Biotexnologiya asoslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   139
Biotexnologiya asoslari

rN belgilari 
Reaksiya muhiti immobilizasiya qilish jarayonida juda katta ahamiyatga ega, ayniqsa sorbsiya, 
elektrostatik o’zaro ta’sir yordamida amalga oshirilgan holatlarda.
Bunga asosiy sabab rN o’zgarishi bilan oqsil yoki tashuvchining sorbsiya uchun javobgar 
bo’lgan ionogen guruhlarni ionizasiyasi o’zgaradi. Ionalmashuv xossalariga ega bo’lmagan 
tashuvchilardan foydalanganda, sorbsiya oqsil yoki fermentni izoelektrik nuqtasida amalga oshirilsa 
yaxshi natija beradi.
Ammo bu qonuniyatni chetlab o’tish hollari ham uchrab turadi. Masalan, albuminni lateksga 
sorbsiya bo’lishini har xil rN da o’rganib chiqilganda bu jarayonni rN ga aloqadorligi W simon 
bo’lganligi, ko’mirda adsorbsiya qilinganda esa mo’tadil rN 3 dan 6 gacha o’zgarishi, bu o’zgarish 
ko’mirni tabiatiga bog’liqligi isbotlangan. 
Ion kuchi 
Ferment bilan tashuvchi orasidagi bog’lanishni kuchiga ta’sir ko’rsatuvchi omildir. Tuzlarni 
yuqori miqdorda tashuvchi sirtidan elektrostatik yo’l bilan bog’langan fermentni siqib chiqaradi.
Boshqacha qilib aytganda, ion kuchini oshishi bilan fermentni desorbsiyasi oshib boradi. Ba’zi 
hollarda bunga aksincha ta’sir ham uchrab turadi, buni oqsilni "tuzlanishi" deb ataladi. 


Fermentning miqdori
Eritmada fermentni miqdori oshib borgan sari, uni sorbsiya bo’lishi va immobilizasiya bo’lgan 
fermentni katalitik faolligi oshib boradi.
Immobilizasiya bo’lgan ferment faolligini, eritmadagi ferment miqdoriga nisbatan taqqoslab 
o’rganganda shu narsa ma’lum bo’ldiki, fermentni eritmadagi miqdorini oshib borishi bilan 
ma’lum nuqtagacha fermentni katalitik faolligi oshib boradi va undan keyin o’zgarmasdan qoladi va 
hatto kamayishi ham mumkin.
Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, fermentni faolligi tashuvchi satxini butunlay qoplab olgunga 
qadar faollik oshib boradi, keyin esa ferment 2-chi, 3-chi qavat hosil qiladi va x.k. Oxirida, 
tashuvchining eng tepa qismida yopishgan fermentlar faollik ko’rsatadi, tagida qolganlari esa 
substrat bilan aloqa qilaolmaydilar va o’z-o’zidan "ishsiz" qoladilar. SHuning uchun ham 
immobilizasiya bo’lgan fermentni faolligi kamayadi.
Harorat 
Haroratni oshishi adsorbsiya jarayoniga ikki xil ta’sir qiladi. Birinchidan, haroratni oshishi 
fermentni inaktivasiyasiga (denaturasiya) olib keladi, ikkinchi tomondan esa haroratni oshishi 
fermentni tashuvchi g’ovaklariga diffuziyasini kuchaytirish hisobidan, ferment faolligini oshishiga 
olib keladi.
Demak, adsorbsiya yo’li bilan immobilizasiya qilishni mo’tadil sharoiti bo’lish kerak. Bunday 
harorat adsorbsiya qilinadigan fermentni tabiati va tashuvchi satxiga bog’liq bo’lib, har bir ferment 
yoki tashuvchi uchun qator tajribalar orqali topiladi.
SHunday qilib, fermentlarni adsorbsiya yo’li bilan immobilizasiya qilish bir qator omillarga 
bog’liq bo’lib, faqat tajribalar asosida aniq topiladi. quyida ferment bilan tashuvchi orasidagi bog’ni
kuchaytirishga xizmat qiluvchi omillar haqida fikr yuritamiz. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin