Polimer zanjirlari orasidagi bo’shliq suv bilan to’ldirilgan bo’ladi. Masalan, akril kislotasi
hosilalari asosida paydo bo’lgan gelda, uning miqdoriga qarab, 50 dan 90% gacha suv bo’lishi
mumkin.
Fermentlarni gelda immobilizasiya qilishning ikki usuli bor. Birinchisi, ferment monomer
eritmasida eritiladi so’ngra polimerizasiya qilinadi. Bunday eritmaga ko’pchilik hollarda
bifunksional agentlar ham qo’shiladi.
Ikkinchisi, P.Bertfeld va Dj.Uenlar ishlatgan N-N' metilen-bisakrilamidni polimerizasiya
qilish asosida olinadigan immobilizasiyalangan fermentlar.
Gelga kiritish yo’li bilan immobilizasiya qilish usuli o’zining soddaligi bilan ajralib turadi. Bu
usul bilan fermentni xoxlagan geometrik konformasiyada (sferik zarrachalar va x.k.) olish va
fermentni tashuvchi ichida bir tekis tarqalishiga erishish mumkin.
Ko’pchilik polimer gellar o’zlarining mexanik va kimyoviy issiqqa chidamliligi bilan ajralib
turadi. Bu xususiyatlar esa fermentlarni bir necha marotabalab ishlatish imkonini beradi. Bu usul
universal usul bo’lib nafaqat barcha xildagi fermentlar, balki poliferment tizimlar, hujayra va
hujayra fragmentlarini immobilizasiya qilish uchun ham to’g’ri keladi. Bu usulni ijobiy
tomonlaridan yana biri - uni fermentga mo’tadillik berish imkoniyatidir. Va nihoyat bu usulda
immobilizasiya qilingan ferment, bakteriologik zararlanishdan qo’rqmaydi chunki, ferment
molekulasidan katta bo’lgan bakteriyalar gelni ichiga kira olmaydilar.
Usulning eng katta kamchiligi ba’zi bir holatda polimer matrikslari substratni diffuziyasigi
xalaqit beradi va shu tufayli fermentni faolligi past bo’lishi mumkin. SHunday ekan, substrat
sifatida yuqori molekulali moddalar ishlatilganda bu usuldan butunlay foydalanish mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: