14
Pastdan to'g'ri to'p kiritish.
O'yinchi
oldinga engashib, oyoqlarini tizza
qismida bukkan, bir oyog'ini (zarba beruvchi qo'lga nisbatan qarama-qarshi)
oldinga chiqargan holatda turadi.
To'p tirsak qismida biroz bukilgan qo'l bel barobarida ushlab turiladi. To'p
gavdaga nisbatan 20-30 sm oraliqda tashlanadi. Zarba berishda qo'l
keskin
ravishda orqaga harakatlantiriladi. Zarba pastdan yuqoriga-to'g'riga bajariladi.
O'yinchi bir vaqtning o'zida orqa oyoqni to'g'rilaydi va gavdaning og'irligini
oldingi oyoqqa o'tkazadi. Zarbadan so'ng qo'l harakati to'pni «kuzatib» borish bilan
tugallanadi. Pastdan to'g'ri to'p kiritish aniqligi asosiy uchta omil bilan aniqlanadi:
qo'lni silkish (zamax) yo'nalishi bilan - u keskin orqaga haraktlanishi kerak; to'p
tashlash balandligi bilan - u baland bo'lmasligi kerak; to'pga
zarba berish - u
taxminan bel barobarida amalga oshirilishi zarur.
Yuqoridan to'g'ri to'p kiritish.
O'yinchi to'rga qaragan holda yuqori holatni
egallaydi (rasm).
Dostları ilə paylaş: