28
anglatadi. Kuch ikki turga bo'linadi: dinamik kuch va statik kuch. Dinamik kuch -
bu o'zgaruvchan kuch. Statik kuch - bu bir xil vaziyatda ijro etiladigan kuch.
Statik kuch 3 ga bо‘linadi :
-
«yengib» olinadigan statik kuch: Masalan: yerda yotgan og‘ir toshni
kcrtarib olib ushlab turish
-
bir xil vaziyatda «saqlab» turiladigan statik kuch. Masalan: shu toshni bir
xil holatda ushlab turish.
-
qarshilikni «yenga olmaydigan» statik kuch. Masalan: shu tosh o‘ta og’ir
bo’lgani sababli uni ko’tarish imkoniyati yo‘q. Lekin mushaklar taranglashadi va
statik ish bajarib turadi.
Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar ortiqcha zo’riqish bilan bog’liq bo’lmasligi
kerak, kuchlanish hollaridan umuman voz kechish maqsadga muvofiq.
Bunday
moxiyatga ega bo’lgan mashqlarni uncha og’ir bo’lmagan anjomlar bilan katta
tezlikda bajargan ma’qul.
Qiz bolalar guruhida bunday mashqlarni qo'llash alohida nazorat va
ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim.
Tayyorgarlikning mazkur bosqichida chaqqonlikni rivojlantirish o'yin
malakalarining texnikasini o'zlashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Bu sifatni tarbiyalash - turli to'plar bilan mashq qilish, gimnastika,
akrobatika, sport o'yinlariga oid mashqlar yordamida amalga oshiriladi.
Bunday mashqlarni asta - sekin murakkablashtirib borish zarur.
Kuch zamonaviy sport trenirovkasi amaliyotida
sportchining eng muhim
jismoniy fazilatlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Chunki kuch ma’lum darajada
o'yinchining maydonda xarakatlanish tezligini, yuqoriga sakrashning balandligi
darajasini belgilaydi.
Kuch
O
‘
Z
xarakteriga ko'ra: nisbiy kuch, «portlovchi» va «startga oid»
bo'lishi mumkin.
Absolyut kuch - mushak (yoki mushaklar guruxi) o‘z og'irligidan qat’iy
nazar qiskargan vaqtda maksimal kuchning rivojlanishi.
Nisbiy kuch - o'yinchi tanasi og'irligining bir kilogrammiga tug'ri keladigan
29
miqdor.
Portlovchi kuch - sport mashqi yoki o'yin
harakati sharoitida
reglamentlashtirilgan minimal vaqt ichida katta kuchlanishga erishishi qobiliyatini
bildiradi. Bu kuchni voleybolchilar sakrashda, to'p kiritishda, zarbli urishda, tusiq
qo'yishda aniq amalga oshiradilar.
Shuningdek, «portlovchi» kuchning darajasi
mushakning reaktiv qobiliyatiga bog'liq bo'ladi. Ishlayotgan mushaklar zarba bilan
mexanik cho'zilgandan keyinrok muskul qisqarish samarasi yordamida katta
xarakat kuchlanish xosil bo’ladi. Ko’zgalgan mushaklarning elastik o’zgarishni
chaqiradigan dastlabki cho’zilish ularda kinematik energiyani o’ziga olishi tufayli
bo’ladigan ayrim kuchlanish potensialining jamg’arilishini ta’minlab beradi.
Sport mashg'ulotlarida muskullar o‘z uzunligini o'zgartirmasdan (statik,
izometrik rejim) va o‘z uzunligini qisqartirgan holatda kuch ko'rsatadi.
Mushaklar cho'zilganda ustun keladigan va to'siqsiz rejimlar birgalashib
«dinamik rejim» tushunchasini hosil kiladi. Kuchni
tarbiyalash jarayonida kuch
qobiliyatlarning barcha turlarini rivojlantirish kerak.
Kuchni og'irliklardan foydalanish xarakteri bo'yicha rivojlantirishga
qaratilgan mashqlarni ikki guruhga bo'lish mumkin: tashqi og'irlanish yoki
qarshilanish va o‘z og'irligi yoki badanning qisman og'irligi orqali bajariladigan
mashqlar.
Mashqlarning
birinchi
guruxi
voleybolchining
muskullarini
rivojlantirishga katta imkoniyat yaratadi. Og'irlanishlar va qarshiliklardan
(gantellar, yadrolar, to'ldirma to'plar, og'ir toshlar, shtanga, raqibning og'irligini va
qarshiligini yengish, espanderlar va xokozo) keng ko'lamda foydalanish va ularning
turli tumanligi trenirovka nagruzkasining xajmini va intensivligini belgilab berishga
sharoit yaratadi. Bunday kerakli mashqlar muskullar guruhining rivojlanishiga
qaratilgan bo'lib u sportchini tezda katta kuchlanishlardan to'liq bo'shatish
qobiliyatiga o'rgatishga yordam beradi. Shu bilan birgalikda
sherigi tomonidan
ko‘rsatiladigan xar xil qarshiliklar orqali bajariladigan mashqlar sportchilardan
katta iroda kuchini talab qiladi. Negaki ular fakat kuchdagina musobaqalashib
qolmasdan, shu kuchdan oliy darajada samarali foydalana olishda ham
bahslashadilar.
30
Ikkinchi guruh uchun o‘ziga xos, bu snaryadda bajariladigan gimnastik
mashqlar.
Arqonga chiqish, o'z vaznini kuch bilan ko'tarish, o'tirish -turishlar,
oyoqlar tizzalari yarim bukilgan holatda yurish va xokozolar hisoblanadi. O'z
og'irligiga qarshilanish orqali bajariladigan mashqlar o'yinchilar uchun asta - sekin
bajarishdan tez bajarishga oddiydan murakkabga o'tishga imkon yaratadi. Bu
mashqlarni bajarishda muskul guruhlari ishga qanchalik kam jalb qilingan bo'lsa,
badanning siljish yo’li qanchalik qisqa bo’lsa va badanning kamrok qismi og’irlik
bo’lib qarshilansa, ularni shunchalik ko’prok takrorlash lozim.
Oyok va tana kuchini rivojlantirish uchun katta kuchlanish bilan bosqichma-
bosqich oshib beruvchi rejimda bajariladigan mashqlar samarali mashqlar
hisoblanadi. Ana shunday mashqlardan biri - yelkaga qo’yilgan shtanga bildan
o’tirib turish - tipik mashqdir.
Dostları ilə paylaş: