Keltirilgan klassifikasiya shartlidir, chunki bu usullar orasida aniq ajrimlarni o’rnatish
mumkin emas. Masalan, gel teshikchilariga kiritish usuli
bilan immobilizasiya qilishni, yarim
o’tkazgich membranalar orqali ajratib turish deb ham qarash mumkin. SHunga qaramasdan bu
klassifikasiya fizikaviy usullar bilan immobilizasiya qilishni bir tizimga
solishda yordam bera
oladi.
Adsorbsiya qilish orqali immobilizasiya qilish, eng ko’hna usullaridan hisoblanadi. YUqorida
aytib o’tilganidek, 1916 yilda Dj.Nilson va E.Grifin invertaza fermentini foallashtirilgan ko’mirda
va alyuminiy gidroksidi gelida immobilizasiya qilganlar. Xuddi shu usuldan keyinroq, 1969
yilda
I.SHibata L-aminoasilaza fermentini immobilizasiya qilishda foydalangan. L-aminoasilaza
fermenti N-asetil-DL- aminokislotalarni bir birlaridan ajratishda sanoat miqyosida hozirgacha
ishlatilib kelinmoqda. Umuman adsorbsiya usulida immobilizasiya
qilish boshqa usullardan
osonligi, vazifani tez bajarish mumkinligi, tashuvchilarni arzonligi va boshqa bir qator ustunliklarga
ega bo’lganligi uchun fermentlar muxandisligida keng qo’llanilib kelinmoqda.
Dostları ilə paylaş: