15
yuqoriga olib boradi. Zarba to'g'ri qo'l bilan birmuncha oldinda bajariladi. Bu usul
ikki xil variantda: to'pga aylanma harakat berib va
aylanma harakat bermasdan
amalga oshirilishi mumkin. To'pga aylanma harakat bermasdan to'p
kiritish usuli birmuncha murakkab usul hisoblanadi. Bu usulda quyidagi
elementlarning bajarilishiga qat'iy amal qilish zarur (11-rasm). Bular: to'pning qoq
o'rtasiga
zarba berish; to'p tashlashning nisbatan pastligi (0,5 m gacha); zarba
beruvchi qo'lni orqaga nisbatan
qisqa harakatlantirish; kuchli (tezkor) va
«aldamchi» (sekin) zarbalar berish. Hujum zarbasini 2 yo'l bilan bajarish mumkin:
to'g'ri (to'rga nisbatan to'g'ri turgan holda) va yon tomon bilan (to'rga nisbatan).
Yuqoridan yon tomon bilan to'p kiritish.
Yuqoridan yon tomon bilan to'p
kiritish usulida o'yinchi to'rga nisbatan yon tomon bilan oyoqlarini tizzadan bukkan
holda turadi (12-rasm). To'p 1 m gacha balandlikda yelka ustiga tashlanadi. O'ng
qo'l bilan zarba berilganda,
u pastdan orqaga harakatlanadi, bunda yelka pastga
tushirilib, gavdaning og'irligi o'ng oyoqqa o'tkaziladi. Zarba beruvchi qo'l orqadan-
yuqoriga yoy bo'yicha harakatlantirilib, zarba amalga oshiriladi.
Gavda chapga
buriladi va og'irlik kuchi chap oyoqqa ko'chiriladi. Bu harakat zarbaning kuchini
oshirishga xizmat qiladi.
16
Sakrab to'p kiritish.
Hozirda sakrab to'p kiritish usuli keng qo'llanilmoqda.
Bu usulning asosi orqa (himoya) zonadan hujum zarbasini berishga o'xshashligi
sababli uning mohiyati quyiroqda
yoritiladi
4
.
4
Abdullaev. «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» (1-jild)/ Toshkent / «NAVRUZ» nashriyoti, 2017. - 400
bet