Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti sport boshqaruvi kafedrasi



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix27.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#199323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
XUDAYBERDIYEV DOSTON ABDULLA O‘G‘LI

KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. 
O’zbek xalqining ming yillar davomida
 
yaratgan, 
avloddan-avlodga o’tib kelayotgan ijod boyliklarini to’plash, o’rganish, bu boy 
xazinalar asosida yosh avlodni ma’naviy boy, axloqiy pok, jismoniy barkamol qilib 
tarbiyalash bugungi kunnig dolzarb masalalaridan biridir. 
Ayniqsa, O’zbekiston mustaqillikga erishgandan so’ng milliy qadriyatlarimiz, 
an’analarimizga bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi. Bu hayotning hamma jabhalarida 
turli darajada o’zini namoyon eta boshladi, jumladan tarbiyaning asosiy qismlaridan 
biri jismoniy madaniyatda ham. “Jismoniy tarbiya, - deyiladi O’zbekiston 
Respublikasinig “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi qonuni”da, - O’zbekiston 
Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi qonuni” da, - O’zbekiston 
Respublikasi xalqlar milliy madaniyatining ajralmas qismi, jismoniy va madaniy, 
ma’naviy kamolatining muhim vositasi” ekanligi ta’kidlanadi (1). 
Bu esa yosh avlodni sog’lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy 
madaniyat oldiga katta ma’suliyatli vazifalar qo’yadi. YOsh avlodni jismoniy 
baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, ularning jismoniy sifatlarini 
rivojlantirishiga qaratilgan jismoniy madaniyatini milliylashtirishiga, bunda 
xalqimizning unitilib borayotgan milliy o’yinlarini to’plash, hayotga-maktabga 
tadbiq etish, rivojlntirish yo’llari va usullarini qayta ko’rib chiqish zaruriyatini 
keltirib chiqaradi. 
O’zbek xalqining ko’p yillar davomida shakllangan, avlodlariga meros bo’lib 
qolgan milliy harakatli o’yinlaridan foydalanish mustaqillikka erishgan bugungi 
kunlarimizda juda ham zarur. 
O’zbek xalq milliy harakatli o’yinlarini ilmiy jihatdan tadqiq etish, ularni 
maktab, bog’cha o’quv dasturlariga kiritish, ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega 
bo’lgan turlarini sport darajasiga ko’tarish jismoniy madaniyat fani oldidagi eng 
dolzarb muammolardan biriga aylanganligini ko’rsatadi. 
Shu nuqtai nazardan qaraganda biz tanlagan mavzuning dolzarbligi va 
muhimligi yaqqol namoyon bo’ladi. 



Maktabda jismoniy tarbiya darslarida xalq milliy harakatli o’yinlarini o’tkazish 
usullarini to’liq egallamagan o’qituvchilar hozircha ko’pchilikni tashkil etadi. 
Buning ustiga ijtimoiy voqe’lik, pedagogik amaliyot va nazariyot keng omma 
o’rtasida tug’ilib, rivojlangan xalq pedagogikasining eng yaxshi yutuqlaridan 
samarali qo’llash, xalq pedagogikasi g’oyalari asosida fikr yuritish o’quv tvrbiyaviy 
ishning muvaffaqiyatini ta’minlovchi hal qiluvchi omillardan ekanligiga guvoh 
beradi. Shu bois tadqiqot natijalaridan amaliyotda keng foydalanish mumkin
1


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin