Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti sport boshqaruvi kafedrasi


II BOB.VOLEYBOL O’YININING TEXNIKASI VA TAKTIKASINI



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/17
tarix27.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#199323
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
XUDAYBERDIYEV DOSTON ABDULLA O‘G‘LI

II BOB.VOLEYBOL O’YININING TEXNIKASI VA TAKTIKASINI 
O’RGATISH
2.1 Jismoniy tarbiya tizimida voleybol o’yining tutgan o’rni 
Voleybol o’yinini hujum va ximoya texnikasidan iborat. Hujumda ham 
ximoyada ham shax turish va siljish, to’pni uzatish va qabul qilib olish, to’pni bir 
yoki ikki qullab olish va qaytarish, to’pning yo’lini to’sish kabilar mavjud. 
O’yinchining shay turishi va siljishi. Voleybol o’yini davomida o’yinchi maydon 
bo’ylab xarakatda bo’ladi va siljib turadi. Siljishdan maqsad to’pni qabul qilib olish 
va boshqa usullarni amalga oshirish uchun ma’qul joy tanlashdir. 
O’yinchining sport holatida turishdagi eng muhim nuqta uchun siljishga doim 
tayyor bo’lib turishidir. O’yinchi turish xolatida oyoqlari bukilgan, oyoqlar yelka 
kengligida ochilgan, bir oyoq ozgina oldinga, tana ham bir oz oldinga egilgan 
bo’ladi. Qo’llar tirsakdan egilgan va kaftlar bir-biriga qaragan bo’lishi kerak. Bu 
xolat doimiy emas, albatta u o’yining borishiga qarab o’zgarib turadi. Agar turdan 
qaytgan tupni olish lozim bo’lsa, o’yincha ancha egiladi, otayotganda to’g’rilanadi 
va xokozo. 
Voleybolchi maydon bo’ylab oyoqlarini chalishtirib (chapga, unga, oldinga, 
orqaga), ikki qadam (oldinga va orqaga) sakrab (yugirish va odimlash) yurigib 
(maydon bo’ylab tez siljish va yo’nalishini birdan o’zgartirib) yurishi mumkin. 
Oxirgi yugirish qadami uzun bo’ladi, negaki undan keyin tuxtash, sakrash, 
yo’nalishini o’zgartirish mumkin. 
To’pni uzatish. Bu - o’yinni davom ettirish uchun sherik yoki raqib tomoniga 
uzatilgan to’pni o’zaro o’tkazish usuli bo’lib hisoblanadi. Bundan tashqari, to’pni 
oldinga, yuqoriga va orqaga o’tkazish usullari ham mavjud. 
Tupning uchish trayektoriyasiga qarab butun maydon bo’ylab uzun qo’lni 
maydonga qisqa va o‘z maydoniga o‘ta qisqa uzatishlar ham qo’llaniladi. To’pni 
uzatish balandligiga qarab past (to’rdan 1 mert yuqori), o’rta (2 metrgacha), va 
undan baland (2 metrdan ortiq), masofasiga ko’ra yaqin (0,5 mertdan kam) va 
uzoqroq (0,5 mertdan ortiqroq) kabilarga bo’linadi. 
To’pni ikki qo’llab yuqoridan uzatish. Bu juda keng tarqalgan usul 


18 
hisoblanadi. Bunda ishonch va aniqlik bilan xarakatlanish uning muxim tomonidir. 
O’yinchi dastlabki xolatda oyoqlarini tizzadan bukib qo’llarini oldinga chiqarib 
kaftlar biroz ichkariga qaratilgan, panchalar tarang tutiladi. 
To‘p yaqinlashganda oyoqlar to’g’rilanadi va gavda ko’tariladi. Qo’llar 
chuziladi va to‘p qabul qilishga tayyorlanadi. Qo‘l gavda va oyoq harakatlari o’zaro 
muvofiqlanadi. Bu esa to’pni tegishli joyga borish imkonini beradi. 
Uzatishning yana boshqa turi ham mavjud bo’lib, unda to‘p ikki qo’llab 
yuqoridan, bir qo’llab yuqoridan, ikki qo’llab yuqoridan uzatiladi. Ammo bu usullar 
o’yinda kamroq qo’llaniladi. Shunga qaramay har bir voleybolchi to’pni tez va aniq 
uzatishini hamda yo’nalishi bo’yicha zarb berishni urganishi zarur. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin