5
PEDAGOGIK QOBILIYATNI SHAKLLANTIRISH YO’LLARI
Kamalova N.A.
Toshkent pedagogika kolleji yetakchi o`qituvchisi.
Vadenova Sh.S.
Toshkent pedagogika kolleji yetakchi o`qituvchisi
Annotasiya
:
Ushbu maqolada
pedagogik qobiliyatning o‘ziga xos tizimlari,
o`qituvchining kommunikativ
malakasi va kommunikativ ta’sir etish usullari,
k
оmmunikаtiv qоbiliyat,
o`qituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish
yo’llari
haqida berilgan.
Kalit so`zlar:
Pedagog,
o’qituvchi, ta’lim va tarbiya jarayoni ,pedagogik
qobiliyat,
kоmmunikаtiv.
Pedagogik
–psixologiyada o„qituvchi qobiliyatining cheklangan turlari yo„q.
Pedagogik qobiliyat turlari fanning,
jamiyatning rivojla
nishiga qarab ko„payib va
o„zgarib turishi mumkin. Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha “o„zgarmas irsiyat”
nasldan
– naslga o„tuvchi jarayon sifatida talqin etilgan. Olimlarning uzoq yillar olib
borgan ilmiy-tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning quyidagi
asosiy sifatlari ajratib ko„rsatilgan:
1.
O„z kasbiga muhabbat, o„quvchilarni seva olishi.
2. Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi.
3.
Pedagogik taktga (odob va go„zallikka) ega bo„lish.
4. Bolalar jamoasiga singib keta olish.
5.
O„z mehnatiga ijodiy yondashish.
6. Javobgarlikni his etish.
7. Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi.
O„qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o„ziga xos tizimlari mavjud.
Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi:
asosiy xususiyatlar;
tayanch xususiyatlar;
yetakchi xususiyatlar;
yordamchi xususiyatlar.
Pedagogik qobiliyatlarning tayanch xususiyatlari
kuzatuvchanlik
– ko„ra bilish
ko„nikmasidir. Bu – individual narsaning o„ziga xos tomonini,
ijodiy faoliyat uchun
boshlang„ich materialni ko„ra bilishi demakdir. Rassomning kuzatuvchanligi,
6
tabiatshunos olimning kuzatuvchan
ligidan farq qilishi o„z-o„zidan ravshan. Ularning
kuzatuvchanligi turli
cha yo„nalishda bo„lganligi sababli, har biri o„z tafakkuri va
dunyoqarashiga ega.
Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir.
Bu xususiyat faqat
rassomga, matematika o„qituvchisiga, adabiyotshunosga xos bo„lmasdan, balki
aynan barcha fan o„qituvchilariga ham tegishli.
Har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat kerak.
Pedagogik qobiliyat sog„lom o„qituvchidagina shakllanadi. Biroq u yuqori, o„rtacha
va past darajada bo„lishi mumkin. Ushbu turli
darajadagi qobiliyatlarda
mujassamlashgan hislatlar va xususiyatlar orasida ba‟zilari yordamchi rol o„ynaydi.
Pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan yordamchi xususiyatlar va hislatlar
quyidagilardan iborat:
aql
–idrokning muayyan turlari, hozirjavoblik, kamchiliklarga tanqidiy e‟tibor,
sobitqadamlik;
o„qituvchining nutqi: notiqlik san‟ati, so„z boyligining teranligi;
aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayoliy
fantaziya ishlata olish,
ruhiy hissiyotni jilovlay olish.
pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo„lish.