Ammo "immobilizasiya" so’zining kengroq tushinish lozim, xususan oqsil molekulasining
maydonda harakatdan to’xtatish bilan bog’liq bo’lgan har qanday tadbir oqsilni immobilizasiya
qilish deb qaralmog’i lozim. YUqorida bayon etilgan usullardan tashqari,
molekulalar ichidagi yoki
molekulalar aro "Bog’lash", oqsilni kichik molekulali ikki funksiyalik molekulalar orqali boshqa
oqsilga, yuqori molekulali polimerlarga, jumladan adsorbentlarga ham "bog’lash" yoki "ulash"
usullari ham immobilizasiya usullariga kiradi.
Immobilizasiya qilingan fermentlar, oddiy suvda eruvchi fermentlar oldida bir qator
ustunlikka ega bo’ladilar.
Birinchidan, ularni reaksion muhitidan ajratib olish juda ham oson, bu esa:
¾
a) reaksiyani hohlagan vaqtda to’xtatish;
¾
b) biokatalizatorni (fermentni)
qayta ishlatish;
¾
v) kerakli maxsulotni toza holda olish (ferment bilan aralashtirilmaslik) imkoniyatini
beradi.
Oxirgi bandda (v) ko’rsatilgan ustunlik oziq-ovqat va farmasevtika sanoatida juda katta rol
o’ynaydi.
Ikkinchidan, immobilizasiya qilingan fermentlarni ishlatish sharoitida to’xtovsiz olib borishga
imkon beradi, masalan, oqib o’tadigan maxsus ustunlarda (kolonkalarda) va fermentativ
reaksiyaning tozaligini boshqarish, demak, kerakli maxsulotni miqdorini oshirish (oqish
tezligini
o’zgartirish hisobidan) imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, fermentni immobilizasiya yoki modifikasiya qilish uni xosca va xususiyatlarini
kerakli tomonga o’zgarish jarayonlarini tashkil qilish mumkin. Immobilizasiya qilingan
fermentlarni olinishi, fermentlarni hayotga tadbiq qilishni yangi, avvallari imkoniyati bo’lmagan
yo’llarini ochib berdi.
Dostları ilə paylaş: