Biotexnologiya asoslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   139
Biotexnologiya asoslari

Ikkilamchi emulgirlash
. Bu yo’l bilan immobilizasiya qilganda, avvalo fermentni suvdagi 
eritmasini organik polimerdagi emulsiyasi tayyorlanadi. Tayyor emulsiyani yana bir bor suvda 
dispersiya qilinadi. Natijada, fermentni suvdagi eritmasini saqlagan organik moddani (polimerni) 
emulsiyasi hosil bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan organik eritma qotadi, va immobillashgan ferment 
saqlovchi polimer zarrachalari hosil bo’ladi. 
1972 yilda S.Mey va N.Li lar bu usulni modifikasiya qildilar va membrana hosil qiluvchi 
materialar sifatida suvda erimaydigan polimer o’rniga katta molekulyar massaga ega bo’lgan suyuq
uglevodorodlardan foydalanishni tavsiya qildilar. Bu usul suyuq membranalarda immobilizasiya 
qilish deb ataldi. Bundan tashqari tolaga kiritish, liposomaga kiritish, mikroemulsiya hosil qilish 
kabi bir qator usullar mavjud. 
Fermentlarni immobilizasiya qilishinig kimyoviy usullari 
Kimyoviy usullarni boshqa usullardan asosiy farqi kimyoviy ta’sir natijasida ferment bilan 
tashuvchi orasida qo’shimcha kovalent bog’i paydo bo’ladi. Bu usulda immobilizasiya qilingan 
fermentlarni kamida ikkita ustunligi bor. Birinchidan, ferment va tashuvchi orasidagi kovalent bog’, 
hosil bo’lgan kon’yugatni yuqori mustaxkam qiladi. Boshqacha qilib aytganda ferment ishtirokida 
o’tadigan reaksiyalarni rN, harorati va boshqa ko’rsatkichlarini o’zgartirish, fermentni 
desorbsiyasiga, shu tufayli olinadigan maxsulotni ifloslanishiga olib kelmaydi.
Bu esa ayniqsa medisina, oziq-ovqat maxsulotlari, analitik ishlar uchun reaktivlar olishda o’ta 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, kimyoviy modifikasiya fermentni faolligini va 
mo’tadilligini oshirishiga olib keladi. Faqatgina kimyoviy yo’l bilan, ko’p nuqtalik bog’lanishlar 
natijasida fermentni mo’tadilligini oshirish mumkin. Bu usulni kamchiligi, ba’zi-bir fermentlar 
kimyoviy modifikasiya jarayonida o’z faolligini yo’qotib qo’yadilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin