O’qituvchining kommunikativ malakasi va kommunikativ ta’sir etish
usullari
Bugungi kunda mustaqil respublikamiz dunyo hamjamiyati tomonidan tan
olinayotgan ekan, uning kelgusidagi rivoji, gullab-yashnashi bugungi kun yoshlariga
bog`liqdir. Demak, bugungi yoshlar har tomonlama rivojlangan, o„ziga, boshqa
insonga, jamiyatga, tabiatga va me
hnatga o„z to„g`ri munosabatini bildira oladigan,
mustaqil faoliyat ko„rsata oladigan, ijodkor, tashabbuskor va tadbirkor bo„lmog`i
lozim. O„quvchida ana shu xususiyatlarning rivojlanishi so„zsiz o„qituvchiga, uning
o„quv-tarbiya jarayonini to„g`ri boshqara olishiga va o„quvchilar bilan o„rnata
oladigan muomala va munosabatlariga bog`liq.
Kоmmunikаtiv qоbiliyat
– bu pеdаgоgik o‟zаrо hаrаkаt sоhаsidа mахsus
ko‟rinishgа egа bo‟lgаn mulоqоtgа qоbiliyatlilikdir.
Psiхоlоgik аdаbiyotlаrdа kоmmunikаtiv qоbiliyatlаrning bir qаnchа turlаri
аjrаtib ko‟rsаtilаdi: 1) insоnning insоnni tushunа оlishi (insоnni shахs sifаtidа, uning
аlоhidа jihаtlаrini, mоtiv vа ehtiyojlаrini bаhоlаsh, tаshqi хulq-аtvоrini ichki оlаmi
bilаn bоg‟liqlikdа ko‟rib chiqish, yuz, qo‟l, gаvdа hаrаkаtlаrini “o‟qish” ko‟nikmаsi) 2)
insоnni o‟z-o‟zini аnglаy оlishi (o‟z bilimi, qоbiliyati, o‟z хаrаktеri vа bоshqа
qirrаlаrini bаhоlаsh, insоn bоshqаlаr tоmоnidаn qаy tаrzdа qаbul qilinishi vа
7
аtrоfdаgilаr ko‟zi bilаn bаhоlаsh); 3) mulоqоt vаziyatini to‟g‟ri bаhоlаy оlish
ko‟nikmаsi (mаvjud hоlаtni kuzаtish, uning nаmоyon bo‟lish bеlgilаri hаqidа ko‟prоq
ахbоrоtlаrni аjаrаtа оlish, ulаrgа e‟tibоrni qаrаtish, yuzаgа kеlаyotgаn vаziyatning
ijtimоiy vа psiхоlоgik mоhiyatini to‟g‟ri idrоk etish vа bаhоlаsh).
Tаhlil etish gnоsеоlоgiya, psiхоlоgiyadа bilish vа аmаliy fаоliyatgа dоir bаrchа
hаrаkаtlаrni o‟z ichigа оlаdi, pеdаgоgikаdа esа, tаdqiq qilinаyotgаn nаrsа-
hоdisаlаrning аlоhidа tаrkibiy qismlаrgа аjrаtish qоnuniyat vа usullаrini o‟zidа аks
ettiruvchi bilish jаrаyoni sifаtidа ifоdа etilаdi. О.О.Kаshеnkоning fikrichа, o‟z-o‟zini
tаhlil etish fаlsаfа vа psiхоlоgiyadа o‟z-o‟zini аnglаsh, o‟z-o‟zini bilish, o‟z-o‟zini
bоshqаrish, o‟z-o‟zini bаhоlаshning tаrkibiy qismi sifаtidа аks ettirilsа hаm mustаqil
kаtеgоriya sifаtidа ishlаtilmаydi. Birоq o‟z-o‟zini аnglаshning shаkllаnishi vа
rivоjlаnishi o‟z-o‟zini tаhlil etish аsоsidа аmаlgа оshishini esdа tutish zаrur. Chunki
аynаn pеdаgоgik vоqеlikdа o‟z-o‟zini tаhlil etish ko‟nikmаlаrini rivоjlаntirishning
аhаmiyati ulаrning o‟zi hаqidаgi tаsаvvurlаri, qiziqishlаri, mоtiv, ehtiyojlаri tizimi
sifаtidа tushunilаdigаn “Mеn-kоntsеptsiyasi”ning rivоjlаnishigа undоvchi ichki
оmillаrning eng аsоsiylаridаn biridir.
O‟z-o‟zini tаhlil etish usullаri quyidаgilаrgа e‟tibоr qаrаtishni tаlаb etаdi:
1) ijtimоiylikkа yo‟nаltirilgаn o‟zаrоhаrаkаt vаziyatlаridаn shахsiy хulq-аtvоr,
tаrbiyalаnuvchi shахsi, uning o‟zigа хоsliklаri, qаdriyatlаri tizimi kаbilаrni оb‟еkt
sifаtidа ko‟rib chiqish;
2) o‟z хulq-аtvоri, shахsiy fаzilаtlаrini tаhlil etish mеzоnlаri tizimini аniqlаsh;
3) nоmа‟lumdаn mа‟lumni аjrаtib оlish;
4) qаrаmа-qаrshiliklаrni аniqlаsh.
O‟z-o‟zini tаhlil etish o‟z-o‟zini аnglаshdаn аvvаl kеlib, аynаn uning аsоsidа
shахsning o‟zi hаqidаgi tаsаvvurlаri umumlаshgаn ko‟rinishgа o‟tаdi. O‟z-o‟zini
аnglаsh nаtijаsidа shахsdа o‟zining kimligini аnglаsh, o‟zining jаmiyatdаgi o‟rnini
tushunib еtish, bоshqаlаrning ko‟z o‟ngidа kim sifаtidа gаvdаlаnishini his etish
kаbilаr shаkllаnаdi. O‟z-o‟zini аnglаsh o‟z-o‟zigа munоsаbаt sifаtidа shаkllаnuvchi
hissiy vа mаntiqiy jihаtlаrni o‟zidа аks ettirаdi.
Mа‟lumki, o‟z-o‟zini аnglаsh usullаri hаm mаntiqiy, hаm emоtsiоnаl dаrаjаdа
o‟z-o‟zini tаhlil etish nаtijаsidа оlingаn ахbоrоtlаrni аniqlаshtirish vа
umumlаshtirishni tаlаb etаdi.
Хulоsа qilib аytgаndа, o‟z-o‟zini tаhlil etish vа o‟z-o‟zini аnglаsh pеdаgоgdа
o‟zi vа bоshqаlаrning u hаqidаgi tаsаvvuri sifаtidаgi kаsbiy “Mеn qiyofаsi”ning
shаkllаnishigа оlib kеlаdi.
8
Ta‟lim va tarbiya jarayonida o„qituvchi tomonidan pedagogik ta‟sir
ko„rsatishning asosiy metodlariga quyidagilar kiradi: talab, istiqbol, rag„batlantirish
va jazolash, jamoatchilik fikri.
Talab
– ta‟lim va tarbiya jarayonida o„qituvchining tarbiyalanuvchiga nisbatan
shaxsiy munosabatlar
ida namoyon bo„ladi. O„quvchining u yoki bu xatti-harakati
o„qituvchi nazoratida bo„lib, ijobiy jihatlari rag„batlantirib boriladi yoki aksincha
nojo„ya xatti-harakati to„xtatib qo„yiladi.
Istiqbol
– ta‟sirchan pedagogik usul bo„lib, o„quvchilarda mustaqil fikr yuritishni,
ma‟lum bir maqsadga, orzuga erkin intilish hissini takomillashtiradi. Bu maqsadlar
ularning shaxsiy intilishlarida, qiziqish va muddaolarida namoyon bo„ladi. Ushbu
usul maktab o„quvchilarini shaxs sifatida eng muhim insoniy fazilatlaridan biri
bo„lgan maqsadga intiluvchanlikni rivojlantiradi.
Rag„batlantirish va jazolash – tarbiyaviy ta‟sirning eng an‟anaviy usuli bo„lib,
o„quvchilar xulq-atvoriga ijobiy ta‟sir etishdan iborat. Yaxshi xulq, foydali mehnat va
xatti-harakat, axloqiy hislat, topshi
riqlarning so„zsiz bajarilishi uchun o„quvchi
rag„batlantiriladi. Nomaqbul xatti-harakat, tartibbuzarlik, o„z burchini bajarmaslik
jazolash orqali bartaraf etiladi. Ushbu usul axloqiy ta‟sir ko„rsatishni ta‟minlaydi, uni
qo„llash jarayonida o„qituvchidan nihoyatda ehtiyotkorlik, sezgirlik va hushyorlik
talab etiladi.
Jamoatchilik fikri
– tarbiyaviy ta‟sir ko„rsatishning eng muhim usuli bo„lib,
o„quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini bajarilish natijalariga qarab muntazam
rag„batlantirib borishda namoyon bo„ladi. Jamoaning tarbiyaviy vazifalarini ma‟lum
bir yo„nalishda amalga oshirilishini ta‟minlaydi, o„quvchilarning bir-birlariga do„stona
munosabatini shakllantiradi.
Muloqotning ijtimoiy-psixologik nazariyasi va pedagogik tajribalarini
o„rganish
pedagogik ta‟sir etishda ikki metod: ishontirish va uqtirishdan keng foydalanish
lozimligini ko‟rsatadi.
Ishontirish -
o„quvchilarga xatti-harakatlarning to„g`riligi va zarurligini,
shuningdek, ayrim xulq-
atvorlarning noto„g`riligini tushuntirish va isbotlashdir.
Ishontirish jarayonida o„quvchilarda yangi bilim, ko„nikma, malaka hamda axloqiy
sifatlar shakllantiriladi. Bular esa o„quvchilar va ularning atrofidagilar uchun me‟yor
(mezon) bo„lib xizmat qiladi.
O„qituvchining har qanday tarbiyaviy ta‟sir ko„rsatishi, oqibat natijada o„quvchi
ruhiyatiga har tomonlama ta‟sir ko„rsatishga, ya‟ni o„quvchilarda ijobiy hissiyotlarni:
xulq-atvor, munosabatlar, xatti-harakatlarni shakllantirish va mustahkamlashga
yo„nalgan bo„ladi. Lekin ishontirish va uqtirishning texnologik mexanizmlari
turlichadir.
9
O„sib borayotgan yoshlar ijtimoiy muhit va tabiat bilan ham o„zaro
ta‟sirlanadilar. Bu o„zaro ta‟sir natijasida ularda ishonch, yangi bilimlar va
munosabatlar, axloqiy me‟yorlar majmui vujudga keladi.
Ishontiris
h haqiqiy va soxta bo„lishi mumkin. Haqiqiy ishonch real voqelikka
mos keladi va shaxsning jamiyat oldidagi qadr-
qimmatini oshiradi. O„zining haqiqiy
ishonchiga sodiq bo„lishi uchun kishi hatto o„limiga ham rozi bo„ladi. Masalan,
Vatanga sodiqlik ruhida ta
rbiyalangan askarlarimizning jang maydonida ko„rsatgan
matonatlari.
Soxta ishonch esa, avvalo sinf jamoasi, qolaversa, jamiyat uchun zararli
bo„lgan odatlarning shakllanishiga olib keladi. Soxta ishonch o„quvchilarning o„zi va
atrofidagilar ta‟sirining umumlashuvi natijasida vujudga keladi.
Ayrim o„quvchilarda soxta ishonch hosil bo„lishining sabablari quyidagilar
bo„lishi mumkin:
1)
faqat a‟lo bahoga o„qish - bu bilim olishda ko„r-ko„ronalik, quruq
yodlashga olib boradi;
2)
o„zini o„ta itoatkorona tutish - bu o„quvchi faoliyatini nihoyatda past
bo„lishiga olib keladi. Me‟yordagi o„quvchi o„qituvchidan ba‟zan tanbeh olib turishi
kerak;
3)
o„qituvchini aldash-bu o„quvchini o„ta aqlli va topqirligidan dalolat beradi;
4)
maktab ichki tartib-qoidasini buzish faqat kuchli
xarakterga ega bo„lgan
o„quvchigagina xos bo„lib, u o„qituvchi tomonidan tanqid qilib turiladi;
5)
ha
ddan tashqari ko„p mehnat qilish - bu kerak bo„lmagan tirishqoqlikdir.
Yuqorida keltirilgan ishonchning bunday turi
o„quvchida shakllanib, asta-sekin
boqimandalik, o„qish va mehnat faoliyatida sustkashlik kayfiyatini sodir qiladi.
Soxta ishonchni bartaraf qilish uchun o„qituvchi quyidagi uch yo„nalishda ish
olib borishi kerak:
1. Sinf jamoasida sog`lom ijtimoiy fikrni shakllantirish.
2. Muhim ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy hayotiy tajriba yaratish.
3. Soxta ishonchni asosiy tarzda inkor qilish.
Soxta ishonchni o„zgartirishning quyidagi usullari mavjud:
1)
o„quvchini o„zini boshqalar bilan taqqoslashga undash. Uning fikriga
qarama-
qarshi fikrda bo„lgan kishi bilan yaqindan tanishish (masalan, bola o„qishni
xoh
lamaydi, lekin uning tanish o„rtog`i ko„p o„qiydi va biladi, ammo o„zining “quruq
yodlovchi
” yoki “o„ta bilimdon” qilib ko„rsatmaydi);
2)
noto„g`ri qarashlar va ishonch oqibatda nimalarga olib kelishini ko„rsatish
(masalan, ana shunday xislatlarga ega bo„lib, o„z hayotini barbod qilgan, o„z erki,
10
g`ururi va vijdonini yo„qotgan kishilar haqida so„zlab berish. Buning uchun hayotiy
misollar, badiiy asarlar, kinofilmlar va boshqalardan foydalanish mumkin);
3)
soxta ishonchni yoqlab, himoya qiluvchi o„quvchi fikrini mantiqiy
rivojlantirib, uni hayratga soluvchi holatga yetkazish. Masalan, barcha o„quvchilar
o„qituvchilarni aldash, ichki tartib-qoidalarga rioya qilmaslik nimalarga olib borishi
mumkin).
Ishontirishning biron tashkil etuvchisiga amal qilmaslik ham tarbiyaviy ish
samaradorligini pasaytirib yuboradi. Bunday holatda o„quvchida faqat bilish
shakllangan xolos. Inson o„zini qanday tutishi lozimligini bilishi, aynan shunday
tutishi lozimligini tushunishi,
lekin o„zini bunga majbur qilolmasligi mumkin.
Demak, bu uning irodaviy sifatlari rivojlanmaganligini, xulq-atvor qoidalariga
amal qilish malakasi tarkib topmaganligini anglatadi.
Ishontirish bilimlar, qarashlar va xulq-
atvor me‟yorlari tizimi bo„lib qolmay, balki
ularni shakllantirish usullari hamdir. Ishontirish yordamida yangi qarashlar,
munosabatlar shakllanadi yoki noto„g`ri fikrlar o„zgaradi.
Munozara, tortishuv, suhbat, o„qituvchi hikoyasi va uning shaxsiy ibrat
namunasi ishontirish shakllari bo„lib hisoblanadi. Ishontirish o„quvchilarga ta‟sir
etish metodi sifatida yuqori samara berishi uchun u quyidagi talablarga javob
berishi kerak:
1)
ishontirishning shakli va mazmuni, o„quvchilar yosh davriga mos bo„lishi
lozim (kichik maktab yoshida ertak, rivoyat
va fantastik hikoyalar misolida, so„ngra
esa borliq dunyoni o„rganish inson ma‟naviy dunyosini o„rganish);
2)
ishontirish o„quvchilarning individual xususiyatlariga mos bo„lishi lozim.
Buning uchun o„quvchining haqiqiy hayot tarzini o„rganish zarur;
3)
ishontirish umumiy tarzdagi qoida va printsiplardan tashqari aniq dalil va
misollarni ham o„z ichiga olishi zarur (o„qitishdan ko„rgazmalilikka e‟tibor berish);
4)
ishontirish jarayonida ba‟zi holatlarda barcha bir xil xabardor bo„lgan dalil
va xulq-atvorni muhokama
qilishga to„g`ri keladi. Bu, o„z navbatida dalilning
haqqoniyligi to„g`risidagi ikkilanishlarni yo„qqa chiqarishga va umumiy to„g`ri xulosa
chiqarishga yordam beradi;
5)
boshqalarni ishontirar ekan, o„qituvchi o„z fikriga qat‟iy ishonishi zarur.
Ishontirish
jarayonini tashkil etishda o„quvchi ruhiy qiyofasining o„ziga xosligini
e‟tiborga olish lozim. Buning uchun pedagog o„quvchi oliy asab tizimining tipini,
uning ta‟lim-tarbiya va kamolotining rivojlanish doirasini bilishi zarur. Masalan: bola
kuchli muvoza
natlashgan (sangvinik) asab tizimi tipiga ega bo„lsin. Unda
tormozlanish jarayoniga nisbatan qo„zg`alish jarayoni kuchliroq bo„ladi. Bu holda
11
o„qituvchi ishontirish jarayonini o„quvchi asab tizimini ortiqcha qo„zg`alishiga yo„l
qo„ymaydigan, qo„shimcha hissiyot sodir qilmaydigan tarzda olib borishi kerak.
Fikr, sezgi va irodaviy xislatlar bir butun yaxlitlikni tashkil etgandagina,
ishontirish metodi haqiqiy harakatlantiruchi kuchga aylanishi mumkin. Bu metodni
qo„llashda ishontirish tarkibi bilish, sezgi, hissiyot, xulq-atvorga amal qilish
maqsadga muvofiq.
Ishontirish natijasi o„qituvchining so„z mulkiga ham bog`liqdir. Pedagogning
so„zi va ishi ham bir bo„lishi kerak. So„z bilan og„zaki ta‟sir o„tkazish o„qituvchining
madaniy saviya
sida va o„quvchi muloqotida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki
inson
ning “aql-zakovati, fikr-tuyg„ulari, bilimi va madaniyat saviyasi, tafakkuri
ma‟lum darajada so„zda ifoda etiladi. Muomala madaniyatida so„z aqldan kuch,
tildan ixtiyor oladi” (Aziz Yunusov). So„z bilan og„zaki ta‟sir o„tkazishni amalda o„z
pedagogik faoliyatida qo„llovchi o„qituvchi o„z hissiyotlarini, ijodiy ta‟sirlanishini
boshqarish ko„nikmalariga ega bo„lishi va o„z his-tuyg„ularini faqat ta‟lim–tarbiyaviy
maqsadni amalga oshirish uchun ifodalashi hamda o„quvchi qalbini noo„rin so„zlar
bilan jarohatlab qo„ymasligi, so„zlarni aniq ifodalashda pedagogik takt normalaridan
chiqib ketmasligi lozim. So„z qudrati haqida R.Dekartning quyidagi fikrlari
o„qituvchilarga ham bevosita taalluqlidir: “So„zlarning ma‟nolarini, qudratini
odamlarga aniq ifodalab tushuntirib bering, shunda siz insoniyat olamini barcha
anglashilmovchiliklarning yarmi
dan xalos qilgan bo„lasiz”.
O„qituvchining imo-ishoralari va yuz harakatlari so„z bilan og„zaki ta‟sir qilishni
kuchaytiradi. Yuz harakatlari va imo-ishoralar nutqda ovozning baland-pastligi bilan
mos kelishi kerak. Ogohlantiruvchi so„zlar, notiqlik san‟ati asosida ta‟sir etish,
vazifani ijro etishga undovchi buyruqlar, ta‟qiqlangan iboralarni ishlatmaslik, hazil
orqali fikrini a
nglatish, o„quvchining erkin mulohazalarini ma‟qullash yoki nojo„ya
harakatlari uchun ayblash so„zning og„zaki ta‟sir etuvchi komponentlaridir. So„z
bilan imo-
ishoraning va yuz harakatlarining birligi ma‟lum qilinayotgan axborot
hajmdorligi va ta‟sirchanligini kuchaytirishi lozim. Har qanday sharoitda o„qituvchi
o„quvchilar bilan sinfda uchrashishga maxsus hozirlik ko„rishi lozim.
Ishontirish metodini qayta tarbiyalash, ya‟ni qarash va munosabatlarni
shakllantirishda qo„llash, u yoki bu xislatlarni namoyish qilish zarur bo„lgan maxsus
vaziyatlar yaratish orqali amalga oshirilishi ham mumkin. Tasodifiy vaziyatlar
quyidagi yo„llar bilan yaratiladi: darsda o„quvchiga kutilmagan savol berish, darsdan
tashqaridagi noto„g`ri xatti-harakatiga iqror bo„lishiga majbur qilish, o„yinda esa
harakat qilishga undash. Maktab hayotida tasdiqlanganidek, ba‟zan o„quvchi o„z
imkoniyatlarini ro„yobga chiqarishga sharoit bo„lmagani uchun ham tarbiyasi og`irlar
qatoriga qo„shilib qolar ekan. Undan darsda onda-sonda so„rashadi: o„qituvchi
12
uning bilimiga ishonmaydi, dars paytida unga e‟tibor berishga vaqtdan qizg`anadi.
Agar o„quvchiga tez-tez murojaat qilinsa, unga o„z fikrini bayon qilish taklif etilsa,
uning xulqida shakllanib qolgan stereotiplar asta-
sekin o„zgara boshlaydi.
Uqtirish
– kishilarning muloqot faoliyati jarayonida o„zaro ta‟sir etishlari
vositalaridan biridir. Uqtirishning o„ziga xosligi, inson ruhiyatiga uning o„ziga
sezdirmasdan ta‟sir etishi, shaxs psixikasi, tarkibiy tuzilishiga beixtiyor kirib borish
va kundalik
hayotdagi qiliqlar, intilishlar, motivlar va yo„l- yo„riqlarda aks etishidir.
Har qanday pedagogik ta‟sir etishda uqtirish elementi mavjud bo„ladi. To„g`ri
tashkil etilgan uqtirish o„quvchilarning ongli ravishdagi faolligini oshirishga bevosita
ta‟sir ko„rsatadi.
So„z yordamida o„quvchida tetiklik yoki qo„rquv, xursandlik yoki xafalik, o„ziga
ishonch va ishonmaslik, qiziquvchanlik yoki zerikish, boshqalarga ishonish yoki
ulardan hadiksirash kabi sezgilarni vujudga keltirish mumkin. O„qituvchining yomon
kayf
iyati to„lqin kabi bir zumda o„quvchilarni qamrab olishini ham faqat uqtirish
bilangina tushunish mumkin. Yoki asabiylashgan xarakterga ega bo„lgan guruh
rahbari tez orada asabiy holat guruhda muloqot me‟yoriga aylanib qolganligidan
taajjublanadi.
O‟qituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish yo‟llari O„qituvchi
tarbiyalanuvchilarning o„zaro tarbiyaviy ta‟sirga ega ekanliklarini, ularning o„zaro
kommunikativ
munosabatlari
hamda
faoli
yatlari o„rtasidagi bog„lanishning
mavjudligi, uning samaradorli
gini belgilashini unutmasligi shart. O„qituvchi sinf
jamoasiga va alohida tarbiyalanuvchiga pedagogik ta‟sir ko„rsatishida
muvaffaqiyatlarga eri
shishi uchun, o„quvchilar orasida o„zaro pedagogik
munosabatlar tizimini oqilona rejalashtirishi va psixologik muhitni ijobiy tomonga
o„zgartirishi lozim. To„g„ri tashkil etilgan va har jihatdan mukammal bo„lgan, yosh
avlodning qalbi va ongini asrashga, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida
tarbiyalashga qaratilgan pedagogik munosabatlar tizimini tashkil etish uchun
o„qituvchi har bir o„quvchi ruhiyatini chuqur bilib olishi, ularning ichki
imkoniyatlaridan xabardor bo„lishi, axborot berishi, fikr almashishi, ular qayg„usini,
tuyg„ularini tushunishi va hamdard bo„lishi zarur. Pedagogik munosabatda
muvaff
aqiyatlarga erishish uchun o„qituvchi:
o„quvchilar bilan bo„lajak munosabatni modellashtira olishi;
munosabatda bo„ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan bilishi;
bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o„rnatish;
munosabatda ustunli
kka ega bo„lib, uni demokratik talablar asosida
oqilona boshqarish;
13
munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib borishi lozim.
O„qituvchi tarbiyachi sifatida tarbiyalanuvchi o„quvchilarni o„zi uchun hamisha
tarbiya obyekti deb hisoblashi kerak. Biroq tarbiya
lanuvchi o„qituvchi-tarbiyachi
bilan erkin va ongli munosabatda bo„lishga erishsagina, tarbiyaviy munosabatlar
samarali xarakter kasb etadi. Tarbiyaviy faoliyatning kommunikativ munosabatlar
jarayonida o„ziga xos qator
Dostları ilə paylaş: |