qoidalari
ham mavjud bo„lib, o„qituvchi o„quvchilarga
peda
gogik ta‟sir ko„rsatishda ushbu qoidalarni mukammal bilishi lozim:
O„qituvchi kasbiy mahoratida muhim ahamiyatga ega bo„lgan insoniy fazilat
hamda xushmuomalalikni o„zida shakllantirishi uchun muntazam faoliyat olib borishi
zarur. O„qituvchi pedagogik faoliyatiga oid shaxsiy o„z-o„zini tarbiyalashning o„zaro
fikr almashish va aloqadorlikka doir quyidagi tizimlarini tavsiya etish mumkin.
1.
Kasbiy faoliyat jihatidan o„z-o„zini anglashni (muomalada o„zaro fikr
almashishga doir sifatlarni, ijobiy va zaif tomonlarini aniqlashni) amalga oshirish va
shu asosda o„zaro fikr almashish asosida o„z-o„zini tarbiyalash dasturini ishlab
chiqish.
2.
O„z kasbiy faoliyatiga quyidagi yo„nalishlarda baho berish maqsadga
muvofiq: kishilar bilan bo„lgan muomaladan so„ng olingan taassurotlarni tahlil qilish,
o„quvchilar bilan muomalaning so„nggi holatlarini o„rganib, muomala haqida o„zining
yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish, muomaladagi imkoniyatlaringizni atrofdagilar
O‘QUVCHILARGA PEDAGOGIK TA’SIR KO‘RSATISHDA O‘QITUVCHI
AMAL QILADIGAN QOIDALAR
tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi
tarbiyaning hayotiy faoliyat bilan bog‘liq hodisa ekanligi
shaxsni jamoada tarbiyalanishida o‘ziga xos xususiyatlarini
e’tiborga olish
tarbiyalanuvchi shaxsga nisbatan talabchan bo‘lish va uning
shaxsini hurmat qilish
tarbiyalanuvchining yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga
olishi
tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishini
ta’minlash
14
(o„qituvchilar jamoasi, ota-onalar, o„quvchilar) qanday baholashi haqidagi
tasavvurlarga ega bo„lish.
3.
O„zida insonparvarlikning asosiy xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan
ixtisoslashtirilgan o„z
-
o„ziga ta‟sir o„tkazuvchi “autogen” mashqlar asosida ishlash.
4.
O„quvchilar va ota
-
onalar bilan turli jamoat ishlarini olib borish, bundan
o„zaro fikr almashish faoliyatida ko„nikma va malakalar (ma‟ruzalar, suhbatlar,
kamolot yoshlar uyushmalari) hosil bo„ladi.
5.
So„z bilan og„zaki ta‟sir o„tkazishda salbiy kayfiyatlarni yengish tajribasini
shakllantiradigan va xushmuomalalikni rivojlantiradigan vaziyatlar tizimini yaratish.
6.
Xushmuomalalikka milliy an‟ana va urf
-
odatlarimiz, o„zbekona muomala
madaniyati, milliy ma‟naviyatimiz nuqtai nazaridan yondashish.
7.
O„z ona tilida puxta, lo„nda va jarangdor so„zlar tuza olish va uni nutqiy
mahorat bilan ifodalash ta‟lim muassasalarida o„rganilayotgan har bir fan
o„qituvchisi uchun eng zarur kommunikativ qobiliyatlardan biridir.
Taklif etilgan ushbu tizim asosida pedag
ogik faoliyat olib borish o„qituvchi
kasbiga oid shaxsiy fazilatlardan biri bo„lgan insonparvarlik va xushmuomalalikni
shakllantiradi. O„qituvchi kasbiy faoliyati davomida nutqidagi so„z qudratini
takomillashtirib boradi. U o„zbek tilining boy imkoniyatlaridan unumli foydalanish
orqali so„z boyligini go„zal, ravon, ifodali, ta‟sirchan bo„lishiga intiladi. Zero, go„zal va
ta‟sirchan so„zlay bilish ham san‟at. Bu san‟atdan bebahra bo„lgan o„qituvchining
kasbiy mahorati shakllanmaydi. Qaysi fanni o„qitishdan qat‟iy nazar, o„qituvchining
asosiy quroli so„z boyligidir, u so„z qudrati asosida kommunikativ qobiliyatini
namoyish etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Azizxo`jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat
–
Toshkent; Nizomiy nomidagi TDPU 2006.
2. Maxsudova M.A. Muloqot psixologiyasi. Toshkent: Turon-iqbol, 2006.
3.Xoliqov A. Pedagogik mahorat.
– T.: IQTISOD-MOLIYA, 2011.
4. Yuzlikаеvа E.R., Mаdyarоvа S.А., Yanbаrisоvа E.E., Mоrхоvа I.V. Tеоriya
i prаktikа оbshеy pеdаgоgiki. – T., 2013
Dostları ilə paylaş: |