1.2 Hujum texnikasi. Holatlar va harakatlanish, dastlabki holatlar
Holatlar. Voleybol o'yinida o'yinchilar to'p bilan qisqa vaqt ichida harakat
qilishlari lozim. Shu sababli u yoki bu o'yin sharoitida o'yinchi to'p bilan o'ynashi
uchun yuqori tayyorgarlik ko'rishi talab etiladi. Shu maqsadda turli harakat
usullarini bajarish uchun turlicha holatlarni egallash kerak.
Hujum zarbasini berish va to'siq qo'yishda - baland, o'yinga kiritilgan to'pni
qabul qilishda - o'rta, hujum zarbasini yoki to'siqdan pastlab qaytgan to'pni qabul
qilishda - past (3-rasm) holatlar egallanadi. Bunda UOM (umumiy og'irlik
markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bogiiq bo'ladi. Shuni ham
ta'kidlash o'rinliki, o'yinchining bo'yi va uning koordinatsion qobiliyati UOMga
sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham samarali turish holati shunday bo'lishi
kerakki, bunda UOM tezda tayanch chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va
faoliyat ko'rsatish imkoniyatini bera olsin.
Turish holatlari navbatdagi harakatlarning qo'llanilish xususiyatiga qarab statik
(o'yinchining harakatsiz) yoki dinamik (asosiy tayanchni bir oyoqdan ikkinchisiga
o'tkazish bilan to'pni qabul qilish, hujum zarbasini berish yoki to'siq qo'yishni
kutishda) holatlarda bo'ladi. Bu turish holatlarida qo'llar bel barobarida, barmoqlar
10
kaftlarga qaragan, gavda esa bir oz oldinga egilgan bo'ladi. Gavda erkin holatda
bo'lishi kerak
3
.
Harakatlanish. O'yinchi ma'lum bir texnik usulni bajarish uchun maydon
bo'ylab harakatlanadi. Bunday usul va o'yinning vaziyatiga bog'liq holda, qadam
tashlab (oldinga, orqaga, yon tomonga), sapchib, sakrab, yugurib, yiqilib turli
harakatlarni amalga oshiradi. Qadam tashlash va yugurish bilan qilinadigan
harakatlar birmuncha yumshoq (UOM tebranishining sustligi sababli) bo'ladi. Yon
tomonga qadamlashdan ko'p hollarda katta bo'lmagan masofani bosib o'tish bilan
to'siq qo'yganda, hujum zarbasini qabul qilganda yoki to'siqdan o'z yo'nalishini
o'zgartirib qaytgan to'pni qabul qilishda foydalaniladi. Harakat doimo kerakli
harakat yo'nalishiga yaqin bo'lgan oyoqdan boshlanadi. Sapchib, sakrab, yugurish
3
Abdullaev. «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» (1-jild)/ Toshkent / «NAVRUZ» nashriyoti, 2017. - 400
bet
11
bilan bo'ladigan harakatlardan tez javob harakatlarini amalga oshirishda qo'llaniladi.
Ko'rib chiqilgan harakatlardan ko'p hollarda umumiy birlikda ham foydalaniladi.
Dastlabki holatlar. Dastlabki holatlar u yoki bu texnik usullarni bajarishga
tayyorgarlik fazasini belgilaydi. Dastlabki holatlarni egallashning bajarilishi
kutilayotgan harakatni bajarish uchun qulay sharoitni va harakatlanishni ta'minlashi
darkor. Texnik usulning bajarilishidan qat'i nazar, dastlabki holatlar birmuncha
statikligi bilan farqlanadi: to'pni uzatishdan oldin (4 a-rasm), pastdan to'pni qabul
qilishda (rasm), to'siq qo'yishda (4 v-rasm) va hujum zarbasini berishda (4 g-rasm).
rasm.
Bu texnik usul orqali hujumni tashkil qilish va amalga oshirish uchun qulay sharoit
yuzaga keltiriladi. To'pni: tayanch holatdan ikki qo'llab, sakrab ikki qo'llab, sakrab
bir qo'llab, orqaga yiqilib turib ikki qo'llab uzatish mumkin. Oxirgi usuldan
voleybolda kamdan-kam, keskin holat yuzaga kelganda foydalaniladi.
