Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti sport boshqaruvi kafedrasi



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix27.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#199323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
XUDAYBERDIYEV DOSTON ABDULLA O‘G‘LI

To'p kiritish
Bu texnik usul orqali to'p o'yinga kiritiladi. Bu usulning asosiy maqsadi to'pni 
raqib jamoasiga iloji boricha qiyin qilib berishdir. Shuning uchun bu usul hujum 
texnikasining vositasi bo'lib hisoblanadi. To'pni kiritish dastlabki holatdan va uchta 
ketma-ket fazalar: tayyorgarhk (to'pni tashlash, qo'lni silkish), asosiy (zarba berish) 
va yakunlovchi (qo'lni tushirish va keyingi harakat) fazalardan iborat. 
Voleybolda pastdan to'g'ri, yuqoridan to'g'ri, yondan yuqoridan va sakrab 
to'g'ri to'p kiritish usullari mavjud. 
Bu usullarni bajarishda to'pga zarba berish turli tarzdagi ketma-ketlikda 
bajariladi. Birinchi navbatda to'pga aylanma harakat berish, so'ngra aylanma 
harakat bermasdan to'p kiritish (birmuncha murakkab bo'lganligi sababli) usullari 
o'rgatiladi yoki takrorlanadi. 


14 
Pastdan to'g'ri to'p kiritish. 
O'yinchi oldinga engashib, oyoqlarini tizza 
qismida bukkan, bir oyog'ini (zarba beruvchi qo'lga nisbatan qarama-qarshi) 
oldinga chiqargan holatda turadi. 
To'p tirsak qismida biroz bukilgan qo'l bel barobarida ushlab turiladi. To'p 
gavdaga nisbatan 20-30 sm oraliqda tashlanadi. Zarba berishda qo'l keskin 
ravishda orqaga harakatlantiriladi. Zarba pastdan yuqoriga-to'g'riga bajariladi. 
O'yinchi bir vaqtning o'zida orqa oyoqni to'g'rilaydi va gavdaning og'irligini 
oldingi oyoqqa o'tkazadi. Zarbadan so'ng qo'l harakati to'pni «kuzatib» borish bilan 
tugallanadi. Pastdan to'g'ri to'p kiritish aniqligi asosiy uchta omil bilan aniqlanadi: 
qo'lni silkish (zamax) yo'nalishi bilan - u keskin orqaga haraktlanishi kerak; to'p 
tashlash balandligi bilan - u baland bo'lmasligi kerak; to'pga zarba berish - u 
taxminan bel barobarida amalga oshirilishi zarur. 
Yuqoridan to'g'ri to'p kiritish. 
O'yinchi to'rga qaragan holda yuqori holatni 
egallaydi (rasm). 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin