Fermentni tashuvchi bilan bog’lanish kuchini oshiruvchi usullar. Oldindan modifikasiya qilingan tashuvchilarga immobilizasiya qilish Tashuvchining oldindan modifikasiya qilish adsorbsiya kuchini keskin oshirishga olib keladi.
Bundan tashqari, ferment molekulasi atrofida maxsus sharoitlar yasash hisobidan, oldindan
modifikasiya qilingan tashuvchida immobilizasiya qilingan fermentni katalitik xususiyati ham ortib
boradi.
Buning ustiga, oldindan modifikasiya qilmaslik adsorbsiya qilingan fermentni faolligini
butunlay yo’qolishigacha olib kelish mumkin. Masalan, agar fermentni mo’tadilligi nordon
sharoitda past bo’lsa, silikagelga sorbsiya qilingan fermentni faolligi butunlay yo’qoladi, chunki,
silikagelni satxi nordon muhitga ega (rNq4,0).
Bunday sharoitda, immobilizasiyadan oldin silikagelni ma’lum rN ga ega bo’lgan buferda
fermentni mo’tadil rN ga to’g’ri kelgan rN da saqlab turish lozim bo’ladi.
Xuddi shunday muammo, faol markazida metall saqlaydigan fermentlar bilan ishlaganda kelib
chiqadi. Bunga sabab, ba’zi bir tashuvchilar o’zlariga metall ionlarini tortib olish qobiliyatiga
egalar. Bunday tashuvchilarda adsorbsiya qilingan fermentlar, o’z faol markazidagi metalni chiqib
ketishi hisobidan faoliyatlarini yo’qotishlari mumkin. Bu holni bartaraf etish uchun, tashuvchini
maxsus metall ionlari saqlagan eritmalarda uzoq vaqt ushlab turish va shu tufayli uni metall ioniga
nisbatan bo’lgan ehtiyojini qondirish mumkin bo’ladi.
Tashuvchilarni metall ionlari bilan to’yintirish adsorbsiya yo’li bilan immobilizasiya qilishni
mo’tadillashtirishda ham ishlatiladi. Tashuvchi sirti metall ionlari bilan to’yintirilganda (buning
uchun Ti, Sn, Zr, V va Fe ishlatiladi), fermentni sorbsiya qilish xususiyati ortadi, bunga sabab
metall ioni ferment bilan tashuvchi orasida ko’prik bo’lib xizmat qilishidir. Immobilizasiyaning bu
usuli, sellyuloza, neylon shisha filtr qog’oz kabi tashuvchilardan foydalanganda yaxshi natijalar
berishi isbotlangan.