Yo'nalishi bo'yicha to'p uzatishlar (to'p uzatuvchiga nisbatan) quyidagicha
bo'ladi: oldinga, o'z ustiga, orqaga.
Uzunligi bo'yicha: uzun - zonalar osha; qisqa - zonadan zonaga; qisqartirilgan
- zona doirasida.
Balandligi bo'yicha: baland -2m dan yuqori, o'rtacha -2m gacha, past - 1 m
gacha. Yuqoridagi ko'rsatkichlarga bog'liq holda to'pga sekin, tez va katta tezlanish
beriladi. To'pni to'rga yaqin - 0,5 m gacha va uzoq - 0,5 m dan ortiq masofada
berish mumkin.
12
To'pni uzatish texnikasi dastlabki holat, qo'lning to'pga qarama-qarshi
harakati, amortizatsiya va to'pni yo'naltirishdan iborat bo'ladi. Dastlabki holatdan
to'p tomon harakatlangandan so'ng voleybolchi vertikal holatda, oyoqlarining
bukilish darajasi to'p yo'nalishining balandligiga va uchish tezligiga bog'liq holda,
oyoq kafflari parallel yoki bir oyoq (asosiy qo'lga nisbatan qarama-qarshi) bir oz
oldinda bo'ladi. Qo'llar oldinga chiqariladi, barmoqlar oval shaklini hosil qilgan
bo'ladi (rasm).
Qo'llar to'p bilan yuz tepasida to'qnashadi. Bunda bosh barmoq asosiy
nagruzkani qabul qiladi, ko'rsatkich barmoqlar esa zarba berishda asosiy bo'ladi.
O'rta barmoq kamroq ravishda, nomsiz va jimjiloq asosan to'pni yon tomondan
ushlab turishga xizmat qiladi. To'pga yo'nalish berishda qo'l, oyoq va gavda
mushaklarini kuchlanishi o'zaro birgalikdagi yaxlitlik bilan izohlanadi. Bunda
gavdaning UOM birmuncha yuqoriga-oldinga ko'chadi va gavdaning og'irligi ikki
oyoqning uchiga tushadi. Qo'llar to'pni uzatish oxirida to'liq to'g'rilangan holatda
bo'ladi.
Murakkab hujum kombinatsiyalarini tashkil qilishda, to'p baland berilganda
yoki to'pning uchish vaqtini kamaytirish maqsadida sakrab to'p uzatish usulidan
foydalaniladi. Bu holatda qo'llar bosh ustidan birmuncha baland ko'tariladi va
qo'llarning faol ishlashi hisobiga sakrashning yuqori nuqtasidan to'p uzatiladi.
Xuddi shu holatda qisqa to'p uzatishda asosiy harakat qo'l barmoqlarining faol
ishlashi hisobiga amalga oshiriladi (6-rasm).
13
To'pni orqa tomonga (mo'ljalga orqa tomon bilan turganda) uzatishda o'yinchi
to'pning tagiga kirib boradi. Bunda qo'lning orqa kaft qismi bosh orqasigacha
ko'tariladi. To'p uzatish qo'llarni tirsak qismida bukib-yozish hisobiga bajariladi,
gavda orqaga-yuqoriga harakatlanadi, bunda harakat umurtqa pog'onasining ko'krak
va bel qismlarining bukilishi hisobiga bo'ladi (7-rasm). Sakrab orqaga to'p uzatish
xuddi tayanchholatda orqaga to'p uzatish kabi bajariladi. To'p uzatishning eng
murakkab usuli bu sakrab bir qo'l bilan to'p uzatishdir. Bu usul to'p to'r ustiga kelib
qolgandagi murakkab sharoitda bajariladi. Bu holda qo'l tirsaklarda bukilib, oldinga
chiqariladi (8-rasm). Kaftlar oldinga qaratiladi, barmoqlar bukilib, tarang holga
keltiriladi. To'p uzatish tirsak bo'g'inining bukib-yozilishi hisobiga bajariladi.
Dostları ilə paylaş: |