqatgina, izoelektrik 
nuqtadan uzoqroq bo’lgan rN da, ya’ni fermentni katalitik xususiyati past bo’lgan sharoitda amalga 
oshiriladi. 
SHuning uchun, ham fermentni oldindan modifikasiya qilish, ya’ni ferment molekulasiga 
yangi ionogen guruhlar (polikislotalar, karboksimetil, sellyuloza, yantar kislotasi va x.k.) kiritish 
maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan, L-ximotripsin xlortriazinli rang bilan aralashtirilganda, uni 
izoelektrik nuqtasi ishqoriy tomonga siljishi, va shu tufayli ferment ko’pgina tashuvchilarga 
adsorbsiya bo’lishi, oqibat natijada esa katalitik faolligi saqlanib qolishi isbotlangan.
Boshqa bir misol, L-ximotripsinni KM-sellyuloza bilan modifikasiya qilinganda, ferment 
neytral rN muhitida DEAE-sellyulozada yoki DEAE-sefadeksga faolligi saqlangan holda 
immobilizasiya bo’ladi.
Ferment tashuvchi bog’ini mustaxkamligiga ta’sir etuvchi boshqa omillar 
Immobilizasiya bo’lgan fermentni tashuvchi satxidan oson yuvilib ketmasligi uchun 
adsorbsiya qilingan ferment qatlami bifunksional agentlar bilan ishlov beriladi. Natijada, tashuvchi 
satxida fermentlarni bir-birlariga bog’langan holatidan iborat yupqa plenka hosil bo’ladi. 
Bifunksional agent sifatida glutaraldegid, gossipol va boshqalarni ishlatish mumkin.
Immobilizasiya qilishni original yo’li professor K.Martinek tomonidan namoyish etilgan. 
Buning uchun qisman kimyoviy destruksiyaga uchragan neylon iplaridan foydalaniladi. Tashuvchi, 
ferment eritmasiga solinadi va mexanik tortiladi, natijada neylonni g’ovaklari yiriklashib, unga 
fermentning joylashishi osonlashadi.
Ma’lum vaqtdan keyin tortib turgan kuch olinadi va neylon yana o’z holatiga keladi, ferment 
esa g’ovaklarda siqilib qoladi. Elektr toki yordamida ushlash usuli, immobilizasiyaning yangi 
usullaridan bo’lib, membranalar yordamida ajratilgan elektrodlar bilan kollektorlarda elektr 
maydoni hosil qilinadi. Kollektor qilib silikagel, ion almashuv smolalari, minerallar ishlatilishi 
mumkin.
Ferment kollektorlarda elektrostatik va dipol-dipollik o’zaro ta’sir kuchlari orqali ushlanib 
qoladi. Bu usulni yomon tomoni shundan iboratki, immobilizasiya tizimi hamisha elektr toki 
ta’sirida bo’lishi shart. Tok uzilsa yoki o’chsa ferment tashuvchidan yuvilib ketadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin